Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
Quyuq, solishtirma og`irligi katta, qovushoqligi
yuqori bo׳lgan eritmalarning tabiiy sirkulyatsiya tezligi juda kam bo׳ladi. Bu turdagi eritmalar yuqorida
bayon qilingan bug`latish qurilmalarida bug`latilganda issiqlik o׳tkazish koeffitsienti ham kam bo׳lib,
qurilmaning unumdorligi pasayib ketadi.
Sirkulyatsiya tezligini va issiqlik o׳tkazish koeffitsientini oshirish uchun majburiy sirkulyatsiyali
bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Suyuqliklarning sirkulyatsiyasi propellerli va markazdan qochma
nasoslar yordamida amalga oshiriladi.
Bug`latilishi kerak bo׳lgan dastlabki eritma isitkich quvurlarining pastki qismiga nasos orqali beriladi,
quyuqlashgan eritma esa separatorning pastki qismidan ajratiladi (23.3-rasm). Isituvchi quvurlar
ichidagi suyuqliklarning sirkulyatsiya tezligi 2-2,5 m/s ni tashkil qiladi. Bunday qurilmalar quyidagi
afzalliklarga ega: tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan quvurlarga nisbatan issiqlik o׳tkazish
koeffitsienti 3-4 marta katta, kristallanuvchi eritmalarni bug`latishda isituvchi yuzada ifloslanishlar
paydo bo׳lmaydi. Bu qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, sirkulyatsiya nasosining ishlashi uchun
qo׳shimcha energiya sarflanadi.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
Bunday qurilmalar sanoatda har xil meva sharbatlarini, yuqori
haroratlar ta’siriga moyil eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarda hosil bo׳lgan
ikkilamchi bug` bosimi isituvchi bug`ning bosimiga teng bo׳lguncha siqiladi. Ikkilamchi bug`ni siqish
uchun kompressorlar va bug` oqimli injektorlar ishlatiladi. Issiqlik nasosiga ega bo׳lgan bug`latish
qurilmalarida tashqaridan sarflangan energiya ikkilamchi bug` haroratini oshirish uchun xizmat qiladi.
Qurilmani dastlab ishga tushirishda yangi bug` beriladi. Bu bug` bilan eritma qaynaguncha isitiladi.
Keyinchalik bug`latish ikkilamchi bug` hisobiga boradi. Ish paytida nazariy jihatdan tashqaridan bug`
talab qilinmaydi. Amaliy jihatdan esa tashqaridan bir oz bug` berib turish kerak, chunki eritmani isitish
va issiqlik yo׳qolishlarini qoplash uchun qo׳shimcha bug` talab qilinadi.
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash haroratlarining farqi past
(5—10°C) bo׳lgan vaqtda ishlatiladi. eritmaning qaynash harorati yuqori bo׳lsa, bu usul
qo׳llanilmaydi, chunki ikkilamchi bug`ni siqish uchun ko׳p energiya sarf bo׳ladi.
BUG`LATISH QURILMASIDAGI ISITUVCHI BUG`NING SOLISHTIRMA SARFI
Jadvaldan ko׳rinib turibdiki, qurilmalarning soni ko׳payishi bilan 1kg suvni bug`latish uchun zarur
bo׳lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Agar bir korpusli qurilmadan ikki korpusli qurilmaga
o׳tishda bug`ning sarfi taxminan 50 foizga kamaysa, to׳rt korpusli qurilmadan besh korpusli qurilmaga
o׳tishda bug`ning sarfi faqat 10 foizga kamayadi. Demak, aniq bir sharoit uchun korpuslarning maqbul
soni topilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |