Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarda transport logistikasi asosiy prinsiplari va funksiyalari, transport turlarida tashishning o‘ziga xos xususiyatlari va transport-ekspeditsion xizmatlari haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
Ta’limiy maqsad:Talabalarning ma’ruza mashg‘ulotlarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash, o‘tilgan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini baholash.
Tarbiyaviy maqsad: Mavzuni musthkamlashda klaster metodini qo‘llash orqali talabalarning erkin fikrlash, bir birini tinglay olish, o‘zaro bir biriga hurmatda bo‘lish va jamoada o‘z fikrini bildira olish qobiliyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarda berilayotgan fikrlarni tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Amaliy mashg‘ulotda mustahkamlanib, o‘rganiladigan mavzuchalar. Transport logistikasi asosiy prinsiplari va funksiyalari.
Transport turlarida tashishning o‘ziga xos xususiyatlari.