Shvetsariya teatri. Shvetsariya betaraf mamlakat sifatida G'arbiy Ovro'po
mamlakatlari orasida alohida o'rin tutib kelgan. Urushdan keyingi davrda bu
mamlakatda iqtisodiyot qatori teatr san'ati ham tez taraqqiy etdi. Fashistlar
Germaniyasi mavjudligida ko'pgina g'arbiy ovro'polik adiblar shu mamlakatda
qo'nim topdilar. Brext, Uaylder kabi dramaturglarning bir qator asarlari Syurix va
Jeneva teatrlarida ilk bor sahna yuzini ko'rdi. Bular urushdan so'nggi Shvetsariya
teatri va dramaturgiyasi rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmadi.
Urushdan so'nggi yillarda Shvetsariyada ikki yirik dramaturg yetishib chiqdi.
Bular Maks Frish va Fridrix Dyurrenmattlar edi. Har ikkala dramaturg ham
Brextning epik teatr uslubi ta'siri ostida ijod qilganlar.
Frish va Dyurrenmatt asarlarida «tafakkur dramasi» shakllari rivojlantirildi.
Ular o'z ijodida B. Brext dramaturgiyasiga xos «badiiy bo'rtma» ifoda usulidan
keng foydalandilar. Ularning asarlarida ham, Brext asarlarida bo'lganidek, voqealar
badiiy to'qima vositasida yaratilgan yurt va shaharlarda ro'y beradi. Frish va
Dyurrenmattlar ijodini fashizmga qarshi da'vatkorlik ohanglari bir-biriga
yaqinlashtirib turadi. To'g'ri, Frish ko'proq drama janrida ijod qilgan bo'lsa,
Dyurrenmatt asosan komediyalar yozgan.
Fridrix Dyurrenmatt (1928) dramaturgiyasining asosiy xususiyati Brextcha
«uqdirish» estetik tamoyili bilan bog'liq. «Ulug' Romul»» (1948) Dyurrenmattning
ilk komediyalaridan biri bo'lib, unda muallif tarixiy shaxsni bosh qahramon qilib
olgan bo'lsada, tarixiy faktlarni o'zicha, erkin tarzda talqin etgan: bu, bir jihatdan,
mumtoz pyesalar va hukmdorlarga qaratilgan pyesa — parodiya bo'lsa, ikkinchi
jihatdan, siyosiy parodiya hamdir; Romul Rim imperiyasining tez orada qulashiiii
biladi va buni o'zi ham juda-juda xohlaydi, qizig'i shundaki, bu hukmdor davlat
ishlarini chetga surib qo'yib, parrandachilik bilan shug'ullanadi.
Dyurrenmattning «Keksa xonimning tashrifi» (1955) tragiko-mediyasida
mutoyiba va bo'rtma usullar keng qo'llanilgan. Asar shu jihati bilan jahon teatri
doirasida e'tirof etildi.
Dyurrenmattning «Fiziklar» (1960) pyesasida mashhur olim Febius bu telba
olamni sog'lomlashtirib bo'lmaydi, deya jinnixonada jon saqlashga ahd qiladi;
ugina emas, boshqa sohaning kazo-kazo vakillari ham o'zlariga shu qismatni
tanlaganlar. Dyurrenmatt o'z ijodida ijobiy qahramon qiyofasini yaratish vazifasini
qo'ymagan. Zero, u noxush voqealami ifodalash kishilarni oxiri ijobiy xulosalar
chiqarishga olib keladi, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |