Mavzu: Til va yozuv masalalari


- topshiriq. Yozuvlar haqida ma’lumot bering. Ma’lumotingiz qisqa, lekin yozuvning asosiy xususiyatini ko‘rsatsin



Download 205,44 Kb.
bet7/8
Sana27.05.2022
Hajmi205,44 Kb.
#611836
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-мавзу.

2- topshiriq. Yozuvlar haqida ma’lumot bering. Ma’lumotingiz qisqa, lekin yozuvning asosiy xususiyatini ko‘rsatsin.






Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “ O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq qiladi. Jumladan, tovush – harf munosabatiga bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan; juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha qo‘yiladigan b o‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni k o‘rsatuvchi arab raqamlariga ham tatbiq etilgan va boshqalar. Ikkinchi qismi turdosh ot b o‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalarancha ixchamlashgan.
3-topshiriq. Imlo qoidalaridagi farqli jihatlarga qo‘shimcha qiling

O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan





4-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni so‘zlab bering.
Til va nutq.
Agar dunyoda biron-bir muqaddas, abadiy tuyg‘u bo‘lsa, bu millatning milliy o‘zligini anglash tuyg‘usidir. Milliy o‘zlikni anglashning birinchi belgisi esa bu milliy tilni bilish demakdir. Til nafaqat aloqa vositasi, balki milliy madaniyatning ulkan yutug‘i, xalqma’naviy hayoti rivojining ko‘zgusi hamdir. Til shu til egasi bo‘lgan xalqqa kuch va qudrat, ruhiy barkamollik beradi, milliy faxr-iftixortuyg‘usini shakllantiradi. Shaxsning madaniy va ma’naviy saviyasi uning ona tilini mukammal bilishi bilan belgilanadi. O‘z ona tilisini bilmagan kishi boshqa xalqlarning tillarini bilgan taqdirda ham uning qadriga yeta olmaydi.
Ta’lim sohasida ham davlat tilining mavqeini tiklashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlaro‘z samarasini bermoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun oliy o‘quv yurtlari zimmasiga barcha fanlarqatori rusguruhlarida o‘zbek tili ta’limini yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Jumladan, bo‘lajak iqtisodchi-pedagoglarni, oliy o‘quv yurtining rus guruhlaridagi talabalarni iqtisodiyot materiallari asosida davlat tili – o‘zbek tilidan foydalanishga o‘rgatish, og‘zaki va yozma nutqlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy-ijtimoiy sohada hamda iqtisodiyot doirasida turli matnlartuza olish va matnlarni isloh qilish malakalarini shakllantirish, muayyan nutqiy vaziyatlarda tilga xos grammatik bilimlarni berish dolzarb vazifalardan biridir.
Hozirgi chet tillarini o‘rganishga qiziqish kuchaygan birvaqtda davlat tili – o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada ortmoqda. Ma’lumki, rusguruhlarida o‘zbek tilining to‘liqgrammatikasini nazariy fikrlarasosida tushuntirish ancha qiyinchiliklarni tug‘diradi. Talabalarning ham o‘zlashtirishlari oson kechmaydi. Shuning uchun rusiyzabon talabalarga o‘zbek tili fanini o‘qitishning ham oson, ham samarali usullaridan foydalangan ma’qul. Buning uchun harbiro‘qituvchi pedagog zamon talablari asosidagi bilim saviyasiga, yetuk malaka mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Yangi pedagogik texnologiyalarjadal sur’atlarbilan ta’lim sohasiga kirib kelmoqda. Bu jarayon ta’limning an’anaviy usullarini takomillashtirishda, darsning yangicha usullaridan unumli foydalanishda, darslarni elektron versiya, multimedia hamda slaydlar vositasida o‘tishda takomillashishi mumkin. Bunda talaba yangi mavzuni faqatgina eshitib qolmay, balki slaydlarni ko‘rish orqali tezroq qabul qiladi.
Rus guruhlarida o‘zbek tili grammatikasidan, nazariy bilimlardan matnlarva misollarga qarab emas, aksincha, matnlarni og‘zaki va yozma tarzda ishlash orqali o‘zbek tilining grammatikasini tushuntirib borishga erishish kerak. Chunki talabalarmatnni osonroqqabul qiladilar. Matndagi murakkab so‘zlarning ma’nosini aniqlash orqali ularlug‘at bilan ishlashni o‘rganadilar. Iqtisodiyotga oid matnlardan foydalanganda talabalariqtisodiy terminlarbilan tanishadilar, ularning o‘zbek va rustilidagi muqobillarini topishga harakat qiladilar. Rusguruhlarida o‘zbek adabiyotining namunalaridan foydalanish ham talabalarning og‘zaki nutqlarini o‘stirishga, badiiy nafosatni hisqilishlariga yordam beradi. Lirikaning go‘zal parchalarini yod olish, hikoya va qissalarni ifodali o‘qish, xalqmaqollari va hikmatli so‘zlarni o‘rganish orqali ham talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish mumkin. Tilni o‘rganish, uning nozik qirralarini ilg‘ash, tilga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish orqali talabalarning ma’naviyatini shakllantirish, ularning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish lozim. Umuman olganda, o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan darsusullari doimo talabalarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, mavzularni yengilroq o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Darsusullarining rang-barangligi esa pedagogning mahoratiga bog‘liqdir. Shuningdek, talabalarda tilni anglash hissini o‘stirish ularning ma’naviyatini boyitishga xizmatqilishini unutmasligimiz kerak.

Til va nutqbir-biri bilan chambarchas bog‘liq, ammo ayni paytda bir-biridan farqlanishi kerak bo‘lgan hodisalardir. Tilsiz nutqning, nutqsiz tilning mavjud bo‘lishi mumkin emas. O‘zbek adabiy tilining asoschisi ulug‘ AlisherNavoiy "Mahbub ul-qulub" asarida so‘zning sharafli sifatlari haqida so‘zlash asnosida til va nutqmunosabati xususida quyidagi nazariy fikrni bayon qiladi: "Til muncha sharaf bila nutqning olami (quroli) durva ham nutqdurki, agarnopisand zohirbo‘lsa, tilning ofatidur." Demakki, til nutquchun qurol, bu quroldan foydalanib nutqtuziladi, nopisandlik, e’tiborsizlik qilinsa, nutqmaqbul bo‘lmaydi va bu tilning ofati bo‘ladi. Til va nutqbir-biridan farqqiladigan, lekin o‘zaro aloqadorikki ijtimoiy, ruhiy-ma’naviy hodisadir. Ya’ni til aloqa quroli, fikrbayon qilish vositasi bo‘lsa, nutqso‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shunday jarayon natijasida yuzaga keladigan faoliyatdir. Bu ikki hodisani qiyoslaganda oradagi farqlaryanada oydinlashadi. Ya’ni, birauditoriyada o‘tirgan talabalarning gaplashadigan tillari birbo‘lsa-da, lekin nutqlari harxil bo‘lishi tabiiy. Birining nutqi salohiyatli bo‘lsa, ikkinchisiniki esa mutlaqo talab darajasida bo‘lmasligi mumkin. Til faqatgina aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan, balki dunyoni ko‘rish, eshitish, bilish, idrok etish vositasi hamdir. Tilni xalqyaratadi, nutqesa shaxsiy boylik sanaladi. Harkim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, shaxsiy fikrlash layoqatiga qarab gap tuzadi va so‘zlaydi. Shuning uchun ham nutqoldiga nihoyatda ulug‘ birtalab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Zero, nutqaqlning tarozisi, aqlning o‘lchovi. Darhaqiqat, nutqimizning salohiyati til qoidalarini yaxshi va zarurdarajada bilishimizga bog‘liqdir. Bundan tashqari, tilning ruhiy va estetik hodisa ekanligini ham yoddan chiqarmasligimiz zarur. Til bamisoli - ummon. Unda barcha fikrlaruchun «libos»lar topiladi. Lekin tilning jozibasi, kamalak misol tovlanishi bevosita nutqorqali, nutq jarayonida yuz beradi. Ba’zan nutq jarayonida tilning jozibasi, jilolanishi, mo‘jizakorligi yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Shu bois nutqsohibi so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini to‘la anglashi, harbirso‘zning uslubiy mezonlarini, ma’no qirralarini ongli idrok etishi talab etiladi.
Tilning dunyoni bilish, bilimlarni to‘plash, saqlash, keyingi avlodlarga yetkazish, ruhiy munosabatlarni aksettirish, go‘zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi qatorvazifalarni bajarishiga qaramasdan, uning asosiy funktsiyasi kishilaro‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir.Nutqtil vositalari orqali so‘zlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi yillarda nutqkishilartil orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Til umumiylik, nutqesa xususiylik belgilari bilan farqlanadigan ijtimoiy hodisalar bo‘lib, ikkalasi ham jamiyatga xizmat qiladi.
Harikkala soha, ya’ni til va nutq, inson nutqi bilan aloqadadir. Ularning harikkalasi ham kishilarnutqiy faoliyatining foydali, ta’sirchan, o‘tkirbo‘lishi uchun kurashadi. Insonning nutqiy madaniyati, uning nutqiy holatini o‘stirishga xizmat qiladi. Nutq madaniyati ham, notiqlik ham nutqiy odam, nutqiy go‘zallik, nutqiy mantiq qonuniyatlaridan oziqlangan holda ish ko‘radi. Ammo, shunga qaramasdan bizning nazarimizda nutqiy san’at ma’nosidagi notiqlikni, ya’ni favqulodda nutqiy mahorat va qobiliyat bo‘lgan notiqlikni ommaviy nutqdan farqlash lozim. Ba’zi shaxslarda uchraydigan notiqlik san’ati og‘zaki nutqsohasida shaxsiy qobiliyat va faoliyat tufayli erishiluvchi alohida san’atdir. Notiqlikda qobiliyat va mahoratning mehnat bilan qo‘shilib ketaganini ko‘rish mumkin. Har birxalqning o‘tmish madaniy hayotida u xalqdan yetishib chiqqan va chin ma’noda notiqdegan nomga sazovorbo‘lgan mo‘’tabar shaxslarning unchalik ko‘p emasligi ham aslida ana shunday omil tufaylidir.



Download 205,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish