I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni. Ko'payish organlari. Zog'orabaliq ayrim jinsli; urg'ochilarining jinsiy organlaii tana bo'shlig'ida joylashgan yirik tuxumdondan iborat. Unda tuxum hujayralari yetiladi. Erkaklarida esa bir juft uzun urug'donlar. bo'ladi. Urchish davrida urug'donlar quyuq oq suyuqlik - «sut» bilan to'ladi. «Sut» tarkibida millionlab urug' hujayralari (spermatozoidlar) bo'ladi.
Tuxum qo'yishi. Jinsiy hujayrdarning yetila boshlashi bilan baliqlarda ko 'payish institikti pay do bo'ladi . Instinkt ularni tuxum qo'yish va nasi qoldirish uchun qulay joy axtarishga undaydi. Ba'zi bahqlar suv havzalarining oqmaydigan joylarini, boshqalari esa suvi oqib turadigan joylarni tanlaydi. O'tkinchi baliqlardan ba'zilari chuchuk suv havzalaridan dengizga, boshqalari, aksincha, dengizdan chuchuk suv havzalarigako'chadi. Ayrim o'tkinchi baliqlar, masalan, Uzoq Sharq losossimonlaridm keta va gorbusha uvildiriq tashlash uchun Amur daryosining irmoqlariga o'tadi.
Rivojiamsni.z.og'orabaliqnmg urug'langan tuxum hujayralaridan qulay sharoitda 4-6 kun ichida juda mayda baliqchalar (chavoqlar) rivojlanib chiqadi. Chavoqlar dastlab suvdagi mayda mikroorganizmlar, keyinroq mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlana boshlaydi. Yilning oxiriga kelib, ularning uzunligi 5 -10 sm ga yetadi. Naslga g'amxo'rlik qilishi.Zog'orabaliqning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum qo'yish uchun joy tanlashdan iborat. Tuxum qo'ygan baliq bu joyni tark etadi. Nasli to'g'risida g'amxo'rlik qilmaydigan baliqlar odatda juda ko'p tuxum qo'yadi. Masalan, okun 300 minggacha, treska bir necha million tuxum qo'yadi. Ular naslining juda oz qismigina voyaga yetadi. Chunki tuxumlari va lichinkalarining juda ko'p qismi boshqa hayvonlarga yem boiadi. Ayrim baliqlarning nasli to'g'risida g'amxo'rlik qilish instinkti kuchli rivojlangan. Chuchuk suv tikanhaligVning erkagi urchish davrida suv o'tlarini so'lak bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik bilan yopishtirib, urg'ochilari uchun qulay uya yasaydi. Bu uyaga bir necha urg'ochi baliq tuxum qo'yadi. Erkak baliqlar uyaga qo'yilgan tuxumlarni urug'lantiradi va tuxumdan chiqqan baliqchalarni mustaqil oziqlana oladigan bo'lguncha himoya qilishadi. Dengizotchasierkaklari tuxumlarini qornidagi maxsus xaltachasida olib yuradi. Afrika tilyapiyabalig'ining erkaklari urg'ochilari tashlagan tuxumlarni og'iz bo'shlig'ida olib yuradi. Biror xavf tug'ilgudek bo'lsa, hatto yosh baliqchalari ham erkak baliqning og'ziga kirib yashirinib oladi.