Mavzu: Tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi Maqsad: Ta'limiy



Download 0,55 Mb.
bet27/76
Sana18.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#500485
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76
Bog'liq
7 konspekt zoologiya 2-qism

I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.O'quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan savol javob o'tkazish.
III. Yangi mavzu bayoni: Gavda bo'limlari. Kaptarning gavdasi bosh, bo'yin, tana va oyoqlardan iborat (80-rasm). Uncha katia bo'lmagan yumaloq boshi uzun va juda hara-katchan bo'yin orqali tanaga tutashgan. Kaptar bo'ynini burib oziqni cho'qishi, tumshug'i bilan qorni, qanotlari, orqasi va dumidagi patlarini tozalashi mumkin. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar ko'tarish yuzani hosil qiladi (81-rasm). Qushlar oyoqlarining pastki qismi - iligi va barmoqlari muguz tangachali dag'al teri bilan qoplangan. Kaptar faqat oyog'iga tayanib yerda yuradi.
Tana qoplag'ichi. Qushlar terisi pat bilan qoplangan. Patlar tuzilishiga ko'ra kontur patlar va parlarga bo'linadi. Kontur patlar vazifasiga binoan kontur-qoplag'ich (tana yuzasidagi patlar), qoqish (qanotlar), boshqarish (dum), momiq patlarga ajratiladi. Pat ingichka va qattiq o'zakdan hamda uning ikki tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig'ichdan iborat. Pat yelpig'ichi o'zakdan chiqib, ketma-ket ikki marta shoxlanadigan muguz o'siqchalaming qalin to'ridan hosil bo'ladi. Pat o'qining ppstki yelpig'ichsiz uchi teridagi pat xaltasiga kirib turadi. Pat o'zagidan chiqadigan 1-tartib o'siqchalar o'zaro parallel joylashgan. Har bir o'siqchaning ikki yonida yanada ingichkaroq 2-tartib o'siqchalar joylashgan. Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o'siqchalar juda mayda ilgakchalar yordamida qo'shilib ketgan. Patlar yengil, egiluvchan va deyarli havo o'tkazmaydigan bo'ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qoqish va boshqarish patlari bir-birining ustiga cherepitsa singari tushib, ko'tarish yuzasini hosil qiladi.
Qoplag'ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlarning yelpig'ichi yumshoq va g'ovak bo'ladi; 2-tartib o'siqchalari bo'lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo'ladi. Parlarning o'zagi juda kalta, o'siqchalari uning uchida mo'yqalam singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi. Qushlar tullaganida ularning eski patlari to'kilib, o'rniga yangi patlari hosil bo'ladi.
Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi asosida dumg'aza bezi bo'ladi. Qush tumshug'i bilan bu bezdan yog'simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog' patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning yog'langan patlari suv yuqtirmaydigan bo'ladi. Qushlarning patsiz oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib yumvchilar terisidagi muguz tangachalarga o'xshaydi. Ularning patlari, tumshug'i, tirnoqlari ham muguzdan iborat.



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish