PLAVT (taxm. 254-784-y.) rim komediyasining eng yirik namoyandasi
hisoblanadi. Plavt Rim dastlab Apennin yarim orolini, so'ng butun O'rta yer
dengizi havzasini egallagan bir davrda ijod qildi. G'olibona tugallangan ko'pdan-
ko'p urushlarning natijasi o'laroq bosib olingan yerlardan Rimga behisob qullar,
moddiy boyliklar oqib keladi. Tovar-pul munosabatlarining tez rivojlanishi
oqibatida sudxo'rlik avjga chiqib boradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida
yuz bergan siljishlar patriarxal hayct tartibotlarini zaiflashtiradi, xudbinlik
kayfiyatlarini tug'diradi. Rim madaniyatiga yunon madaniyatining kirib kelishi
keskin tus oladi. Mil. av. Ill—II asrlarda rim hayotida yuz bergan shu o'zgarishlar
Plavt komediyalarida o'z aksini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |