AQSH teatri. Ikkinchi jahon urushidan keyin Amerika teatri hayotida chuqur
tanglik davri boshlandi. Urushdan avvalgi yillarda shitob bilan maydonga chiqqan
kichik teatrlar yopilgach, Amerika sahnasi butkul tijorat izmiga o'tib ketadi.
1940-yillardan e'tiboran ijtimoiy drama an'analarini davom ettiruvchi ikki
iste'dodli dramaturg asarlari paydo bo'la boshlaydi. Bular Tennessi Uilyams va
Artur Miller edi. Ular o'z asarlarida zamondoshlarining ruhiyati va qalb og'riqlari
haqida ro'y rost hikoya qilib berdilar.
Tennessi Uilyams (1911-1983-y.) Tennessi Uilyams, asosan, ruhiyat dramasi
yo'nalishida ijod qildi. Bu ma'noda u O'Nilga yaqin turadi. Uni qahramon qalbining
tub-tubida pinhon yotgan ziddiyatli kayfiyat va kechinmalar qiziqtirdi.
Uilyams «Billur jonzotlar» (1945) pyesasining so'z boshisida o'z badiiy-
estetik qarashlarini aniq ifoda etdi: u naturalizm va silliq realizmni inkor etib,
«shoirona realizm»ni himoya qilib chiqdi. «San'atda hayotga nisbatan sufatnamo
o'xshashlik yaratish muhim emasligini endi hamma bilib qoldi,— deydi u,—
haqiqat, bir so'z bilan aytganda, hayot, borliq yaxlit va bo'linmas bir hilqatki, uning
sirtini jonlantirish orqali emas, balki shoirona tasavvur ko'zgusi orqali borlig'ini
namoyon etish mumkin».
«Billur jonzotlan» pyesasida Tom Uingfilning o'tmishi uning o'kinchli
xotirasi asosiga qurilgan. Unda bir oila misolida ko'pdan-ko'p amerikaliklarning
dard-hasratlari ifodalangan. Bosh qahramon Lauraning beg'ubor borlig'i shoirona
timsollar orqali yorishib boradi». «Billur jonzotlar», «moviy gul» Lauraning ruhiy
pokligi, bokira va shikasta qalbligi va g'addor jamiyatga yotligi ramzi yanglig'
namoyon bo'ladi. Laura ko'ngil izmiga ters boruvchi, sharoitga moslashib
ketuvchilardan emas. Shu hoi uning baxtsizligidan darak berib turadi. Jamiyatning
shafqatsiz qonunlari izmidan chiqolmagan Tom Lauraning sevgisini rad etadi.
Laura jonidili bo'lib qolgan billur jonivorlarni daf atan sindirib qo'yadi. Uning umri
ham xuddi shu billur singari barbod bo'ladi. Pyesada turmush nobopligi
qahramonlarning ko'ngil ingroqlari orqali ochiladi. Unda shoirona kechinma,
nafosat shundoqqina bo'rtib, ufurib turadiki, tanqidchilarning Uilyamsga
Chexovning ta'siri o'tganligi haqida so'z ochishlari asossiz emasdek ko'rinadi.
Uilyamsning keyingi «Orzu tramvayi» (1947) pyesasi muallifga jahoniy
shuhrat keltirdi. Asar o'z mohiyatiga ko'ra «Billur jonzotlar» pyesasiga yaqin
turadi. Lekin uni janriga ko'ra tragediya deyish mumkin. Blansh Dyubua ham
Laura singari jamiyat aqidalarini qabul qilolmaydi, lekin yashash uchun kurashadi,
baxt izlaydi. Stenli Kovalskiy va Blansh butkul bir-birlariga zid kishilar: Stenli
badxulq, xudbin kimsa bo'lgani holda Blansh qalban pok, beg'ubor inson. Lekin
chirkin hayot uni ham o'z domiga tortgan: u ichadi, zinodan qaytmaydi. U baxt sari
intiladi, lekin topolmaydi.
Uilyamsning 1957-yili rejissor Garold Klerman tomondan sahnaga qo'yilgan
«Orfeyning do'zahga tushishi» asari AQSH teatr hayotida muhim voqea bo'ldi.
Pyesada Orfey, ya'ni Vel Zever tushib qoladigan dahshatli do'zah AQSH
janubidagi kichik bir shaharcha tarzida qad ko'taradi. «Bu dunyoda,- deydi Vel, -
bozorda odamlarni to'ng'iz to'shi sotilgandek sotadilar va sotib oladilar: odamlar
bor-yo'g'i ikki turga bo'linadilar: birlari sotiladi, birlari sotib oladilar. «Vel va
Leydining pok va nurli muhabbati olish-sotish, yolg'on-yashiq, zo'rlik asosiga
qurilgan badkirdor kimsalar olamiga qaramaqarshi qo'yilgan. Ular bu olamda
yasholmaydilar. «Qotil shu yerda, - deydi Leydi Torrensni ta'riftab, - Otamning
qotili - o'sha, otamning tokzoriga o't qo'ygan murdor! Mening umrimga suv quydi,
ikki tirik, yana bir tug'ilmagan uch jonni mahv etdi.
Uilyamsning 60-yillari yozilgan «Eski daha» (1977), «Zamon saltanati»
(1968), «Qiyqiriq» (1971) kabi pyesalarida ham ezgulik ideallari tarannum etildi.
U 30 dan ortiq pyesa yozdi. Uning pyesalari jahonning turli teatrlarida qo'yilib
kelinadi.
Artur Miller (1915-y.). Artur Miller hozirda ham AQSH dramaturgiyasida o'z
ijodiy faoliyati bilan ko'zga ko'rinib kelayotgan dramaturg hisoblanadi. Uning ilk
asari 1944-yili yozilgan edi. «Omadli kishi» deb atalgan bu- asarni o'sha yiliyoq
rejissyor Elia Kazan Brodvey teatrlaridan birida sahnaga qo'ygan. Kazan
Millerning «barcha bolalar — mening bolalarim» degan asarini ham 1947-yiIi
Brodveyda qo'yadi.
Artur Miller inson shaxsi va jamiyat muammolarini o'z ijodining bosh
mavzusi qilib olgan realistik san'at namoyandasi sifatida maydonga chiqqan edi.
Millerning fikricha, dramaturg hayotiy obrazlar yaratishi kerak. «U kim o'zi, kasb-
kori nima, qanday kun ko'rmoqda, nima hisobiga yashamoqda, boshqa personajlar
bilan aloqadorligi qanday, boymi yoki kambag'almi, uning o'zi o'zi haqida qanday
fikrda, u haqda boshqalarning fikri qanday... bularning hammasi aniqravshan
bo'lishi lozim», deb ta'kidlaydi Miller.
Miller «Barcha bolalar — mening bolalarim», «Gumashtaning oiimi»,
«Baho», «Gunohga botib», «Visha voqeasi» kabi asarlari bilan 30-yillar ijtimoiy
dramasi an'analarining davomchisi sifatida ko'rindi.
«Gumashtaning o'limi» (1949) dramasida Miller jonsarak raqobatchilar
hamda oldi-sotdi olamining qurboni bo'lmish gumashta Villi Lomen obrazi orqali
ko'pdan ko'p amerikaliklarning fojiali taqdirini umumlashtiradi. Muallif keksa
gumashta xotirasini sahnada jonlantirish orqali voqealarnmg tig'iz o'sib borishiga
erishgan edi. Unda Villi Lomenning marhum akasi Ben bilan o'zaro muloqotlar
orqali ikki xil olam tasviri: «vahshiyona yashash tarzi» bilan millionlarga ega
bo'lish va insoniylik, sahiylik tufayli fojiona o'lim topishdan iborat umr yo'llari
namoyon bo'ladi.
Miller «Baho» (1968) pyesasida «Gumashtaning o'limi»da ko'tarilgan
ma'naviy-ahloqiy masalalar tahliliga qaytadi. Unda ko'p yillik ayriliqdan so'ng
uchragan Viktor va Uoltor degan ikki aka-ukaning eski uyda otasidan qolgan
jihozlarni sotish bilan bog'liq voqealar ifodalangan. Pyesada aks ettirilgan hayotiy
voqelik shu qadar serqatlam va murakkabki, vaxshilik qayerda-yu, yomonhk
qayerda, kim haq-u kirn nohaq ekanini anglash qiyin.
Sahna san'ati. AQSH teatr hayoti ko'pgina mamlakatlar teatr hayotidan
farqlanib turadi. Bu mamlakatda davlat teatri yo'q. Teatr deganda bu yerda
Brodvey teatrlari ko'zda tutiladi. «Brodvey teatri» Brodvey mavzeiga joylashgan
teatrlarnigina anglatmaydi, ayni chog'da u ma'lum teatr turini, ya'ni tijorat teatrlari
turini ham anglatuvchi tushunchadir. Brodvey tijorat teatrlari doimiy truppa,
repertuarga ega bo'lmagan, butkul moliyatijorat maqsadiga qaratilgan teatrlardir.
Bu teatr binolarini ijaraga olgan truppalar biror spektaklni yaratadi faoliyati
kasodga uchragach, spektaklning ham, truppaning ham umri tugaydi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda brodvey spektakli o'ta serhasham
tomosha tusini oldi. Urushdan avvalgi yillarda har bir spektaklga 30—40 ming
dollar sarflangani holda endilikda drama spektakliga 100 ming, myuziklga 500
ming dollarga qadar sarflanadigan bo'ldi.
Elia Kazan (1909-2003) AQSH teatrining yirik rejissyor va teatr arboblaridan
biri bo'lib, o'z faoliyatini 1932-yilda «Grup» teatrida boshlagan. 1941-yilgacha,
ya'ni teatr yopilgunga qadar shu yerda ishlab, Kazan amerika teatri hayotida
sezilarli o'rin tutdi va so'ng Brodvey teatrlaridan birida Millerning «Gumashtaning
o'limi» (1949) asarini qo'ygach, yirik rejissorlardan biri sifatida tan olinadi.
«Gumashtaning o'limi» hayotiy haqiqat va timsoliy ifoda omillari mohirona
uyg'unlashtirilgan spektakl edi.
Kazan Uilyamsning qator asarlarini sahnalashtirish bilan bu dramaturg
pyesalarining eng yaxshi talqinchisi- sifatida e'tirof etiladi. Uning talqinida
Uilyamsning «Orzu tramvayi» (1947), «Qizigan torn ustidagi mushuk» (1955),
«Yoshlikning xushnavo qo'shig'i» (1958) asarlari katta muvaffaqiyat qozondi.
1964-yili Linkoln san'at markazi tomonidan doimiy ish-lovchi «repertuarli
teatr» tashkil etilarkan, Kazan shu teatrning badiiy rahbari etib belgilanadi. Linkoln
san'at markazi Rokfellerlar fondi hisobiga tashkil topgan: «Metropoliten opera»,
«Vivian Bomont nomli drama teatri», «Forum» kamer teatri, konsert zali
kutubxonasi, muzey, teatr maktabi — bularning barchasi shu san'at markazi
ixtiyoriga berilgan edi. Bular Linkoln san'at markazining shu paytga qadar
Amerika ega bo'lmagan davlat teatri o'rnini bo-suvchi chinakam san'at qasriga
aylanishini taqozo etardi.
Teatr 26 nafar kishidan iborat truppa sifatida 1964-yili yanvar oyida
Millerning Kazan talqinidagi «Gunohga botib» pyesasi bilan o'z pardasini ochadi.
So'ng rejissor Garold Klerman Millerning «Vishi voqeasi» pyesasini qo'yadi, teatr
repertuariga yana O'Nil asarlari kiritiladi. Lekin bu moliyaviy naf ko'rish payiga
tushgan markaz xo'jayinlariga yoqmay qoladi. Rejissorlar qat'iyat ko'rsatib,
Byuxnerning «Dantonning o'limi», Brextning «Galileyning hayoti” kabi asarlarini
sahnaga qo'yadilar. Biroq tijoratchi rahbarlarning moliyaviy siquvlari oqibatida
avval Kazan, so'ng boshqa rejissorlar markazni tark etadilar va teatr truppasi 1970-
yillarning birinchi yarmida tarqalib ketadi.
Linkoln san'at markazi teatri yopilgan bo'lsada, lekin doimiy ishlovchi teatr
barpo etish uchun kurash to'xtamaydi. 50-yillardan e'tiboran Brodvey tijorat
teatrlariga zid tarzda yangi ijodiy jamoalar tashkil topa boshladiki, ular
«нoбpoдвeй» teatrlari nomi bilan ma'lum. Imkon qadar yashashda davom etuvchi
erkin rjodkorlik hissi bilan uyushgan bunday teatrlarsiz Amerika teatr hayotini
to'laligicha tasavvur etib bo'lmaydi. Bugungi Amerika teatri shon-shuhratini
belgilovchi ko'plab aktyor va rejissorlar o'z faoliyatlarini shu turdagi teatrlarda
boshlab, tajriba to'plab, so'ng katta sahnalarga yo'l olganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |