Mavzu: Tovarlar reklamasini tashkil qilish va uning sotuv jarayonlariga ta’sirini baholash Reja: I. Kirish. II. Asosiy qisim


Tovarlar reklamasini tahlil qilish yo’llari



Download 0,81 Mb.
bet2/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,81 Mb.
#429793
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
mustaqil ish TOVAR REKLAMASI tayyor 1

2.Tovarlar reklamasini tahlil qilish yo’llari .

Xorijiy va mamlakatimiz tajribasiga muvofiq reklamani quyidagicha tasniflash
mumkin:
1. Obyektlar bo‘yicha reklama qilish:

• nufuzli tadbirkorlik reklamasi. Bu reklamaning asosiy maqsadi tadbirkorni uning raqiblaridan farq qilishining reklamasidir;


• tovar reklamasi, ya’ni tovarga talabni shakllantirish va rag‘batlantirish;
• tovar reklamasiga aniq markali tovarni uzoq vaqt ajralib turish uchun qo‘llaniladigan marka reklamasini ham kiritish mumkin;
• sarlavhali reklama – bu xizmatlar yoki hodisalarni sotish haqidagi axborotlarni tarqatish;
• sotish reklamasi – bu arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotish haqida e’lon;
• tushuntirish – tashviqot qilish reklamasi bu aniq maqsadni himoya qilish.
2. Yetkazib berish shakllari bo‘yicha:
• bevosita reklama, u tijorat sharoitlarida amalga oshiriladi va aniq tovar va aniq tadbirkorga nisbatan reklama xizmatini to‘g‘ridan to‘g‘ri bajarib, reklama beruvchini ko‘rsatadi, bevosita reklama to‘g‘ridan to‘g‘ri kanallardan foydalanmasdan, reklama beruvchini ko‘rsatmasdan vazifani niqoblangan ko‘rinishda bajaradi.
3. Reklama materialining tavsifi va xususiyatlari bo‘yicha:
• axborot – asosan tovarni bozorga kiritishda amalga oshiriladi;
• tadbirkor oldida tanlab olingan talabni shakllantirish vazifasi turgan o‘sish bosqichida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi;
• tovar haqida eslashga iste’molchi majbur qilishga imkon beruvchi eslatuvchi reklama;
• mustahkamlovchi reklama, u xaridorni qilingan tanlov to‘g‘riligiga ishontirishga harakat qiladi.
4. Tanlangan strategiya bo‘yicha:
• bir turdagi reklama turli mamlakatlarda faqat bitta reklama vositasini ko‘zda tutadi, bu reklama tadbirlarini o‘tkazish sarf va xarajatlarni tejashga olib keladi;
• bir turda bo‘lmagan reklama yagona reklama konsepsiyasini berishida turli xil reklama vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.

5. Tarqatish vositalari bo‘yicha:
• shaxsiy reklama ishi, ya’ni e’lonlarni jurnallar, umumiy yo‘nalishdagi jurnallar, ro‘znomalar, maxsus jurnallar, tadbirkor bulletenlarida, axborotnomalarga joylashtirish;
• nashriy reklama kataloglar, bukletlar, tabriknomalar, yilnomalar;
• dalirect mail – reklama materiallarini pochta, telegraf, teleks orqali tarqatish;
• rolikli reklama – kino, televideniye, slayd-proeksiya;
• TV – marketing televideniyesi kanali bo‘yicha reklama;
• radio bo‘yicha reklama berishni ko‘zda tutuvchi radio-reklama;
• tashqi reklama yirik hajmdagi plakatlar, elektrlashtirilgan pannolarni tayyorlashni ko‘zda tutadi;
• transportdagi reklama. Bunday reklama butun transportning tashqi sirtiga o‘rnatiladi;
• eng keng tarqalgan reklama tovarni sotish joyida, do‘konlarda, savdo zallarida bo‘ladi.
Reklamalarning boshqa shakllari ham mavjud bo‘lib ular – esdaliklar ishlab chiqarish, tabriknomalar va taklifnomalar taqdim qilish, turli xil o‘yinlar o‘tishi davrida esdaliklarni sovg‘a qilish.
Tovarlar va xizmat ko‘rsatishni reklama qilishda har bir reklama beruvchi shaxs, avvalambor, zarur reklama vositalarini tanlaydi, ya’ni gazeta, jurnallar, radio, televideniye, tashqi reklama vositalari, transportdagi reklama, to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta orqali reklama va hokazolar orasidan to‘g‘ri kelganini ajratib oladi. Bu yerda qandaydir umumiy qonuniyatlar deyarli bo‘lmaydi, chunki reklama vositalarining har bir turining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida boshqasidan farq qiladi.
Reklama vositalarini tanlashda 4 ta savolga javob berish lozim:
1. Kimni qamrab olmoqchimiz?
2. Ular qayerda joylashgan?
3. Murojaat qanday ahamiyat kasb etadi?
4. E’lonni qachon berish kerak?
Reklama bilan kimni qamrab olmoqchimiz, degan savolga javob berish uchun potensial xaridorlarni aniq bilishimiz kerak. Hech bir tovar, hech bir xizmat ko‘rsatish birvarakayiga hamma tomondan, bir xil me’yorda foydalanilmaydi. Ba’zi odamlar boshqalarga qaraganda aniq potensial xaridor hisoblanadi. Shuning uchun reklama beruvchining o‘zi yoki reklama agenti xodimi bozorni segmentlaydi, ya’ni demografiya, sotsial holati, hayot tarzi, mahsulotdan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan eng aniq potensial xaridorlarni ta’riflaydi. So‘ngra bozor xarakteristikasiga to‘liq javob beruvchi va eng ko‘p potensial xaridorlarni jalb qilishni ta’minlovchi reklama vositalarini ta’minlaydi.
Reklamani potensial xaridorlar ko‘p to‘plangan joyda berish lozim, nashrda chop etilishi uchun tushunarli bo‘lgan tilda yozilishi kerak. Qachon reklama qilish kerakligini hal qilishda yil fasllari, oylar, hafta, kun, soat, minutlar haqida so‘z borishi mumkin.
Kommunikatsiya jarayoni. Har qanday kommunikatsiya uzatish va qabul qilish o‘rtasida yozish va tanib olish maqsadida kodlash va kodni o‘qish tizimidan foydalangan holda signallar almashinuvini ko‘zda tutadi. Quyida bu jarayonning sakkiz elementi ko‘rsatilgan:
– uzatish – alohida shaxs yoki tashkilot axborot manbai;
– kodlash – fikrlar, tasvirlar, rasmlar, shakllar, tovushlar, tillar va hokazolarga aylantirish jarayoni;
– axborot uzatish orqali berilayotgan belgilar majmui;
– uzatish kanallari signallarni uzatishdan qabul qilishgacha;
– kodni o‘qish – qabul qilishning uzatishdan kelib tushgan belgilarga ma’lum ma’no berish jarayoni;
– qabul qilish – mo‘ljaldagi auditoriya;
– javob – qabul qilishning axborot bilan tanishgandan keyingi reaksiyalari majmui;
-teskari aloqani qabul qilishdan chiqayotgan javoblarni uzatishga kelib tushadigan qismi;
– kommunikatsiya maqsadlari uzatkich qaysi auditoriyalarga qarata axborot uzatishni va qanday ko‘rinishdagi javob olishni aniq bilishi kerak;
– axborotni tayyorlash tovardan foydalanib ko‘rganlarning tajribasini va mo‘ljaldagi auditoriyaning kodlangan axborotlarni o‘qish jarayonini hisobga olish zarur;
– kanallarni rejalashtirish, uzatish, o‘z axborotlarini mo‘ljaldagi auditoriyaga samarali yetkazib beradigan kanallar bo‘yicha uzatishi kerak.
Bu oxirgi ikki vazifa, odatda, reklama agentliklari yoki axborot vositalarini tanlashga ixtisoslashgan firmalar tomonidan amalga oshiriladi.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish