2. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bo’yicha REPO operatsiyalari hisobi. O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlarini tuzish va ijro etish tartibi to‘g‘risida Markaziy bank Nizomi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-iyunda 1829-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va mamlakatimizdagi REPO operatsiyalari ushbu yo’riqnomaga asosan amalga oshiriladi.
REPO bitimi — bitim shartlari bilan belgilangan muddat va bahoda aynan shu chiqarilishdagi va miqdordagi DQQni qayta sotib olish (sotish) (REPO bitimining ikkinchi qismi) sharti bilan sotish (sotib olish) (REPO bitimining birinchi qismi) bo‘yicha ikki tomonlama bitim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bilan REPO bitimlari faqat O‘zbekiston respublika valyuta birjasining (keyingi o‘rinlarda matnda O‘zRVB deb yuritiladi) Savdo tizimi orqali tuziladi va ijro etiladi.
REPO (qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi bitimlari to’g’risida kelishuv) bitimi deganda ma’lum muddatdan so’ng oldindan kelishilgan bahoda sotib olish majburiyati bilan qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha tuzilgan bitim tushuniladi. REPO bitimlari quyidagi tamoyillarning biri bajarilgan holda moliyalashtirish operatsiyalari sifatida baholanadi:
Avval sotilgan qimmatli qog’ozlarning o’zi qayta sotib olinsa;
Agar qayta sotib olinayotgan qimmatli qog’ozlar barcha jihatlariga ko’ra sotilgan qimmatli qog’ozlarga o’xshasa;
Qimmatli qog’ozlar quyidagi shartlar bajarilsa “barcha jihatlariga ko’ra o’xshash” deb qaraladi.
Qimmatli qog’ozlar o’z zimmasiga majburiyatlar olgan bir shaxsga ega bo’lishi lozim;
Qimmatli qog’ozlar egalari bir xil tavakkalchilik va huquqlar bilan ta’minlanishlari uchun ushbu qog’ozlar shakl va ko’rinishi jihatidan bir xil bo’lishi kerak;
Qimmatli qog’ozlar bir xil foiz stavkasiga ega bo’lishi kerak;
Qimmatli qog’ozlar bir xil to’lash muddatiga ega bo’lishi kerak;
Qimmatli qog’ozlar bir xil nominal qiymatga ega bo;lishi kerak.
Aks holda REPO operatsiyalari qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi operatsiyalari sifatida hisobga olinadi.
REPO operatsiyalarini hisobi moliyalashtirish operatsiyalari hisobining bir qismi hisoblanadi.
REPO bitimlarining yuridik shakli oldi-sotdi bitimi bo’lganligi sababli, ushbu operatsiyalarning iqtisodiy mohiyati sotib olingan (sotilgan) qimmatli qog’ozlar bilan ta’minlangan moliyalashtirishdir.
REPO bitimlari qimmatli qog’ozlar garovi asosida kreditlash operatsiyalaridan (lombard krediti) shu bilan farq qiladiki, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimi to’g’risidagi kelishguvning birinchi qismini bajarishda qimmmatli qog’ozlarga egalik qilish huquqi qarzdor (qimmatli qog’zolar sotuvchisi) dan kreditor (qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchi) ga o’tadi. Ushbu operatsiyalarda qimmatli qog’ozlar sotuvchisi qarzdor, sotib oluvchi esa pul mablag’lari kreditori rolini bajaradi. REPO bitimida ko’rsatilgan muddat tugagach, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’isidagi kelishivning ikkinchi qismi bajarilgan taqdirda qimmatli qog’ozlarga egalik qilish huququ qayta kreditordan qarzdorga o’tadi.
REPO operatsiyalari bo’yicha sotilgan qimmatli qog’ozlar 22300- “REPO bitimlari bo’yicha sotilgan qimmatli qog’ozlar” balans hisobvarag’ining tegishli hisobvarag’iga olinadi. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog’ozlarni sotuivchi bank tomonidan bitimning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotish summasida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:
D-t Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning hisobvarag’i;
K-t 22300-“REPO bitimlari bo’yicha aotilgan qimmatli qog’ozlar”.
Bir vaqtning o’zida ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’i bo’yicha:
D-t 92802-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”:
K-t 96374-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar konrt-hisobvarag’i”.
92802-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar” hisobvarag’ida qimmatli qog’ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog’ozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog’ozlarni sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni qayta sotib olish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotish bahosi o’rtasidagi farq o’z mohiyatiga ko’ra olingan pul mablag’lari uchun to’lov hisoblanadi. Ko’rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimi to’g’risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli xarajatlar hisobvarag’iga olib boriladi:
D-t 54300 “Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo’yicha foizli xarajatlar”:
K-t 22300-“REPO bitimlari bo’yicha aotilgan qimmatli qog’ozlar”.
Agar REPO kelishuvining birinchi qismi bo’yicha REPO summasi foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayishi ko’zda tutilgan bo’lsa, u holda REPO summasi dastlabki sotib oluvchi tomonidan olingan foiz (kupon) daromadlari miqdori kamayadi va quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 22300-“REPO bitimlari bo’yicha aotilgan qimmatli qog’ozlar”;
K-t REPO bitimining obyekti bo’lgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha olinishi lozim bo’lgan foizlarning tegishli hisobvarag’i.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qayta sotib olingan qimmatli qog’ozlar summasiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 22300-“REPO bitimlari bo’yicha sotilgan qimmatli qog’ozlar”;
K-t Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning hisobvarag’i.
Bir vaqtning o’zida ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’larida, kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qayta sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 96374-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag’i”;
K-t 92802-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuv har bir tomon o’z majburiyatlarini bajarmasa, odatda jarima choralari ko’zda tutiladi. Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan hamda qimmatli qog’ozlar sotib oluvchi portfeliga o’tkazilgan taqdirda sotuvchi bank qutidagi buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradi:
D-t 22300-“REPO bitimlari bo’yicha aotilgan qimmatli qog’ozlar”;
K-t 10700-“Oldi-sotdi qimmatli qog’ozlar”, 10800-“Sotishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar”, 15900-“So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar”, 11300-“Sotib olinga veksellar”-qimmatli qog’ozni balans qiymatiga.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotib olish bahosi va uning balans qiymati o’rtasidagi farq tegishli foyda yoki zarar hisobvarag’ida aks ettiriladi.
Bir vaqtning o’zida ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 96374-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag’i”;
K-t 92802-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”.
Qayta sotib olish sharti bian qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda, qimmatli qog’ozlarni sotib oluvchi bank kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarning sotib olish summasiga quyidagi buxgaltyeriya o’tkazmasini amalga oshiradi:
D-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”;
K-t Bankning vakillik hisobvarag’I yoki mijozning hisobvarag’i.
Bir vaqtning o’zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar bo’yicha hisobvarag’larida quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:
D-t 92802-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”;
K-t 96376-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar konrt-hisobvarag’i”.
92806-“Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha muddatli bitimlar” hisobvarag’ida qimmatli qog’ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qog’ozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog’ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
Kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni qayta sotish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlar sotib olish bahosi o’rtasidagi farq o’z mohiyatiga ko’ra berilgan pul mablag’lari uchun to’lov hisoblanadi. Ko’rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va oluvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimi to’g’risidagi kelishuvning amal qilsih muddati davomida foizli daromadlar hisobvarag’ida hisobga olinadi:
D-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”;
K-t 45000-“Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo’yicha foizli daromadlar”.
Banklar REPO bitimi bo’yicha kontragentning moliyaviy ahvoli yomonlashganda, qimmatli qog’ozlarni qayta sotib olishi bankda shubha uyg’otsa, foizlarni o’stirmaslik tamoyillarining biridan foydalanishi kerak.
Bunda foizli daromad bank balansidan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi hisobidan chiqarilishi kerak:
D-t 45000-“Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo’yicha foizli daromadlar”;
K-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”.
Hisobdan chiqarilgandan so’ng kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotib olish bahosi o’rtasidagi farq amotizatsiyasi ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’ida hisobga olinadi:
D-t 95411-“Olinishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan foizlar”;
K-t 96333-“Olinishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag’i”.
Ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’ida yuritiladigan hisob REPO kelishuvining ikkinchi qismi bajarilgandan so’ng to’xtatiladi.
D-t 96333-“Olinishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan foizlar kontr-hisobvarag’i”;
K-t 95411-“Olinishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan foizlar”.
Balans hisoboti sanasida kelishuvning birinchi qismi bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlarning bozor qiymati balans qiymati (ya’ni 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan summa) bilan tenglashtiriladi. Bozor qiymati balans qiymatidan tushib ketsa, bank xarajatlari hisobidan ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi tashkil etiladi. Bunda balans qiymati va bozor qiymati o’rtasidagi farq 56824-“REPO bitimlari bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash” hisobvarag’ining debetida hisobga olinadi.
D-t 56824-“REPO bitimlari bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash”;
K-t 11899-“REPO bitimari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlardan ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”.
Bozor qiymati balans qiymatidan oshib ketsa zaxira nolga tenglashtiriladi:
D-t 11899-“REPO bitimari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlardan ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”;
K-t 56824-“REPO bitimlari bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni baholash”.
REPO bitimiga doir ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi har bir REPO kelishuvi bo’yicha alohida belgilanadi. Agar avval tashkil etilgan ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi miqdori yangi hisoblangan ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasidan oshib ketsa, zaxira oshib ketish summasiga kamaytiriladi. Agar avval tashkil etilgan ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasidan kam bo’lsa, zaxira hisoblangan hajmgacha qo’shimcha ravishda ko’paytiriladi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank quyidagi buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradi:
D-t Bankning vakillik hisobvarag’i yoki mijozning hisobvarag’i;
K-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”-bitimning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozni qayta sotib olish summasiga.
Bir vaqting o’zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotilgan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’i bo’yicha quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 96376-“Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag’i”;
K-t 92806- “Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvda har bir tomon o’z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda odatda jarima choralari ko’zda tutiladi.
Agar bank foizlarni o’stirmaslik tamoyillariga amal qilgan bo’lsa, kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan qimmatli qog’ozlarning balans qiymati kelishuvning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotib olish summasiga teng bo’lishi lozim.
Bunda kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan va qimmatli qog’ozlar sotib oluvchi bank portfeliga o’tkazilgan taqdirda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Qimmatli qog’ozlar bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotib olish summasidan oshib ketsa:
Ehtimoliy yo’qotishlar zaxirasi miqdorini to’g’rilashga doir buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi;
Qimmatli qog’ozlarni bank portfeliga o’tkazish bo’yicha buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 10700-“Oldi-sotdi qimmatli qog’ozlari” yoki 10800-“Sotishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar” yoki 11300-“Sotib olingan veksellar” yoki 15900-“So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimamtli qo’ozlarga qilingan investitsiyalar”;
K-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”-bitimning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotib olish.
Qimmatli qog’ozning bozor qiymati kelishuvning birinchi qismi bo’yicha sotib olingan qiymatidan kam bo’lganda:
Zaxira miqdorini o’zgartirish bo’yicha buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi;
Qimmatli qog’ozlarni bank portfeliga o’tkazish bo’yicha buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 10700-“Oldi-sotdi qimmatli qog’ozlari” yoki 10800-“Sotishga mo’ljallangan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar” yoki 11300-“Sotib olingan veksellar” yoki 15900-“So’ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimamtli qo’ozlarga qilingan investitsiyalar”-qimmatli qog’ozni bozor qiymatiga;
D-t 11899-“REPO bitimari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlardan ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)”;
K-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”-bitimning birinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlarni sotib olish.
Bir vaqtning o’zida ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 96376-“Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag’i”;
K-t 92806- “Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”.
Bank foizlarni o’stirmaslik tamoyilini qo’llamagan bo’lsa, kelishuvning ikkinchi qismini bajarish sanasida 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar” hisobvarag’ida hisobga olingan qimmatli qog’ozlarning balans qiymati kelishuvning ikkinchi qismi bo’yicha qimmatli qog’ozlar qayta sotuvi sumamsiga teng bo’lishi lozim.8 Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan holda bank foizli daromadlari balansdan chiqarishi, ya’ni foizlarni o’stirmaslik tamoyilini qo’llashi shart:
D-t 45000-“Qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo’yicha foizli daromadlar”;
K-t 11800-“REPO bitimlari bo’yicha sotib olingan qimmatli qog’ozlar”.
REPO bitimlarini qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi operatsiyalari sifatida hisobga olish mumkin:
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog’ozlar sotuvchisi bo’lgan bank qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha tegishli buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradi. Bunda sotilgan qimmatli qog’ozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning o’zida bank tomonidan sotilgan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotib olishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 92802-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”:
K-t 96374-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar konrt-hisobvarag’i”.
92802-“Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar” hisobvarag’ida qimmatli qog’ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog’ozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog’ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’I bo’yicha tegishli buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi.
Bir vaqtning o’zida qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’I bo’yicha quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 96374-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar konrt-hisobvarag’i”;
K-t 92802-“qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’I bo’yicha quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshirdi.
Bir vaqtning o’zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank sotishi lozim bo’lgan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holatlar hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradi:
D-t 92806- “Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”;
K-t 96376-“Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag’i”.
92806-“Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha muddatli bitimlar” hisobvarag’ida qimmatli qog’ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qog’ozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog’ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha tegishli buxgalteriya o’tkazmasini amalga oshiradi. Bunda sotilgan qimmatli qog’ozlar bank balansidan chiqariladi.
Bir vaqtning o’zida qayta sotib olish sharti bilan q immatli qog’ozlar oldi-sotdi bitimlari to’g’risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda, bank tomonidan sotilgan qimmatli qog’ozlar qiymatiga ko’zda tutilmagan holaltlat balans hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
D-t 96376-“Qimmatli qog’ozlarni sotish bo’yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag’i”;
K-t 92806- “Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha muddatli bitimlar”.