Uchburchakning xossalari
O’quvchilarda uchburchak burchaklarining yig’indisi ,to’g’ri burchakli uchburchak burchaklarining yig’indisi ,to’g’ri burchakli uchburchak haqidagi bilim,malaka va konikmalarini rivojlantirish,to’g’ri burchakli uchburchakning xossalari bilan tanishtirish.
Darsda o’quvchilar bilishi lozim bo’lgan bilim,konikma va malakalar:
To’g’ri burchakli uchburchak o’tkir burchaklari yig’indisi,30 0 li burchak qarshisidagi katet gipotenuzaning yarimiga tengligi , gipotenuzaga tushurilgan mediana gipotenuzaning yarimiga tengligini va aksinchasini bilish, ularni amalda qollay bilish.
Darsda yoritilishi lozim bo’lgan yangi atama va tushunchalar :
Katet,gipotenuza .
Dars uchun zarur bo’lgan asosiy va qo’shimcha ma’lumot manbalari , o’quv va ko’rgazma qurollar:
“ Geometriya -7 “ darsligi va uslubiy qo’llanma ,darslikdagi 1-rasm asosida tayyorlangan plakat ,chizg’ich , uchburchakli chizg’ich,topshiriq yozilgan tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qisim.
Salomlashish , davomatni aniqlash.
II.Yangi mavzuni yoritish .
Yangi mavzuni yoritishga tayyorgarlik.
Yangi mavzuni yoritishga tayyorgarlik mavzu uchun kerak bo’lgan ta’rif teoremalarni takrorlash bilan boshlanadi. O’quvchilarga topshiriq yozilgan kartochlar tarqatiladi.
Bosh qoldirilgan joylarni mantiqiy to’gri sozlar bilan to’ldiring.
1.Bir burchagi ….. bo’lgan uchburchak tog’ri burchakli uchburchak deyiladi .
2. Uchburchak burchaklari yig’indisi …..ga teng.
3.To’g’ri burchakli uchburchakning bir burchagi 450 bolsa ,bu …. uchburchak bo’ladi.
4.To’g’ri burchakli uchburchakning to’g’ri burchagi qarshisidagi tomon ….. deb ataladi.
5. To’g’ri burchakli uchburchakning to’g’ri burchakni tashkil qiluvchi tomon ….. deb ataladi.
Javob yozishga 1 daqiqa vaqt beriladi.Javoblar tekshirilib to’g’ri javob aniqlanadi.
(Javob: 1.to’g’ri 2.1800 3. teng yonli to’g’ri burchakli 4.gipotenuza 5.katet)
Yangi mavzuni yoritish.
Yangi mavzuni o’qituvchi tushuntiradi va mavzuda berilgan masala o’quvchilar bilan birgalikda muhokama qilib yechiladi.
To’g’ri burchakli uchburchakning ba’zi xossalarini ko’rib chiqamiz.
1-xossa. To’g’ri burchakli uchburchakning ikkita o’tkir burchaklarining yig’indisi 900 ga teng .
Isboti: B
A C (1-rasm)
2-xossa. To’g’ri burchakli uchburchakning katetlaridan biri gipotenuzasining yarmiga teng bo’lsa, u katet 300 li burchak qarshisida yotadi.
(Isboti o’quvchilarga mustaqil isbotlashga uyga beriladi)
A
B C
(2-rasm)
3-xossa. To’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasiga tushirilgan medianasi gipotenuzaning yarmiga teng.
B
E
A (3-rasm) C
Mavzuda yechib berilgan masala doskada o’quvchilar bilan muhokama qilib yechiladi.
Masala. To’g’ri burchakli uchburchakning 300 li burchagi qarshisidagi kateti gipotenuzaning yarmiga teng.
Berilgani:
B
A C
(4-rasm)
Yechish: Berilgan uchburchakka teng BCD uchburchakni 4-rasmda ko’rsatilgandek yasaymiz.
Natijada hamma burchaklari 60 0 ga teng ABD uchburchakka ega bo’lamiz.Demak,ABD teng tomonli uchburchak,
AB=AD
AD=AC+CD=2AC
AB=2AC
AC=
Yangi mavzuni mustahkamlash.
N1-N4 savollarga 4 oquvchi doskaga chiqib chizmalari chizib tushuntiriladi.
N1.Savol.To’g’ri burchakli uchburchakning tomonlari qanday nomlanadi?
Javob. To’g’ri burchak qarshisidagi tomon gipotenuza.to’g’ri burchakni tashkil qilib turgan tomonlar katetlar deb ataladi.
B AB,AC – katet,BC - gipotenuza
A C
N2 savol.Tog’ri burchakli uchburchakning o’tkir burchaklari yig’indisi necha gradusga teng?
Javob. Tog’ri burchakli uchburchakning o’tkir burchaklari yig’indisi 900 gradusga teng.
N3.Savol.To’g’ri burchakli uchburchakning burchaklaridan biri o’tmas bo’lishi mumkinmi?
Javob.Mumkin emas,sababi uchburchakning burchaklari yig’indisi 1800 ga teng. Tog’ri burchakli uchburchakning bir burchagi 900 gradusga teng,qolgan ikki burchagining yig’indisi 900 ga teng.
N4.Savol.To’g’ri burchakli uchburchakning nechta balandligi bor?
Javob.Bitta,to’g’ri burchak uchidan tushirilgan balandlik .Qolgan balandliklar ikkita katetga teng.
Mustaqil ish.
N7(a),N8(b)-I guruhga beriladi.
N7(b),N8(c)-II guruhga beriladi.
N7(c),N8(a)-III guruhga beriladi.
Har guruhdan bitta o’quvchi doskada yechib tushuntiradi.
N9-masala doskada o’qituvchi nazoratida yechiladi.
B erilgani: B
ABC to’g’ri burchakli uchburchak 600
< A=900
AE mediana,
AE=8sm
0 A C
Topish kerak. BA,BC
Yechish:
IV. Baholash. Dars davomida savollarga javob bergan va masala yechgan o’quvchilar baholanib boriladi.
V. Uyga vazifa. №5,6 masalalarni yechish.
To’g’ri burchakli uchburchakning xossalarini o’rganib kelish.
Bog’ot tuman Xalq Ta`limi muassasalar ifaoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limiga qarashli 29-son umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika
Ochiq dars ishlanmasi
Do'stlaringiz bilan baham: |