Mavzu: To’lqin uzunligi bo’yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlari



Download 0,51 Mb.
bet3/5
Sana18.04.2022
Hajmi0,51 Mb.
#561669
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qodirov Mahmudning 1-Mustaqil ishi

TUBA va TOUT funksional sxemasi.
To‘lqin uzunligi 1,55 mkm va uzatish tezligi 35 Mbit/s dan yuqori bo‘lsa, bir OTdan qarama - qarshi yo‘nalishli signallarni uzatuvchi TOA tizimida o‘tish shovqinlari kam bo‘lib, optimal ish rejimiga ega bo‘ladi. To’lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan (bir tolali ko‘p polasali bir kabelli) TOA tizimida bir optik tola bo‘ylab bir vaqtda tÿlqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan bir necha optik tashuvchilar uzatiladi. Bunday tizimlarni tuzish, qo‘llanilladigan spektr oralig‘ida optik kabelning so‘nish koeffitsiyentini optik tashuvchi chastotasiga (yoki to‘lqin uzunligiga) nisbatan kam bog‘liqligiga asoslanadi. Shuning uchun bir optik tola bo‘ylab, axborotlarni uzatishning natijaviy tezligini oshirib, bir necha keng oraliqli optik kanallarni tashkil etish mumkin.
Optik kanallari to’lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT ning tuzilish sxemasi 16.3-rasmda ko‘rsatilgan.
n KHQUdan signallar n optik uzatgich OUz ga uzatiladi. OUz chiqishidagi 1, 2,..., n to‘lqin uzunlikli turli optik tashuvchilar multipleksor (MP) yordamida bir optik tolaga kiritiladi. Qabul qiluvchi stansiyada demultipleksor (DM) yordamida 1, 2,..., n to‘lqin uzunlikli turli optik tashuvchilar ajratiladi va optik qabul qilgich (OQq) ga beriladi. Shu tarzda, bir optik tola orqali n tÿlqin uzunligi bo‘yicha ajratilgan optik kanallar tashkil qilinadi, ya’ni o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsiyenti boshqa an’anaviy tuzilgan optik tizimlarning liniya traktiga nisbatan n marta oshadi.



λ1


λ1

λnλn

16.3-rasm. To’lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimining tuzilish sxemasi
Optik tashuvchilarni birlashtirish va ajratish uchun turli optik spektral qurilmalar optik multipleksor va demultipleksorlar qo‘llanilishi mumkin. Ularning ishi fizik optikaning dispersiya, difraksiya va interferensiya xodisalariga asoslangan. Optik multipleksor va demultipleksorlar optik prizma, ko‘p qatlamli dielektrik, difraksion panjara asosida tuzilishlari mumkin.
TOUT lari rivojlanishining birinchi bosqichlarida, bir to‘lqin uzunlikli liniya traktida so‘nish va dispersiya tufayli muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, tÿlqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan TOA tizimilarining qo‘llanilishi bilanyuqori tezlikli raqamli axborotlarni uzatishda yuzaga keladigan nochiziqli effektlar bilan bog‘liq muammolar birinchi o‘rinni egallaydi. Bu masalaga birinchi bo‘lib xalqaro transatlantika TOAL qurishda e’tibor berilgan.
OT ham barcha turdagi dielektriklar, masalan, nochiziqli to‘rtqutblilik (16.4-rasm) kabi kuchli elektromagnit maydonda nochiziqli xarakterga ega. Bunday maydonlar kichik o‘lchamli OT ning ko‘ndalang kesimining birlik maydoniga katta quvvatli – yuqori intensivlikka ega bo‘lgan signalning tushishi hisobiga hosil bo‘ladi [4]. Demak, OT nochiziqli muhit hisoblanadi, chunki uning parametrlari nurlanish quvvati va intensivligiga bog‘liq. Chiziqli muhitda esa muhit parametrlari uzatiladigan signalga bog‘liq bo‘lmaydi [5].





Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish