Dars jihozi: Mavzuga oid rasmlar.
Darsning borishi:
I
Darsni tashkil qilish
2 daqiqa
IV
Darsni mustahkamlash va yakunlash
10 daqiqa
II
Uyga vazifani tekshirish
6 daqiqa
V
Uyga vazifa
2 daqiqa
III
Yangi mavzu bayoni
25 daqiqa
I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish. 2.Davomatni aniqlash. 3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni: Primatlar, ya'ni maymunlar - sut emizuvchilar orasida eng yuksak tuzilgan
hayvonlar («primatlar» so'zi ham «birinchilar» ma'nosini anglatadi). Bu turkumga
200 dan ortiq tur kiradi. Ko'pchiligi qalin tropik o'rmonlarda yashaydi. Barmoqlari
uzun, ikkala oyoqlaridagi bosh barmog'i boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo'yilgan.
Barmoqlarning bunday joylashishi ularga shoxlami mahkam ushlab turishga hamda
may da narsalarni tutib turishga imkon beradi. Ularning barmoqlarida boshqa
hayvonlardagi singari changal emas, balki yassi tirnoqlar bo'ladi. Oyoqlari yurish
bilan birga ozig'ini ushlash, junlarini tozalash va tarash vazifasini ham bajaradi.
Tanasining yuzi va qo'1-oyoq kaftlarida jun bo'lmaydi. Maymunlarning ko'zlari boshining oldingi tomonida joylashganligidan ular birdaniga ikki ko'zi orqali qaraydi. Shuning uchun ular buyumning hajmini, ungacha boigan masofani va rangini boshqa hayvonlarga nisbatan juda yaxshi aniqlaydi. Ko'zning bu xususiyati shoxdan shoxga sakrab hayot kechiradigan maymunlar uchun ayniqsa katta ahamiyatga ega. Maymunlarning barmoqlari, junsiz kafti va tovoni asosiy tuyg'u a'zosi hisoblanadi.
Bosh miyasi boshqa sutemizuvchilarnikiga nisbatan ancha yirik. Bosh miya katta yarimsharlarida burmalarning ko'p bo'lishi tufayli fe'1-atvori ham murakkab va xilma-xil bo'ladi. Ular gala bo'lib yashaydi. Kuchli erkagi galada boshchilik qiladi. Tropik Amerikada yashaydigan maymunlarning burun kataklari keng, dumi uzun bo'lganidan ular keng burunli maymunlar deyiladi. Ular dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shoxlariga osilib turishi mumkin. O'rgimchak maymun uzun oyoq va qo'llari yordamida daraxtlarga ilashib olganligidan unga shunday nom berilgan. Afrikada va Janubiy Osiyoda yashaydigan tor burunli maymunlarning burun teshigi tor bo'lib, tog'ay to'siq bilan ikkiga ajralgan; dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas. Bir qancha turlarining dumi kalta yoki butunlay bo'lmaydi.
Primatlar orasida odamsimon maymunlar eng yirik va yuksak tuzilgan. Ularga Afrika qit'asida yashaydigan gorilla va shimpanze, Kalimantan va Sumatra orollarida tarqalgan orangutan kiradi. Ularning dumi bo'lmaydi; oldingi oyoqlari hamda panjasining orqa tomoniga biroz tayangan holda orqa oyoqlarida harakat qiladi. Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi tufayli turq-atvori ham juda murakkab boiadi. Warning xotirasi kuchli bo'lib, sodda mehnat qurollarini yasash va ulardan foydalanishni biladi. Shimpanze cho'plar yordamida asalarilar uyasiga kiradigan teshiklami kengaytiradi; daraxtdan sindirib olingan novda yordamida tor teshiklardan hasharotlarni kovlab oladi, mayda cho'plar yordamida tishlarini tozalaydi, tovush va imo-ishoralar yordamida o'zaro muloqot qiladi. Ular yuz muskullari yordamida ichki kechinmalarini, ya'ni qo'rquv, hayajon, achchig'lanishi yoki xursandligini ifodalay oladi. Bu jihatdan ular odamlarga o'xshaydi. Sutemizuvchilarning ahamiyati.O'txo'r sutemizuvchilar o'simliklar va boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning tezagi go'ngxo'r qo'ng'izlar, pashshalar, chuvalchanglar, zamburug'lar va bakteriyalar uchun oziq boiadi. Go'ng parchalanganida tuproq o'simliklar uchun zarur oziq moddalarga boyiydi. Olmaxon, o'rmon kalamushlari, dala sichqonlari, to'ng'izlar va boshqa sutemizuvchilar o'simliklar urug'ining tarqalishiga yordam beradi.