Sahna san’ati. Italiya poytaxti Rimda har oqshom qirqtadan ortiq tomosha
namoyish etiladi. Milandagi mashhur «La Skal» teatridan keyin ikkinchi o'rinda
turuvchi Rim opera teatri, Italiyaning eng yetuk drama teatrlari, turli estrada,
operetta, tungi klublar har oqshom o'n minglab rimlik va mehmonlardan iborat
san'at ishqibozlarini o'z bag'riga oladi.
Bir necha asr davomida o'zgarishsiz kelayotgan italyan drama teatrlari tizimi
urushdan keyingi yillarda tub o'zgarishlarga duch keladi.
1947-yilning 14mayida Milanda «Pikkolo Teatro di Milano» degan birinchi
italyan stabile — teatri M. Gorkiyning «Tubanlikda» asari bilan o'z pardasini
ochadi.
Jorj Streler (1921-1997) Milan «Pikkolo» teatrining asoschilaridan biri bo'lib,
u jamoaning tashkiliy davridan uning repertuariga milliy va jahon mumtoz
dramaturgiyasi hamda zamonaviy asarlarni kiritib keldi.
Streler tomonidan sahnalashtirilgan Goldonining «Ikki boyga bir malay» asari
misolida teatrda doimiy yashovchi milliy spektakl dunyoga keldi. U “teatrda teatr”
shaklida qo'yilgan edi: Goldoni davrining sayyoh truppa aktyorlari shahar
maydoniga qurilgan sahnada paydo bo'lishar va Arlekin haqidagi hangomaviy
tomoshaga jon kiritishardi. Tomoshabin komediya voqeasi bahonasida XVIII asr
aktyorlarining turmush tarziga guvoh bo'lishar edi.
Zamonaviy italyan teatrining an'analar bilan bog'liqlik tarzi rejissyorning
Pirandello asarlarining sahnaviy talqinlarida davom ettirildi. «Tog' pahlavonlari»
(1947, 1966), «Bugun oqshom badihago'ylik qilamiz» (1949), «01ti personaj
muallifini izlaydi» (1953), «Tentak» (1954) spektakllarida u fojiona
to'qnashuvlarni ochib beradi.
Strelar rejissurasiga xos falsafiy ko'lamdorlik, realistik tamoyillarning
shoirona obrazlilik bilan uyg'unligi jahon dramaturgiyasi asarlarida, avvalo,
Shekspirning «Richard II» (1948), «Qiyiq qiznirig quyilishi» (1949), « Richard
III” (1950), «Yuliy Sezar» (1953), «Qirol Lir» (1973) va rus dramaturgiyasidan
Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» (1947), Gogolning «Revizor» (1952),
Chexovning «Chayka» (1948) kabi asarlarida keng namoyon bo'ldi.
Jorj Strelerning 1982-yili Parijda tashkil etilgan «Ovro'po teatri»ga rahbar
sifatida taklif etilishi uning yuqori xalqaro nufuzidan darak beradi. Ushbu teatrning
birinchi mavsumini ochish huquqi «Pikkolo» teatriga berildi.
Milan «Pikkolo Teatro» si urushdan keyingi italyan teatri rivojiga kuchli ta'sir
ko'rsatdi. 1951-yili teatr qoshida ochilgan teatr maktabi Rim drama san'ati
Do'stlaringiz bilan baham: |