Mavzu: Texnik to’garaklarda o’quvchilarining ijodiy ko’nikmalarni shakillantirishdagi ayrim muammolar


Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir



Download 39,41 Kb.
bet4/6
Sana05.07.2022
Hajmi39,41 Kb.
#739771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ish

Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.


O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil 2909 “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qarori e’lon qilindi. Ushbu farmonda Oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning etakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish borasidagi ishlar etarli darajada olib borilmayapti. Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqanholda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash shart sharoitlari keltirib o‘tilgan. Hayotimizning barcha sohalari kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Innovatsion ta’lim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash yoshlarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha ta’lim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilg‘or, ilmiyuslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan ta’minlash lozim. YOsh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlkatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, o’z mutaxassisligini chuqur egallagan o’qituvchilar zarur. SHuning uchun xozirgi kunda o‘qituvchilar oldiga juda ko‘p vazifalar qo‘yilmoqda. SHu bilan birga talabalarga xam. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan ta’limtarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da alohida ta’kidlangan milliy model O‘zbekiston Respublikasining milliy-hududiy xususiyatlarini inobatga olish hamda Professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. KASBIY TA’LIM METODIKASI 9 ilg‘or fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida tayyorlangan kadr (mutaxassis) – komil inson va etuk mutaxassis qiyofasini o‘zida to‘laqonli aks ettiruvchi namunadir.

Oliy Majlisning 1997 yil 29 avgustda bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida muhokama etilib, qabul qilingan, hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’limtarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlodimiz kelajagiga daxldor bo‘lgan qonunlar - «Ta’lim to‘g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni izchil amalga oshirish jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllantirildi. Uning asosiy tarkibiy kismlari kuyidagnlardan iboratdir: Shaxs; Davlat va jamiyat; Uzluksiz ta’lim; Fan; Ishlab chiqarish. Mazkur milliy modelning asosiy elementlaridan biri bo‘lgan uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbordosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to‘kkiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu yangi o‘quv maskanlarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish bir tomondan o‘qituvchi maxoratiga boshliq bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv yurtini zamonaviy texnika bilan ta’minlanganligiga bog`lik. Kasb-hunar kolleji muxandis-pedagog xodimlari oldiga tayyorlanadigan malakali ishchi kadrlarda ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish, ularda yo`qsak mehnat intizomi va madaniyatni, jamoa oldiga burch xis tuyg`ularini tarbiyalash vazifasini quyadi. Bu vazifalarni bajarish ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyadan foydalana oladigan oqori malakali ishchilarni etishtirish demakdir.




Download 39,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish