Ma’ruza№4
mavzu: TIBBIYOTDA ISHCHI O‘RINLARNI AVTOMATLASHTIRISHDA
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. MATNLI AXBOROTNI QAYTA ISHLASH
TEXNOLOGIYASI. TIBBIYOT MA’LUMOTLARINI KOMPYUTER
YORDAMIDA ANALIZ QILISH. TIBBIYOTDA MULTIMEDIA
ILOVALARINI YARATISHDA DASTURIY VOSITALAR
REJA
•
Amaliy dasturlar haqida.
•
MS Word dasturi: dastur darchasining tashkil etuvchilari. Hujjat yaratish va
ular ustida ishlash.
•
MS Excel dasturi: dastur darchasining tuzilishi, imkoniyatlari.
•
Grafik dasturlar: MS Power Point,Adobe Photoshop, Macromedia Flash 8.
Kalit so‘zlar: MS Office, Word, Excel, Power Point, amaliydastur, fayl,
kengaytirgich, piksel
Biologik va klinik axborotni boshqarishda tadqiqatlarning qo‘llanishi nihoyat
keng. Klinik axborot ni boshqarish tizimi bevosita kommunikatsion tarmoqning
katta qismini tashkil etadi. SHifokorlar kerakli ma’lumotlarni qidirishda ushbu
tizimga tayanadilar. Bunda axborot almashinuvining elektron jihatlarini
o‘rganganda quyidagilarda to‘xtalib o‘tamiz.
Xar bir jarayonning samarali va natijaviy bo‘lishini ta’minlashda uning tartibli,
tizimli tashkil etish, texnik vositalardan, amaliy ko‘nikmalardan to‘g‘ri foydalanish
maqsadli hisoblanadi. Sababi biotibbiy informatika savollari bilan
shug‘ullanuvchilar uchun tizimli ishlash natijaviy maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Biotibbiyot hamda biotibbiy informatikaning integratsiyasi masalalari konseptual
hisoblanadi. sababi bu ikki fan aynan bir masalani echishga qaratilgandir. Bunda
malakali, o‘z ishining moxir ustasi bo‘ladigan kadrlarni o‘rganish va etishtirishni
maqsad qilib olingan. Malakali kadrlar esa mavjud resurslarni to‘g‘ri baxolay
bilgan holda tajribada to‘hri qo‘llay bilishi ham kerak. Bu masalani hal etishda
ularga biotibbiy hisoblashlar qo‘l keladi. Tajribaning ortishi, kompyuter bilan
to‘g‘ridan-to‘gri muloqot qila olish esa tartiblangan faoliyat yuritishni talab etadi.
Aynan shu jihatdan darayonlarni o‘rganish va hal etishda algoritmning to‘g‘ri
tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tabiiy til – odamlar munosabatidagi asosiy
vosita hisoblanadi. Biotibbiyotda hamda sog‘liqni saqlashda birinchi bilim va
ma’lumotlar xuddi ilmiy adabiyotlardagi maqolalardek, tizimdagi xisobotlardek
hamda matnli ma’lumotlar ombori tarmog‘idek matn shaklida bo‘ladi. Tibbiyot
idoralarida asosan hisobotlarni aytib berishdagi izohlarga qo‘yiladi
(Edward H. Shortliffe, James J. Cimino Editors Biomedical Informatics.
Springer, New York, 2014, str 6-7)
Kompyuterdan foydalanuvchi ko‘pincha u yoki bu hujjatlar- xatlar,
maqolalar, xizmat yozuvlari, hisobotlar va boshqa materiallarini tayyorlash
zaruriyatiga duch keladi. Hujjatlarni yuqori sifatda bosib chiqarilishini ta’minlash
yoki katta hajmdagi murakkab hujjatlar, jurnallar yoki kitoblarni tayyorlash uchun
foydalanuvchiga Microsoft Word matn muxarriri dasturlaridan foydalanish
qulaydir.
Ushbu Microsoft Word matn muxarrirning imkoniyatlarini quyida keltirilgan
ba’zi amallardan ham bilish mumkin:
- matnni terib tayyorlash va faylga yozish;
- matnga qo‘shimcha kiritish, chiqarib tashlash, qatorlar, matn qismlarini
almashtirish va matnni tekislash;
- matnni turli shriftlarda bezash, orfografiyasi va grammati-kasini tekshirish,
boblar tayyorlash, matnni sahifalarga bo‘lib tashlash;
- formula va jadvallar bilan ishlash hamda ularning chegalari va ichki
rangini tashlash;
- matnli hujjatlarga formulalar kiritish, so‘z va jumlalarni izlash va
almashtirish, rasmlar chizish va matnga sodda bezaklar kiritish;
- elektron pochta qutisidan olingan xabalarni tahrirlash va boshqa
imkoniyatlar kiradi.
Microsoft
Word
matnlarni
tahrirlovchisi
imkoniyatlaridan
to‘liq
foydalanishni o‘rganish uchun ushbu qo‘lingizdagi o‘quv metodik qo‘llanma Sizga
katta yordam beradi.
1. MICROSOFT WORD MATN MUHARRIRI
1.1.
MATNLARNI KIRITISH, MUHARRIRLIK QILISH VA FORMATLASH
TUSHUNCHALARI
Kompyuterda qog‘ozga tushuriladigan matnlarda harf, raqam, belgilar va
hokazolar asosiy vosita hisoblanadi.
Kompyuterda matnlarni tayyorlashda asosan uch guruh amallardan
foydalaniladi:
kiritish, muharrirlik qilish, formatlash
Kiritish amali - berilgan matnni elektron ko‘rinishga o‘tkazish, ya’ni
kompyuter xotirasida saqlanadigan faylda ifodalashdir.
Matnlarni kiritish faqat klaviatura yordamida bo‘lmasdan, balki skanerlash
yo‘li bilan matnni kiritish, maxsus yaratilgan dasturlar yordamida hujjatlarni
grafikli tasvir ko‘rinishidan matnli ko‘rinishga o‘tkazishlardan iborat bo‘ladi.
Muharrirlik qilish(to‘g‘rilash) amali - mavjud elektron hujjat ko‘rinishda
ba’zi qo‘shish va o‘chirish yo‘llari bilan o‘zgartirishlar hosil qilish, matn
qismlarining o‘rnini almashtirish, bir necha fayllarni bitta faylga keltirish va
aksincha bittasini bir nechta mayda matnlarga bo‘lish ishlaridan iboratdir.
Matnlar ustida ishlashda kiritish va muharrirlik qilish ko‘pincha bir vaqtning
o‘zida parallel ravishda bajariladi. Kiritish va muharrirlik qilishda matn tarkibi
shakllantiriladi.
Formatlash amallari yordamida hujjatlar shakllantiriladi. Uning buyruqlari
matnni monitor ekranida yoki qogozda qanday ko‘rinishda ifodalanishini to‘liq
aniqlaydi.
Matn qismini belgilashda klaviaturadan foydalanish:
Tugma
Vazifasi
SHIFT +
Kursordan o‘ngdagi bitta belgini belgilash
SHIFT +
Kursordan chapdagi bitta belgini belgilash
CTRL + SHIFT +
Kursordan o‘ngdagi bitta so‘zni belgilash
CTRL + SHIFT +
Kursordan chapdagi bitta so‘zni belgilash
SHIFT + END
Qatorning oxirigacha belgilash
SHIFT + HOME
Qatorning boshigacha belgilash
SHIFT +
Bir qator yuqoriga belgilash
SHIFT +
Bir qator pastga belgilash
CTRL+SHIFT +
Abzats oxirigacha belgilash
CTRL+SHIFT +
Abzats boshigacha belgilash
SHIFT+PAGE DOWN
Bir ekran pastga belgilash
SHIFT+PAGE UP
Bir ekran yuqoriga belgilash
CTRL+SHIFT+HOME
Kursor
turgan
joydan
hujjatning
boshigacha belgilash
CTRL+SHIFT+END
Kursor turgan joydan hujjatning oxirigacha
belgilash
ALT+CTRL+SHIFT+PAGE
DOWN
Hujjatni oxirigacha belgilash
CTRL+A
Hujjatning hammma qismini belgilash
1.4. STANDART USKUNALAR PANELI
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21
Uskunalar paneli yordamida formatlash
1 2 3 4 5 6
Formatlash uskunalar paneli yordamida
1 2 3 4
.
Gorizontal chizg‘ich yordamida formatlash
Gorizontal holda joylashgan chizg‘ichda ushbu
,
markerlar yordamida kerakli bo‘lgan abzatslar tanlaniladi. CHap tomondagi
markerning (
) yuqorisida joylashgan uchburchak belgisi birinchi satr
uchun abzats ajratib beradi. CHap tomondagi markerning (
) pastida
joylashgan uchburchak belgisi birinchi satr uchun abzatsning chap tomondagi
chegarasini aniqlaydi. O‘ng tomonda joylashgan markerdagi (
)
uchburchak belgisi yordamida abzatsning o‘ng tomondagi chegarasini aniqlaydi.
Abzatslarni belgilashdan avval matnning kerakli qismi belgilanishi shart.
«Abzats» muloqotli oynasi yordamida formatlash.
Abzats muloqotli oynasini ishga tushirish uchun
quyidagi buyruqlar ketma-ketligini tanlash kerak
bo‘ladi: Format—Abzats.
Muloqotli oynaning «Otstupo‘ i intervalo‘»
(chekinishlar va oraliq-lar) nomli sahifasida abzatsning
joylashish o‘rni, abzats boshidagi bo‘sh joy va
intervallarni o‘zgartirish mumkin.
Ushbu muloqotli oynaning «Interval» (Oraliq)
deb
nomlanuvchi
bandi
orqali
biz
satrlararo
intervallarning quyidagi turlarini tanlashimiz mumkin:
bir o‘lchamli, ikki o‘lchamli, bir yarim o‘lchamli, minimum,
aniq ko‘rsatilgan kattalikda.
1.7. SAHIFA MAYDONINING
PARAMETRLARI
«Fayl» menyusidan o‘rin olgan «Parametro‘
stranitso‘» (Sahifa parametrlari) buyrug‘ini tanlash
lozim, so‘ngra maxsus muloqotli oyna hosil qilinadi.
Ochilgan muloqotli oyna 3 ta sahifadan iborat.
1)
Polya (Maydon)
2)
Razmer bumagi (Qog‘oz o‘lchami)
3)
Istochnik bumagi
Oynaning
«Polya»
(Maydon)
sahifasi
tanlani-ladi.
Bu
sahifa orqali «Polya»
(Maydon) deb nomlanuvchi
sahifasidan
matnni
qog‘ozga chiqarishdan oldin
sahifada
yuqoridan,
pastdan, chapdan va o‘ngdan
joylar
(xoshiyalar)
tanlash
uchun
kerakli
parametrlar o‘rnatiladi.
Bundan
tashqari
shu
sahifaning
«Orientatsiya»
qismidan
varoqning
joyla-
shishini boshqarish mumkin. Agar «Knijnaya» qismi belgilansa qog‘oz tik, ya’ni
vertikal yo‘nalishda joyla-shadi. «Albomnaya» qismi
belgilansa
qog‘oz
ko‘ndalang,
ya’ni
gorizontal
yo‘nalishda joylashadi.
Oynaning «Razmer bumagi» sahifasi orqali
asosan qog‘oz o‘lchamlari o‘zgartiriladi. «Razmer
bumagi» bo‘limidan qog‘ozning qanday formatda ekanligi, qog‘oz enining,
bo‘yining o‘lchamlari ham o‘zgartiriladi.
Oynaning «Istochnik bumagi» sahifasi orqali kolontitul-larning qog‘ozdagi
joylashish o‘rni, kolontitul o‘rnatilishi kerak bo‘lgan sahifalari, ularning
o‘lchamlari va hujjat sahifalarida tartib raqam-larining joylashishi bosh-qariladi.
SAHIFAGA RAMKA O‘RNATISH
Sahifaga
ramka
o‘rnatish uchun
gorizontal menyu satridan quyidagi buyruqlar
tanlanadi: Format Granitsы i zalivki.
Natijada ushbu oyna hosil qilinadi:
Hosil qilingan oynaning Granitsa
sahifasida belgilangan matn qismiga chegara
qo‘yish mumkin bo‘ladi. Buning uchun
chegara o‘rnatilishi kerak bo‘lgan matn qismi
belgilab olinishi kerak.
Oynaning Zalivka sahifasi orqali matnning belgilangan qismiga fon
beriladi. Sahifadagi Zalivka bo‘limidan kerakli rang tanlanadi va OK tugmasi
bosiladi.
Hosil qilingan oynaning Stranitsa sahifasiga o‘tiladi. Risunok bandi orqali
ramka uchun shakllar va naqshlar ro‘yxati hosil qilinadi. Oynadagi Obrazets bandi
orqali biz har bir naqsh yoki shakllarning sahifada joylashishini ko‘rish imkoniga
ega bo‘lamiz.
Ro‘yxatdan ixtiyoriysini tanlab OK tugmasi bosiladi.
4. RASM O‘RNATISH
Microsoft Word dasturida hujjat tarkibiga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan
rasmlar to‘plami mavjud. Ulardan hujjatlarni bezashda
foydalanish mumkin. Hujjatga rasm o‘rnatish uchun
quyidagi ammallar ketma-ketligi bajariladi:
1.
Rasm o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joyga kursor
o‘rnatiladi;
2.
Gorizontal menyu satridagi Vstavka Risunok
Kartinki buyruqlari orqali muloqotli oyna hosil qilinadi.
3.
«Kolleksiya kartinok. . . » bandi tanlanadi.
4.
«Kolleksii Mirosoft Offise» tasdiqlanib, rasmlar to‘plamidan kerakli
rasm tanlanadi.
5.
Rasm tanlanib buferga olinadi va xujjat tarkibiga o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |