Mavzu: Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan repo bitimlari hisobi



Download 82,5 Kb.
bet1/7
Sana20.07.2022
Hajmi82,5 Kb.
#829632
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi

Mavzu: Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar bilan REPO bitimlari hisobi.



Reja:
Kirish.

  1. Tijorat banklari tomonidan chiqariladigan qimmatli qog’ozlar turlari.

  2. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bo’yicha REPO operatsiyalari hisobi.

  3. Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar faoliyatini takomillashtirish.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
Bozor iqtisodiyoti davrida iqtisodiy jarayonlarni yanada modernizatsiyalash va banklarning investitsion faoliyatini yanada oshirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bozori davlat moliya tizimini tashkiliy qismi bo‘lib, industrial va tashkiliy–funksional o‘ziga xosligi bilan harakterlanadi. Ko‘p mamlakatlarning fond bozorlarida banklar asosiy rol o‘ynaydilar. Banklarning investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda qimmatli qog’ozlar bozorining rolini oshirishga tegishli bir qator masalalarni oydinlashtirib beradi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan har tomonlama puxta ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosat tufayli tijorat banklarining moliyaviy holati va iqtisodiy natijalari yildan yilga yaxshilanib bormoqda.
Tijorat banklari tomonidan 2021 yil davomida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar 2020 yilga nisbatan 31 foizga o’sgan bo’lsa, kreditlarning qaytuvchanlik darajasi sezilarli darajada yaxshilanib 71 foizga yetdi. Shuningdek, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar 42 foizga o’sib, aholining iste’ol va ipotekaga bo’lgan talabini qo’llab-quvvatlashga xizmat qildi. 2021 yilda pul bozoridagi foiz stavkalari dinamikasi banklararo operatsiyalar hajmining qariyb ikki barobarga oshishi va pul-kredit instrumentlarining keskin o’sishida kuzatildi. Umuman olganda o’tgan yil davomida likvidlikni tartibga solishda pul-kredit insturimentlari faollashtirildi. 1
Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko’rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi o’zgarishi quyidagicha. Tijorat banklarida 2021 yilda yuqori likvidli aktivlar 25 517 mlrd.so’mga ortib, 01.01.2022 yil holatiga 75 992 mlrd.so’mni tashkil qildi. Bundan tashqari, yuqori likvidlik aktivlarning jami aktivlarga nisbati 17,7 % ni tashkil qildi va 2020 yilga nisbatan 3,5% ga yaxshilanish kuzatildi. Likvidlikni qoplash me’yori 189,6% ni tashkil qildi va minimal talablardan deyarli 2 barobar ko’proq jamg’arildi. Tijorat banklari sof barqaror moliyalashtirish me’yori esa 115,4 % ni tashkil qildi va 2020 yilga nisbatan 5,5% ga yaxshilanish kuzatildi hamda lahzali likvidlik me’yori 99,3 %ni tashkil qildi va 2020 yilga nisbatan 31,9% ga ijobiy o’zgarish kuzatildi. Eslatma sifatida sof barqarorlashtirishning minimal me’yori 100% ni hamda lahzali likvidlikning minimal me’yori 25% ni tashkil qiladi.2
Shu o‘rinda O‘zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish va uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, hozirda uning faoliyat ko‘rsatishi uchun tegishli me’yoriy-huquqiy asos va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, milliy fond bozorimiz rivojlanishida jiddiy o‘zgarishlar kuzatilmayapti. Ayniqsa, qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya institutlarining, xususan, mazkur bozorning to‘laqonli va faol ishtirokchisi hisoblangan O‘zbekiston banklarining samarali faoliyati ko‘zga tashlanmayapti. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 21-dekabrdagi “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2454-sonli Qarori talablaridan kelib chiqqan holda, tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalining 15 foizidan kam bo’lmagan qismini xorijiy investorlarga sotish yuzasidan o’tgan davr mobaynida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Respublikamizda tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi mavqeining pastligi banklar jami aktivlarda qimmatli qog’ozlar salmog‘ining kichikligi hamda yalpi daromadi tarkibida qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlari salmog‘ining juda kamligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Buning asosiy sabablari sifatida qimmatli qog’ozlar bozorida risklilik darajasining yuqoriligi, kapitalizasiya darajasining kichikligi, qimmatli qog’ozlar likvidlik darajasining pastligi, muddatli qimmatli qog’ozlar bozorining yo‘qligi, banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatini tartibga soluvchi hamda investorlar huquq va manfaatlarini kafolatlovchi ayrim me’yoriy-huquqiy asosining takomillashmaganligi va hokazolar bilan izohlash mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston banklarining aksariyati mamlakat moliya bozorining mablag’larga muhtoj sohalarini moliyalashtipishda sekin kirib bormoqda, natijada uning ulkan ijtimoiy-siyosiy salohiyati iqtisodiy islohotlarni chuqurlashuviga sezilarli darajada ta’sirini o‘tkaza olmayapti.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g‘risida”gi PF-4947-sonli 2017 yil 7-fevraldagi Farmoni davlatimiz va jamiyatimiz, qolaversa, iqtisodiyotimiz rivojida muhim o’rin tutadi. Ushbu farmonning uchinchi ustuvor yo‘nalishida iqtisodiyotimizni, qolaversa, bank tizimini yanada isloh qilishning mexanizmi ishlab chiqilgan ya’ni, kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va boshqalar belgilab berilgan3 .
Mamlakatda qimmatli qog’ozlar bozorining rivojlanishi avvalambor, uning ishtirokchilariga yuqori foyda olib kelsa, boshqa tomondan uning likvidligini ta’minlashga xizmat qiladi. Lekin ushbu bozorni doimiy nazorat qilish, spekulyativ operatsiyalarni oldini olish hozirgi kun uchun dolzarb masala hisoblanadi.



  1. Download 82,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish