V. Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va savollariga javob yozish, baliqlarning rasmini chizish.
O'quv-tarbiya ishlar bo'yicha rahbar o'rinbosari (imzo)
Sana _____________20__yil,
Mavzu: Nerv sistemasi va sezgi organlari
Maqsad: Ta'limiy: Baliqlar ning nerv sistemasi va sezgi organlari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, ekologik va iqtisodiy tarbiya berish.
Rivojlantiruvchi: Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlari haqidagi bilimlarini darslik va qo'shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, fikrni bayon etish ko'nikmalarini rivojlantirish.
O'tish usuli: Tushuntirish, suhbat, ko'rsatmalilik.
Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I
|
Darsni tashkil qilish
|
2 daqiqa
|
IV
|
Darsni mustahkamlash va yakunlash
|
10 daqiqa
|
II
|
Uyga vazifani tekshirish
|
6 daqiqa
|
V
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
III
|
Yangi mavzu bayoni
|
25 daqiqa
|
|
|
|
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni. Markaziy nerv sistemasi. Baliqlarning markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan tashkil topgan. Orqa miya uzun naydan iborat bo'lib, urn, pog'onasi nayi ichida joylashgan. Orqa miyaning ikki yonidan ichki organl' suzgichlarga, teri va muskullarga nervlar chiqadi.
Bosh miya miya qutisi ichida joylashgan bo'lib, nerv nayi oldingi qisn o'zgarishidan kelib chiqqan. Baliqlar va barcha umurtqali hayvonlarning miyasi oldingi miya, oraliq miya, o 'rta miya, miyacha va uzunchoq miy ataladigan bo'limlardan iborat. Miyaning hamma bo'limlari baliqlar hay katta ahamiyatga ega. Miyacha harakatlanish, uzunchoq miya nafas olish, aylanish, hazm qilish organlari ishini boshqarib turadi.
Organlardagi muskullar qisqarishi tufayli organizm ta'sirga javob beradi. Baliqlar o'z o'ljasini sezganida ham xuddi shunga o'xshash holat sodir bo'ladi. Zog'orabaliq chuvalchangni ko'rganida hosil bo'lgan qo'zg'alish ko'rish nervi orqali markaziy nerv sistemasiga boradi, u yerdan javob nerv tolalari orqali muskullarga keladi. Buning natijasida baliq o'ljasini ushlab oladi. Hayvonlaming ta'sirga shunday javob qaytarish reflekslari tug'ma bo'lganidan sJuntsiz reflekslar, ya'ni instinkt deyiladi. Shartsiz reflekslar irsiy bo'lib. baHqlarning hayoti davotnida o'zgarrnasdan saqlanib qoladi va nasldan naslga o'tadi. Bitta turga kimvclii hamma hayvonlaming shartsiz refiekslaii bir xil bo'ladi.
Shuning bilan birga hayvonlaming hayoti davomida hosil bo'ladigan reflekslar ham bor. Agar akvariumdagi baliqlarga biror signal bilan ta'sir etib, masalan, chiroq yoqib oziq berilsa va bunday oziqlanish bir necha bor takrorlansa, bu signal oziq berilmaganda ham baliqlarni jalb qila boshlaydi. Hosil bo'lgan bunday reflekslar shartli reflekslar deyiladi. Shartli reflekslar nasldan naslga o'tmaydi va uzoq saqlanib qolmaydi.Bosh miya va orqa miya markaziy nerv sistemasi deyiladi. Bosh miya oldingi miya, oraliq miya, o'rta miya, miyacha va uzunchoq miyadan iborat. Orqa miya uzun naydan iborat bo'lib umurtqa pog'onasi nayi uchida joylashgan. Bosh miya va orqa miya barcha organlar ishini boshqaradi. Ko'z, eshitish, ta'm bilish organlari, yon chiziqlar sezgi organlari deyiladi. Ular yordamida baliqlar atrof-muhitdagi narsalarni payqaydi, oziqning ta'mini biladi, suv bosimi, harorati, tarkibini payqaydi. Baliqlarning tashqi ta'sirga javobi, ya'ni xatti-harakati shartsiz (instinkt) va shartli reflekslar bilan bog'liq. Shartsiz reflekslar tug'ma, shartli reflekslar esa ular hayoti davomida tashqi muhit ta'sirida hosil bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |