ONA TILI
MAVZU: KO‘CHIRISH QOIDALARI
5- sinf
Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yigindisi...
?
HARF
YODGA OLAMIZ
A-shu-la, mam-la-kat, do-i-ra
BO‘G‘IN
Ashu-la, mam-la-kat, doi-ra
Bo‘g‘inning amaliy ahamiyati: - 1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlarni keyingi satrga olib tushish
mumkin. - 2. Maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozishni oson o‘rganish uchun kerak bo‘ladi.
- Barmoq vazni bo‘g‘inlar miqdoriga asoslanadi.
Topshiriq Bir hakimdan: – Nima uchun ustozingni otangdan ham yaxshi ko‘rasan, – deb so‘rashdi. – Ustoz abadiy tirikligimning sababchisi, otam esa o‘tkinchi hayotimning sababchisidir! – deb javob qildi u. 248-mashq Ha-kim-dan, o-tang-dan (otang-dan), us-toz, a-ba-diy (aba-diy), ti-rik-li-gim-ning, o‘t-kin-chi, sa-bab-chi-si-dir. Ko‘chirish qoidalari: Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi: tad-bir-kor, kol-lej, ma’-lum, ta’-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo‘g‘inda qoldiriladi).
1
Ko‘chirish qoidalari: So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi. So‘z oxirida kelgan yolg‘iz unli bir o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: e’-lon emas, e’lon; u-ka → uka, mu-do-fa-a → mu-do-faa singari.
2
Ko‘chirish qoidalari: Sh, ch, ng harflari birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pi-choq, de-ngiz, sing-lim kabi.
3
3
5-“B”sinf, 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko‘rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi.
250-mashq So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating, daftaringizga ko‘chirib yozing. Qaysi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirib bo‘lmaydi?
Ma’lumot, maxsus, ta’kidlamoq, tatbiq, ko‘ngilchan, singil, taassuf, taajjublanmoq, saodat, taxt, kelingiz, ingliz, gramm, fonogramma, tramvay, kitobxon,
Navro‘z – 2021, 5-“A” sinf, jurnalist.
250-mashq So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating, daftaringizga ko‘chirib yozing. Qaysi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirib bo‘lmaydi?
Ma’-lu-mot, max-sus, ta’-kid-la-moq, tat-biq, ko‘-ngil-chan, si-ngil, ta-as-suf, ta-aj-jub-lan-moq...
Yechim: taxt, gramm,
Navro‘z – 2021, 5-“A” sinf
251- mashq Ko‘chirish qoidalari buzilgan so‘zlarni belgilang va ularni to‘g‘rilab daftaringizga ko‘chiring.
Den-giz, ke-tin-glar, o-ta-la-ri, Nam-DU, ma-’lu-mot, B-MT, Er-on, tong-gi, sa-noq-li, a-ka-xon, yan-ga, mat-baa, ya-ngi
251- mashq Ko‘chirish qoidalari buzilgan so‘zlarni belgilang va ularni to‘g‘rilab daftaringizga ko‘chiring.
De-ngiz, ke-ting-lar, ota-la-ri, NamDU, ma’-lu-mot, BMT, Eron, tong-gi, sa-noq-li, aka-xon, ya-nga, mat-baa, ya-ngi
Mustaqil bajarish uchun topshiriq:
252-mashq. “Ustozim ulug‘” mavzusida ko‘chirish qoidalariga amal qilib 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |