Mavzu: Texnik to’garaklarda o’quvchilarining ijodiy ko’nikmalarni shakillantirishdagi ayrim muammolar


Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar



Download 39,41 Kb.
bet2/6
Sana05.07.2022
Hajmi39,41 Kb.
#739771
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bitiruv malakaviy ish

Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar bo`yicha tavsiyalar
Bugungi kunda bolalarning bo`sh vaqtini to`g`ri tashkil etishda maktabdan va sinfdan tashqari ta’limga alohida etibor berilmoqda. Maktabdan va sinfdan tashqari ta’limni tashkil qilishda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yilda qabul qilgan “Barkamol avlod” bolalar markazlari to`g`risidagi Nizomi asosiy hujjat hisoblanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlarini tayyorlashda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi bo`lib qolmoqda. Bu borada kasb-hunar kollejlarida malakali kichik mutaxassislar tayyorlashda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak.
- Mutaxassislik fanlarini o`rgatishda egallanayotgan bilim ko`nikmalar davlat ta’limi standartlarida berilgan talablarga asoslangan bo`lishi kerak.
- Mutaxassislik kasbi bo`yicha ta’lim berish mazmuni fan, texnika, texnologiya taraqqiyoti darajasi talablariga javob berishi kerak.
- Ta`lim berishning zamonga xos texnik vositaridan - slaydlar, multimediya va boshqa kompyuter dasturlaridan foydalanishi kerak.
- Fan bo`yicha amaliy ish darslarini tashkil etishda o`qituvchi o`quvchilarga axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini o`rgatishi va bunday mashg`ulotlarda o`quvchi asosiy figura bo`lishiga erishishi kerak.
-X onada o`qituvchilar va o`quvchilar foydalanishlari uchun kompyuter, kodoskop, internet tarmog`idan olingan manbalar to`plami bo`lishi kerak. Har bir darsda o`qituvchi ulardan foydalanishi kerak.
- Xonada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari bo`yicha tayyorlangan mashg`ulot ishlanmalari, ko`rgazmalar namunalari bo`lishl kerak.
Fanning vazifasi – talabalarga to’garak ishlarini tashkil etish hamda mashg`ulotlarni olib borish sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish; ularni umumiy o’rta ta`lim muassasalarida o’quvchilar qobiliyatlarini o’rgangan xolda to’garaklarga jalb etish va unga samarali rahbarlik qilishga tayyorlash; to’garak xonalarini jixozlash; xonalarning moddiy texnik ta`minoti; texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena talablarini; to’garak mashg`ulotlarini o’tkazish shakllarini o’rgatish va pedagogik faoliyatga tayyorlashning pedagogik va axborot texnologiyalarini o’zlashtirish, zamonaviy metodlardan samarali foydalana olish malakalarini shakllantirish.
«To’garak ishlarini tashkil etish» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: talabalar to’garak ishlarini tashkil etish fanini o’zlashtirish natijasida to’garak ishlarining umumta`lim fanlari bilan aloqasi; to’garak ishlari mazmunining ishlab chiqarish bilan bog`liqligi; mehnat ta`limi va to’garak ishlarining uzviyligi; to’garak ishlariining rivojlanish istiqbollari; ergonomik talablarning ishlab chiqilishi va joriy etilish mexanizmlari; mehnat va ishlab chiqarish faoliyatida uzluksizlikni ta`minlash to’g`risida tasavvurga ega bo’lishi; to’garak ishlari vazifalari; to’garak ishlari maqsadi; mehnat ta`limi tizimi; to’garak ishlari mazmuni; mehnat jarayoni haqida dunyoqarashga ega bo’lish; mehnat qurollarini qo’llash, ulardan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini; to’garak turlari, dastur mazmuni; to’garak ishlarida yuritiladigan rejalashtirish hujjatlarini; malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi; sodda modellashtirishga oid bo’lgan ishlarni bajarish; materiallarga ishlov berish; uy-ruzg`or ishlarini bajarish; sodda konstruktorlik ishlarini bajarish; to’garak ishlari darslarini tashkil etish bilan bog`liq barcha hujjatlarni tayyorlash; o’quvchilar bilimini rag`batlantirish; mahalliy, tabiiy materiallardan foydalanish; mashg`ulotlarni tahlil qilish; mashg`ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish ko’nikmalariga ega bo’lishi lozim. 1.3. Kasbiy ta’lim metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. «To’garak ishlarini tashkil etish» fani pedagogika, pedagogik mahorat, nutq madaniyati, mehnat ta`limi praktikumi, psixologiya, muhandislik psixologiyasi, materiallar texnologiyasi, mashinasozlik fanlari, fizika, matematika, axborotlar texnologiyasi, chizmachilik, elektrotexnika, o’quv ustaxonalarida amaliy ishlar, mehnat ta`limi fanlari, texnika xavfsizligi va boshqa fanlar bilan uzviy bog`liqdir.

l.3. Kasbiy –yo’naltirilgan o’qitish texnalogiyasi


Kasbiy-yo’naltirilgan o’qitishtexnalogiyasi deyilganda ta’lim oluvchinalarning kelgusida kasbiy faolyitida muhim bo’lgan shaxsiy sifatlarini, shuningdek, vazifaviy majburiyatlarni bajarishga imkon beradigan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish texnolgiyasi tushiniladi.
Pedagogik amalyot ko’rsatki, kasbiy-yo’naltirilgan o’qitish texnologiyalarini loyihaliy va konsrtruktsiyalashda o’qituvchining birmuncha samarali ishlari kuyidagilar hisoblanadi:
-o’qitishning tashxisli maqsadlarini aniqlash, kutilayotgan natijani meyoriy ko’rsatkichlarga ifodalash;
- mutaxasining bo’lg’usi kasbiy faoliyati kontekstida o’qitish mazmynini asoslash;
-o’quv materiali tuzulmasi va axborot hajmi , shuningdek, uning tarkibiy qisimlari o’rtasidagi aloqador tuzilishini aniqlash:
-o’quv materialini o’zgartirishning talab etilgan darajasi va ta’lim oluvchilar bilimining boshlang’ich darajasini aniqlash:
-tajribaning egallashning maxsus didaktik vositalarini izlab toppish, individual va jamoviy o’quv faoliyatining tashkiliy shakl va metodlarini tanlash:
-o’zlashtirilgan tajribani yangi faoliyat sohasiga ko’chirish maqsadida sub’ekt-sub’eklt munosabatlari doirasida ta’lim oluvchilar bilan pedagogic o’zaro muloqat- faoliyatni tashkil etish mantiqni aniqlashtirish;
-dasturni o’zlashtirish sifatini nazorat qilish va baxolash vositalarini, shuningdek o’quv faoliyatini individual tuzatish (korreksiya) usullarini tanlash.
Taklif etilayotgan algaritimga mos holda kasbiy yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasini loyihalash va konstruksiyalash asoslarini qarab chiqamiz.
Kasbiy- yo’naltirilgan o’qitish texnologiyasini loyixalash va konstruksiyalashning birinchi va hal qiluvchi bosqichi-bu maqsadlilik bosqichidir. U yaxlit didaktik jarayonning natijaviyligiga bog’liq. Bunda o’qitishning maqsadi pedagog tamonidan aniqlanadi. Bu yerda natijaviylik deyilganda ta’lim oluvchilarning belgilangan maqsadlarga erishish darajasi tushuniladi. Natijaviylik ta’lim muassasalari bitiruvchilarida shakillanadigan kasbiy ko’nikma va malakalar darajasiga ko’ra o’zgarib turadi.
ll. Bob. Texnika to’garaklarida qishloq xo’jaligi kasblariga yo’naltirish.
ll.1. Darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda kasb tanlashning o’ziga xos xususiyatlari.
Darsda kasb tanlash masalalarini taxlil qilish usullari har xil bo’lishi mumkin. O’qtuvchi kasblar haqidagi masalasini suxbat tegishli adabiyotlarni tavsiya etish, o’quvchilarga aloxida-aloxida yopshiriqlar berish, munozara o’tkazish insho ishlab chiqarish mazmunidagi vazifalar berish, mutaxassislar bilan uchrashuv va boshqa shakillarda yoritadi. O’quvchilar matematika darslarida ustaxonadagi amaliy ishlarda va zavodda turli xisoblashlarga har xil geometric yechimlarga duch keladilar. Bu hol matematika o’qtuvchilariga o’z predmetini o’quvchilarning unumli mehnati bilan bog’lanish amalga oshirish imkonini yaratadi va ular: a) o’quvchilarning matematika nazriyasini puxta bilib olishiga hamda hisoblash apparatini o’zlashirishga erishadilar: b) ularga matematikani amalda qo’llashni yaratadilar: v) o’quvchilarda muayyan (hisoblash grafika va hokozalar bo’yicha) ko’nikma va malakalar hosil qiladilar: g) o’quvchilarning ishlab chiqarish jarayonidagi matematik asosni ko’ra bilish iqtidorini rivojlantiradilar. Mazkur bog’lanishni amalga oshirishda o’quvchilar matematika bo’yicha olgan bilimlar mehnat uchun ilmiy asos bo’lishini, mehnat esa o’z navbatida darsda olgan bilimlarni umumlashtirish va ongli ravishda o’zlashtirish uchun aniq material bo’lishini nazarda tutadi. Bunday faktlar jonli tabiatda ham allaqachonlar o’z ifodasini topgan, deydi o’qtuvchi. Hayvonlar va o’simlikalr, shunigdek, ularning ayrim organlari evalyutsiya jarayonida fizialogik vazifalarni bajarish chegaralarida eng tejamli shakillarga kirganki bu shakillar energiya va jonli qurilish materialini to’g’ri sarflash, bo’shlikga issiqlik chiqib ketishni kamaytirish, sklet suyuqliklarining mustaxkamligini oshirish, kamupikatsiyani maksimal darajada qisqartirish, ularning o’tkazish qobilyatini oshirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham daraxtlarning tanasi, ildiz va shoxlari ko’ndalang kesimi doiradan iborat silindir shaklidaligi bejiz emas. Bu shakl materialni eng kam sarflab, oziq moddalarni o’tkazish qobilyatini kuchaytirib, yuqori darajada mustaxkamlikni ta’minlaydi. Xuddi anashu sababga ko’ra hayvonlarning ba’zi suyaklari, vena va arteriya qon tomirlari, bo’g’im va gavdasi taxminan doirasimon ko’ndalang kesmga ega. Ichki a’zolari: miya, ko’z, buyrak, yurak, o’pka o’zining funksional vazifalariga ko’ra sferik shaklga ega. U yoki bu darajada dumaloq shakilga yaqin. O’tuvchi bu ishni quyidagicha tashkil etishi mumkin.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” uzliksiz ta’limning o’ziga xos o’zbek modeli sifatida g’ujutga keldi. Ushbu dasturnung maqsadi har tomonlama barkamol inson voyaga yetgazishdan iboratdir. Milliy dasturning hayotga tadbiq etilishi natijasida bilimli, har tomonlama shakillangan kasb egalari, mutaxassislar tayyorlanadi. Bu ulkan vazifani hal qilish inson omili bilan bog’liq bo’lib, unga mehnat psixologiyasi, o’quvchi-yoshlarni kasbga psixologik tayyorlash kurslarida katta o’rin ajratilagan. Respublikamiz oily va o’rta maxsus o’quv yurtlarida ishlayotgan olimlar, qishloq umumiy ta’lim maktablari o’qituvchilari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi mutaxassislari yoshlarni qishloq xo’jaligi kasblariga tayyorlashda o’zlarining munosib hissalarini qo’shib kelmoqdalar. Bu vazifalarni to’laqonli va samarali bajarishda ijtimoiy hayot, psixalogiya, sotsiyalogiya, biologiya psixo-fiziologiya, pedagogika, injenerlik psixalogiyasi fanlari zimmasida juda katta vazifalar yuklanmoqda. Shuning uchun ham “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim jarayoniga omilkorlik bilan yangi pedogogik texnolgiyalarini kiritish ta’kidlanadi. Pedogogik texnalogiya- bu ta’lim jarayonida sistemali yondoshuv bo’lib, ta’limni tashkil etishdam texnika va insonning shaxsiy psxologik imkonyatlari albatta hisobga olinadi va o’quvchilarning tanlagan kasbga munosabati ta’limning optimal shakillari yaratilishiga zamin bo’ladi.
Buni albatta, o’qituvchi boshqardi. Chunki o’qituvchi ta’lim islohatining
Bosh ijrochisi. Bugungi kunda o’quv muassasalarida olib borilayotgan har bir dars, mashg’ulotning sifati, samarasi va unga qo’yilgan talab o’quvchi shaxsini biror kasbga tayyorlash faoliyati bilan bevosita bog’liqdir.


Download 39,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish