19
VIRUS TURLARI.
Viruslar matnlari, ma'lumotli, jadvalli fayllarni o‘zgartirishi mumkin. Ayrim
viruslar fayllarini shikastlaydi. SHikastlangan fayl virus nusxasini saqlaydi.
Bunday viruslar fayl viruslari deb ataladi. Ular .com yoki .exe kengaytmali
fayllarni, operasion sistema yuklovchisini, qurilma drayverlarini shikastlovchi
viruslarga ajraladi.
SHikastlangan dastur ishlashi bilan virus o‘z ishini boshlaydi. Agar virus
xotirada bo‘lsa, u fayllarni shikastlashni davom ettiradi. Agarda u AUTOEXEC.
BAT yoki CONFIG.SYS dan chiqariluvchi faylni zararlantirgan bo‘lsa, u qattiq
diskdan OS yuklanganda o‘z ishini qayta boshlaydi.
Operasion sistema yuklovchisini shikastlovchi viruslar Boot virus deb
ataladi va OS yuklanganda ishini boshlaydi va kompyuter xotirasida qoladi.
Qurilma drayverlarini shikastlovchi viruslar kamdan-kam uchraydi.
VIRUSLARNI ANIQLASH VA DAVOLASH USULLARI.
Viruslarni aniqlovchi va davolovchi turli dasturlar mavjud.
AidsTest.
AidsTest programmasi dedektor - dastur bo‘lib, u D.N.Lozinskiy mahsulidir.
Bu dastur hozirgi kunda 1500 dan oshiq virusni aniqlaydi va davolaydi. Afsuski bu
dastur faqatgina o‘ziga ma'lum viruslarni aniqlaydi. Dedektor - dasturlarning
asosiy kamychiligi - noma'lum viruslarni aniqlay olmasligidir.
SHunday bo‘lsada, AidsTest dasturi keng tarqalgan.
ADinf REVIZOR DASTURI.
Mazkur dastur D.Mostovoy mahsulidir. Bu dastur fayllar holati haqidagi
ma'lumotni eslab qoladi. Navbatdagi tekshirish natijasida bu ma'lumotning
o‘zgarishi fayl o‘zgartirilganligidan dalolat beradi. Bu virusning xarakati natijasida
bo‘lishi mumkin. Birorta o‘zgarish revizorning nazoratidan chetda qolmaydi.
Revizor darhol Sizni o‘zgarish xaqida ogoh qiladi. Lekin o‘zgarish sababini
tushuntirmaydi. Buning sababi virus ekanligini, yoki o‘zingiz kiritgan o‘zgarishlar
ekanligini o‘zingiz aniqlashingiz zarur. Adinf virusini davolamaydi. Uning maxsus
Adinf.Ext maxsus davolovchi dasturiga ega bo‘lsangiz, u bu muammoni bir zumda
hal qiladi.
SHuningdek, Norton AntiVirus, McAfee VirusScan, Kaspesky, DrWeb,
AviraAntivir kabi zamonaviy antiviruslar mavjud.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI.
Kompyuterdagi zaruriy ma'lumotlar arxiv nushasini saqlash, o‘zgartirilgan
fayllarni yangilab turish maqsadga muvofiq.
Viruslarni aniqlovchi va davolovchi, ularni himoya kiluvchi mahsus
dasturlardan foydalanish mumkin.
* Aniqlovchi dasturlar virus bilan shikastlangan faylni aniqlaydi.
* Davolovchi dasturlar shikastlangan fayllarni virusdan tozalaydi va faylni
shikastlanishdan avvalgi xolatini tiklaydi.
* Revizor dasturlar kompyuterdagi fayllar haqidagi ma'lumotni eslab qoladi,
o‘zgarish aniqlanganda, Sizga xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |