Professor A.Nurmonov M.Koshg‘ariyni qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning asoschisi deb hisoblaydi va bu haqda shunday yozadi: “Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik XIX asrdan paydo bo‘ldi deyiladi va uning asoschilari sifatida Frans Bopp, Rasmus Rask hamda Yakob Grimmlar e’tirof etiladi. Buning sababi shundaki, G‘arb olimlari Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i bilan XX asrning birinchi choragiga qadar tanish bo‘lmagan. Agar tanish bo‘lganlarida, uning tilshunoslikdagi xizmatlari oldida tiz cho‘kkan va qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvogeografiya singari yo‘nalishlarning otasi sifatida Mahmud Koshg‘ariyni e’tirof etgan bo‘lardilar [A.Nurmonov, 2012: 188].
Do'stlaringiz bilan baham: |