II-bob. Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish mazmuni
2.1-§.BoshIang‘ich ta’lim o‘quv dasturini o‘rganish va rejalashtirish
Butun o‘quv yiliga mo'ljallangan tasviriy san’at dasturiga mavzuli tasvirii jadval
tuzish. O‘quv yilining har bir choragiga dars mavzularini metodik jihatdan to‘g‘ri
taqsimot qilishni o‘rganish.
- Dasturni o‘rganib chiqish va rejalashtirish. Mavzularga oid ko‘rsatmalar
tayyorlash
Metodik ko‘rsatma.
1. Mashg‘ulot mavzularini taqvimiy tasvirii rejalashtirilishi.
Namunaviy dastur asosida tasviriy san’at darslarini rejalashtirish - eng murakkab
ishlardan hisoblanib, u mavzularni tasvirii rejalashtirish dasturi deb nomlanadi.
Ta’Iim-tarbiyaviy ishlami rejalashtirish oldidan dasturni chuqur o‘rganib chiqish
zarur. Dastur asosiy bajariladigan topshiriqlami va mashqlami ro‘yxatini beradi,
ta’limni o‘qitish mazmunini, yil davomidagi tartib va ketma-ketligini har bir
topshiriqlarga ajratilgan soat hajmini va bajarish materiallarini ko‘rsatadi.
Sinfda har bir o'quvchi o‘zlashtirish lozim bo‘lgan bilim va malakalarni, o‘quv
choraklari va haftalarga taqsimlanishi kerak. Dastur ta’limni o‘quv vazifalarining
murakkablashuvini metodik ketma-ketlikda ochib bersa ham, ammo o‘qitishning
birmuncha xususiy savollariga (muammolariga) taalluqli emas. Ma’lumki, pedagogik
jarayon - ijodiy dars san’ati. Shuning uchun ham dastur ma’lum bir yo‘nalishga
umumiy harakatdir. Dasturda ta’limning asosiy yo'nalishi berilgan xolos, uni amalga
27
oshirilishi, birmuncha xususiy savollarning javobini yechilishi - o‘quv jarayonini
tashkil qiluvchi o‘qituvchining o‘ziga bog‘liq.
Ayrim bo‘lg‘usi o‘qituvchi so‘rashi mumkin, bajarishga imkoniyat bolmaydigan
tavsiyanomalar berilgan bo‘lsa dastumi qanday qilib bajarish mumkin. Masalan,
tasviriy san’at asarlari haqida suhbat o‘tkazish darslarida ma’lum asarlar
reproduksiyalari tavsiya qilinadi, lekin ularni har doim ham kitob do‘konlaridan xarid
qila olmaysiz. Yoki qalamtasvir boiim ida natyurmort ma’lum bir narsalardan tuzilgan
boiishi mumkin, lekin qishloq joylarda ular boimasligi mumkin.
O‘quv dasturlari aynan asliga muvofiq to‘g‘ridan - to‘g‘ri bajarilishini talab
qilmayapti. U faqat qanday rassomlar bilan o'quvchilami tanishtirish va qaysi asarlari
musavvirlarni ijodiy tomonlarini yaqqolliroq koisatib berayapti. Yetarlicha tushunarli,
agarda o'qituvchi fondida ko'rsatilgan u yoki bu musavvirni asar reproduksiyasi
boimasa, unda u boshqa rassom asarlari bilan almashtirilishi mumkin. Natyurmortga
kerakli boigan buyumlar ham yo‘q boisa, narsaiaming shaklini murakkablik darajasini
hisobga olgan holda shakli shunga o‘xshash buyumlar bilan o‘zgartirish mumkin.
Maktabda shaxsiy ish rejasini tuzishda o‘qituvchi har bir sinf uchun yillik ish
rejasini ishlab chiqishi zarur. Bunday yillik ish rejasini yaxshisi tasvirli bajarish
maqsadga muvofiqdir. Ular ishlami barcha kompleksini yaqqol tasvirlaydi. Maktabda
chorakni so‘nggi darslarini suhbat yoki narsani o‘ziga qarab rasm ishlash bilan
tugallaydi. Bunday tuzilgan rejalashtirishni muvaffaqiyatli deb hisoblab boimaydi.
Agarda rejalashtirishda chorakni so‘nggi darsida mavzu asosida yoki bezakli rasm
ishlash belgilangan boisa, bolalarga shu ishni ta’til vaqtida bayram bilan bogiab davom
ettirish imkoniyatini yaratib bergan boiamiz.
Mavzularni - tasvirli rejalashtirish dasturi, yutuq va kamchiliklarni yaqqol
ko‘rsatib turadi. Bundan tashqari, tasvirli rejada o‘quv qo‘yilmalarni (postanovkalarni)
xarakterlarini va ularni metodik yo‘nalishlarini aks ettirish yengil boiadi.
Eng qulay yillik ish rejasi uni jadval tarzida tuzish, chunki uning kataklarida o‘quv
materiallari chorak bo‘yicha va alohida darslar bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir katakda
o‘quv ishlami turlari, darsning mavzusi va mazmuni yaqqol ko‘rgazmali tasvirlanadi.
Tasvirli - mavzuli reja dasturi o‘ziga xos jadval sifatida to‘rtta qatordan iborat (o‘quv
28
chorakning soniga qarab) boiib, ulami har bir chorakdagi o‘tkaziladigan darslaming
soniga qarab yana bir necha qatorlarga bolinadi. Bu qatorlar esa o‘z navbatida
icataklarga boiinadi Bular mavzular asosida tasvirlar bilan toidiriladi.
1-jadval
Chorak t.r darslar dars turlari darsning darsning Qollanish soat
yoki mavzusi maqsadi materiali jami
semestr
1 1 1-2 mavzu “Kuz” Kuz qalam,akvarel 2-soat
chorak asosida manzarasini guash
rasm ishlash kompozisiyasi
tuzish,tabiatni
sevish
Demak, birinchi qator sarlavhasida chorak belgisi, tartib raqami, dars soni, dars
turlarining nomi, darsning mavzusi, maqsadlari va vazifalari, berilgan mavzu qanday
materiallarda bajarilishi va unga necha soat ajratilgani ko‘rsatiladi.
Ushbu jadval to'rtta qatordan iborat boiadi, lekin kataklari har bir choraqda bir
xil emas, albatta, o‘quv chorakni haftasiga bogliqdir.
Masalan, 1-chorak 1.09 boshlanadi 4.11 tugallanadi - 8-9 hafta
2-chorak 10.11 - 30.12 - 7-8 hafta
3- chorak 12.01 - 23.03 - 10-11 hafta
4- chorak 1.04 - 25.05 - 7-8 hafta
Shunday qilib, maktabda darsning soni jihatidan eng katta va cho‘zilgan chorak
uchinchi chorakdir. Tasvirlangan kataklarJa ham darslaming raqami va rangli belgilar
orqali dars turlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir, masalan,
2-jadval
1 2-3 4 5 6-7 8
1 2 3 4 5 6
29
1. Qizil rang - mavzu asosida kompozitsiya; 2. yashil rang - bezakli rasm ishlash;
3. Sariq rang - narsaning o‘ziga qarab rasm ishlash; 4. Havo ko‘k - haykaltaroshlik; 5.
JigaiTang - suhbat (idrok).
Vazifani bajarishda o‘quv rejasini tuzish bilan bir vaqtda didaktik va metodik
materiallar y ig ib boriladi. Bunga esa metodik va maxsus adabiyotlar, ulardan sitata
shaklida ko‘chirmalar, annotatsiyalar, bezakli materiallar, har xil metodik qurollar
(chizmalar, jadvallar), xalq ijodiy namunalari kiradi. Qanday shaklda mavzuli-tasvirli
rejani bajarilishi talabalar bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazuvchi kafedra va uning
o‘qituvchilari hal qiladi. Amaliy mashg‘ulotlar vaqtida o'qituvchi bilan birgalikda bir
fikrga kelishilgandan so‘ng talabalar tomonidan bajarilgan taxminiy varianti
tasdiqlanadi va tamomila belgilagan qog‘oz formatida bajariladi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |