Ilonlar. Ilonlarning oyog'i bo'lmaydi. Ular gavdasini egib, qovurg'alariga tayangan holda harakatlanadi. Kaltakesaklarning ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog'i bo'lishi eslatib o'tilgan edi. Ilonlarning haqiqiy qovoqlari bo'lmaydi. Ularning shaffof qovoqlari soat oynasi singari ko'zini qoplab turadi. Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa o'xshab yaxlit ko'chib tushadi. Ilonlarning yuqori va pastki jag' suyaklari cho'ziluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan. Ular og'zini juda katta ochib, tanasidan ancha yo'g'on o'ljani ham butunligicha yuta oladi. Ilonlar havoda tarqalgan tovushlarni eshitmaydi.
Zaharii ilonlarning og'iz bo'shlig'ida yuqori jag'idan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jag'ida ikkita yirik zahar tishlari joylashgan (76-rasm). Eon chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar ana shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o'ljasi yoki g'animi tanasiga o'tadi. Honning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg'u va ta'm bilish organi hisoblanadi. Ilonlarning eshitish organi yaxshi rivojlanmagan. Bo 'g 'ma va shaqildoq ilonlarning issiqlikni uzoqdan sezadigan organi bo'ladi.
Ilonlar oigimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, mayda qushlar va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi. Ular bittadan bir necha o'ntagacha tuxum qo'yadi.
Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzunligi 70 sm keladigan qum bo'g'ma iloni tarqalgan. Bu ilon zaharli emas. U kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. Oijasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib oidirgandan so'ng yutib yuboradi. Bu ilon tirik tug'adi. Suv havzalarida uchraydigan suvilon mayda baliqlar va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklariga ilon birmuncha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, hatto xonadonlarda chipor ilon uchrab turadi. Chipor ilon turli qushlar va ularning jo'jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi.
O'zbekistonning janubiy hududlarida kapcha ilon (kobra) tarqalgan (77-rasm). llonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha boradi. Biron xavf tug'ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining oldingi qismini ko'taradi; bo'ynini kengaytirib, ogohlantiruvchi holatga o'tadi. Kapcha ilon qurbaqa, kemiruvchilar, kaltakesaklar va boshqa ilonlami tutib yeydi. Bu ilon o'ta zaharli, uning zaharidan tibbiyotda foydalaniladi. Janubiy hududlardagi tog'larda va tog' etaklarida uzunligi 120 smgacha keladigan ko`lvor ilon uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |