20 * Revizor doktorlari fayllardagi o‘zgarishni aniqlaydi va o‘z holiga
qaytaradi.
* Boshqa kompyuterlardan disketlarda keltirilgan ma'lumotlar keltirilishi
zarur. Buni dedektor - dastur yordamida bajarish mumkin.
Har ehtimolga qarshi shikastlangan kompyuterni davolash uchun zarur
dasturli disketlarni tayyorlab qo‘yish zarur. Bu:
* sistemali disketa;
* disklarni formatlovchi dasturlar;
* ko‘p ishlatiladigan dasturlar;
* arxivdan tiklovchi dasturlar;
* viruslarni aniqlovchi va davolovchi dasturlar.
Bu disketalarda yozish himoya tirkishi albatta berkitilishi zarur.
Operatsion sistema yuklovchisini virusdan himoyalash uchun OS ni
yuklashdan avval A diskni tekshiring. Disketa bo‘lsa, disk kalitini ochib qo‘ying.
Ba'zan kompyuterni virusga qarshi tekshirib
turing.
Disketali begona foydalanuvchilarni
nazoratsiz kompyuterda ishlashiga yo‘l qo‘ymang.
Virus yangi turlari tug‘ilishini, ko‘payishini
hisobga oling. SHuning uchun antiviruslarni
yangilab turishni aslo unutmang!
KOMPYUTER VIRUSLARI.
Kompyuterlardagi virus masalasi bugungi kunda ko‘pchilikning eng dolzarb
muammosidir. Bu hammani tashvishga solmoqda. Kompyuter virusi o‘zi nima? Bu
aslida o‘ta kuchli, yuqori malakali dasturchilar yozgan dastur. Ular odatda ko‘p
martalab nusxalanadi va ijrochi fayllarga "yopishib oladi". Ularni "ishga tushishi"
oqibatida goh displeyda turli yot yozuvlar bo‘lishi, goh diskdagi yozuvlar (fayllar)
o‘chirib yuborilishi mumkin. Masalan, Black Hole (qora teshik), Black Friday
(qora juma), Friday 13 (o‘n uchinchi juma) va "sekin ta'sir qiluvchi virus". Mazkur
viruslar ekranining chap burchagidan qora teshik ochishi yoki 13 sana juma kunlari
ishlayotgan fayllarni yo‘qotishi, bundan tashqari har 5 minutda kompyuter ishini
bir necha martalab sun'iy sekinlashtirib yuborishi mumkin.
Odatda TR-viruslar deb nomlanuvchi viruslar guruhi ajoyib hossaga ega.
Zararlangan dasturni ko‘rish chog‘ida virus dasturi to‘g‘rilangan dastur ichiga
"suqilib" kirib oladi va o‘zini namoyon etmaydi. SHunga o‘hshash pokistoncha
viruslar (Brain Ashet) ham zararlangan kompyuterlarda o‘z "faoliyatini"
ayorlarcha olib boradi.
Keng tarqalgan viruslarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
- Fayllar uchun (COM,EXE va DLL ni zararlaydi).
- VOOT viruslar (disketlarni boshlang‘ich yuklovchi sohasini zararlaydi
yoki NBR (MASTER BOOT REKODE) qattiq disk yuklovchi soxasini zararlaydi.
Tarmoqqa zarar keltiruvchi alohida viruslar ham mavjud.Ular replikatorlar
deb atalib, tarmoqdagi barcha yoki qisman abonentlarni zararlaydi. Ulardan eng