4.1-jadval Lizing оpеratsiyalari turlari
Belgilar
|
Tashkil etish shakli
|
Ishtirokchilar tarkibi
|
Bevosita
|
Bilvosita
|
Qaytma
|
Ta’minotchi lizingi
|
Lizing obyekti
|
Ko‘char mulk
|
Ko‘chmas mulk
|
Amortizatsiya shartlari
|
Lizing to‘la amortizatsiyali
|
Qisman amortizatsiyali
|
Jadal amortizatsiyali
|
Bozor sektori
|
Ichki (bitta mamlakat ichida)
|
Xalqaro lizing
|
Majburiyatlar hajmi
|
«Sof» lizing
|
To‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing
|
Noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing
|
Bosh lizing
|
Ta’minotchi lizingi – uning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat ki, mulkni yetkazib beruvchi sotuvchi va mulkdan foydalanuvchi hisoblanmagan asosiy lizing oluvchi rolini bajaradi. Lizing oluvchi albatta mulkni uchinchi shaxsga sublizingga beradi.
Ko‘char mulk obyektlariga ishlab chiqarish va qurilish asbobuskunalari, transport vositalari, kompyuterlar, stanoklar, tele va masofaviy aloqa vositalari va boshqalar kiradi.
Ko‘chmas mulk obyektlarining tasniflanishiga ko‘ra lizing quyidagi turlarga tasniflanadi: korxonalar, ishlab chiqarish binolari va inshoot larining sanoat lizingi, savdo, ombor, idora va importlar lizingi.
Lizing to‘la amortizatsiyali, ya’ni to‘la qoplanuvchi lizing, qisman amortizatsiyali lizingda qisman qoplanuvchi lizing ko‘zda tutiladi.
Xalqaro lizing o‘z navbatida quyidagicha tasniflanadi:
import lizingi – lizing beruvchi xorijiy mamlakat hisoblanadi;
eksport lizingi – lizing oluvchi xorijlik bo‘ladi;
tranzit lizing – bitimning uchchala ishtirokchisi ham turli mamla katlarda bo‘ladi.
«Sof» lizingni amalga oshirishda lizing obyektiga xizmat ko‘rsatishni lizing oluvchi o‘z zimmasiga oladi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar lizing to‘lovlariga kiritilmaydi.
To‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizingning xususiyati shun daki, bunda lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish – mulkka qarash, sug‘urtalash, zarur xomashyolarni yetkazib berish, malakali kadrlar bilan ta’minlash, marketing xizmati ko‘rsatish va tayyor mahsulot reklamasini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing bu shartnoma imzolagan tomonlarning lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni avvaldan kelishgan holda taqsimlab olishdir. Masalan, lizing oluvchi mulkni ekspluatatsiya qilish normalariga rioya qilishni o‘z zimmasiga oladi, lizing beruvchi esa obyektni soz holda saqlash uchun xarajatlarni to‘laydi.
Bosh lizing oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasida umumiy shartnoma tuzulishini ifodalaydi.
lizingning butun muddati davomidagi to`lovlarning joriy qiymati ijara ob`ekti qiymatining 90 % idan ortiq bo`lishi lozim.
Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat:
munosabatlarda uchinchi tomon (lizing obьekti sotuvchisi)ning mavjud-ligi;
shartnoma majburiyatlarining mavjudligi;
lizingga berish uchun mulkni maxsus tarzda sotib olinishi;
lizing ob`ektini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majbu-riyligi;
Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir.
Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas:
er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari;
intellektual mulk natijalari.
Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.
Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk so-tib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki hukuqiy shaxsdir.
Lizinga oluvchi – bu lizing shartnomasi shartlari asosida lizing ob`ek-tini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun qabul qilib oluvchidir.
Lizing munosabatlarining iqtisodiy asosini quyidagi unsurlar tashkil qiladi:
lizing ob`ektining oldi-sottisi ;
lizinga beruvchi mablag`ining investitsiyaga sarflanishi;
lizing ob`ektining lizing oluvchiga ijaraga berilishi;
lizinga oluvchi tomonidan bu ob`ektni qabul qilib olinishi;
shartnoma muddati oxirida mulkni sotib olinishi ehtimoli mavjud-ligi.
Lizing to`lovlari deb, lizing shartnomasi harakati davomida shartnoma shartlariga ko`ra to`lovlarning umumiy summasiga aytiladi. Lizing to`lovlariga lizinga beruvchini asosiy vositalarni sotib olish va uni lizinga oluvchiga o`tkazish va lizing shartnomasida ko`rsatilgan boshqa xizmatlarni qoplash bilan bog`liq xarajatlar hamda lizinga beruvchining daromadiga kiradi. Agar lizing muddati tugagach, lizing ob`ekti lizinga oluvchining mulkiga aylantirilishi ko`zda tutilgan bo`lsa shartnomaning umumiy summasiga lizing ob`ektini sotib olish bahosi kiritilishi mumkin.
Lizinga berilgan mulk lizing shartnomasi tugagunga va lizinga oluvchi o`z majburiyatlarini to`liq bajarilmagunga qadar lizinga beruvchining mulki bo`lib qolaveradi.
2. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari, hamda Lizing munosabatlarini shakillantirishjarayoni
Hozirgi kunda korxonalar moddiy-texnika ta`minoti bazasini rivoj-lantirish maqsadida yirik kapital qo`yilmalarni amalga oshirish imkonini beruvchi asosiy moliyaviy dastaklardan biri hisoblanadi. Uskunalarni sotib olishning boshqa (uskunani etkazib bergandan keyin to`lovni amalga oshirish, to`lovni uzaytirish sharti bilan sotib olish, bank krediti hisobiga sotib olish) usullariga qaraganda quyidagi bir qator afzalliklarga ega:
lizing ijarachi korxonaga bir martalik yirik xarajatlar qilmay va qarz mablag`laridan foydalanmay turib ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi;
qarz kapitali jalb qilinmaganligi uchun balansda o`z va qarz kapita-lining optimal nisbatini ushlab turish imkonini beradi:
bank kreditidan farqli o`laroq lizing uskunani sotib olish uchun 120 % li taьminot talab qilinmaydi;
lizing asosiy vositani sotib olish bilan bog`liq loyihani 100 % moliyalashtirish imkonini beradi va u to`lovlarni darxol boshlanishini talab qilmaydi. Bu esa sezilarli moliyaviy qiyinchiliklarsiz korxona-ga asosiy vositalarini yangilash va qimmatli uskunalarni sotib olish imkonini beradi.
lizing shartnomasiga ko`ra ijara to`lovlari uskuna o`rnatilib, sozlanib va foydalanishga topshirilgandan keyin mahsulotni sotishdan olin-gan daromad hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
lizing shartnomasida o`zgaruvchan kredit foizlaridan farqli o`laroq, qatьiy foiz stavkalari qo`llaniladi ;
lizing to`lovlari lizinga oluvchi korxonaning mahsulot tannarxiga olib boriladi. Bu esa soliqka tortiladigan foyda summasini kamaytiradi.
ishga tushirilishi uzoq muddatni talab qiladigan uskunalarni tayyor-lashga buyurtma berishdan ko`ra, foydalanishga tayyor bo`lgan uskunani ijaraga olish qulayroqdir.
Ba`zida aktivlarga fakat vaqtincha, mavsumiy yoki bir martalik talab bo`ladi, bunday holda ijara doimo foydalanishda bo`lgan aktivlarga egalik qilish bilan bog`liq noqulay bo`lgan muammolarini yo`q qilishga yordam beradi.
ijaraga olish har yili yangi va unumdorligi yanada yuqori bo`lgan usku-nalarni ishlab chiqarishga jalb qilish imkonini beradi va hokazo.
Lizingning kamchiliklari: yuqori darajadagi foiz to`lovlarini belgilanishi;
mavsumiy ijarada asbob-uskuna kerak bo`lgan paytida topish mumkin bo`ladi deb kafolat berib bo`lmaydi;
belgilangan foiz stavkalari qatьiy bo`lganligi uchun bank krediti foiz-lari ko`tarilganda asosiy vositani lizinga bergan tomon daromadi kama-yishi yoki zarar ko`rishi mumkin.
Chеt el va mamlakatimizda nashr etilayotgan adabiyotlarda ta’kid lanishicha muayyan vaziyatga bоg‘liq tarzda lizing obyekti bo‘lib, har qanday ko‘chmas va ko‘char mulk hisоblanishi mumkin. Bular amaldagi tasnifga ko‘ra asоsiy vоsitalar bo‘lishi lоzim, bоzоrda erkin muоmalada bo‘lishi ta’qiqlangan mulklar bundan istisnо. O‘zbеkistоn qоnunchiligiga muvоfiq lizing obyekti bo‘lib, har qanday fоydalanilmay turgan mulk, shu jumladan, kоrхоna, mulkiy majmua, binо, inshооt, uskuna, transpоrt vоsitasi va bоshqa tadbirkоrlikda fоydalanish mumkin bo‘lgan ko‘chmas hamda ko‘char mulk lizing obyekti bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, dеyarli barcha, ayniqsa lizingdan fоydalanish kеng tarqalgan mamlakatlar qоnunchiligida lizing obyekti bo‘lish хususida qatоr chеklоvlar mavjud. Masalan, O‘zbеkistоn Rеspublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qоnunida yеr maydоnlari va bоshqa tabiiy оbyеtklar, shuningdеk, erkin muоmalada bo‘lish qоnunchilik yo‘li bilan ta’qiqlangan yoki muоmalada bo‘lishning alоhida tartibi bеlgilangan mulklar lizing obyekti bo‘la оlmasligi ta’kidlangan. Shu bilan birga mazkur qоnunda alоhida tartibda muоmalada bo‘lish talab etiladigan mulklar ro‘yхati kеltirilmaydi, bu o‘z navbatida amaldagi qоnunchilikka tеgishli o‘zgartish kiritishni talab etadi. Iqtisоdiy adabiyotlarda lizing obyektlari turli mеtоdоlоgik bеlgilarga asоsan tasniflanadi (16-chizmaga qarang).
O‘zbеkistоn Rеspublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi Qоnuniga muvо fiq lizing obyektining tasnifi sоdda tarzda quyidagi ko‘rinishga (17-chiz maga qarang) ega bo‘lishi mumkin.
O‘zbеkistоn qоnunchiligiga muvоfiq tadbirkоrlik faоliyatida fоydalanil maydigan ko‘chmas va ko‘char mulk lizing obyekti bo‘lishi mumkin. Lizing obyekti bo‘lib, faqat tadbirkоrlik maqsadlarida fоydalaniladigan, istе’mоl etiladigan ashyolar hisоblanadi. Yеr maydоn lari, fоydali qazilmalar, tabiiy bоyliklar, qurоl va o‘q-dоri, atоm hamda gidrоelеktrоstansiyalar va h.k. qоnun chilik bilan erkin muоmalada bo‘lishi ta’qiqlangan yoki muоmala qilishning alоhida tartibini bеlgilash talab etiladigan va istе’mоl etilmaydigan ashyolar bundan mustasnо.
Mеtоdоlоgik nuqtayi nazardan mamlakatimizda va хоrijda chiqayot gan adabiyotlarda lizing munоsabatlari subyektini bеlgilash masalasi munоzaraga sabab bo‘lmоqda. Uch asоsiy shaхs, odatda, klassik lizing subyekti hisоblanadi, bular: lizing bеruvchi, lizing оluvchi va lizing mulkini ishlab chiqaruvchi (ko‘pincha sоtuvchi).
Do'stlaringiz bilan baham: |