Nazorat savollari.
Nafas yo’llariga yot jism tushish sabablari va uning klinikasi qanday bo’ladi?
Nafas yo’llariga yot jism tushganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish qoidalarini aytib bering?
O’tkir tomirlar yetishmovchiligi. Hushdan ketish.
Nazariy tushuncha: O’tkir tomirlar yetishmovchiligi ko’p qon va suyuqlik (ich ketish, tinmay siyish) yo’qotish, shkastlanish, zaharlanish, asab va ruhiy zo’riqishlar sababchi bo’ladi. O’tkir tomirkar yetishmovchiligiga hushdan ketish, kollaps shok kiradi.
Hushdan ketish miya to’qimalarining o’tkir holsizlanishi (ishemiyasi) natijasida qisqa vaqt hushini yo’qotishdir. Ruhiy kechinmalar, ko’p qon yo’qotish, og’riq charchash jazirama issiqda uzoq vaqt bo’lish hushdan ketishga sababchi bo’ladi. Bemor hushdan ketadi, teri va shilliq pardalari oqaradi, sovuq ter bosadi, ko’z qorachig’lari torayadi. Tomir urishi (puls) to’liqligi kuchsiz nafas olishning yuza bo’lishi kuzatiladi.
Zarur jixozlar: Karavot, divan, nashatir spirt.
Do'stlaringiz bilan baham: |