Mavzu: Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari ishlash prinsipini o‘rganish


Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari



Download 27,15 Kb.
bet3/4
Sana07.04.2022
Hajmi27,15 Kb.
#535133
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu
boshlangich sinf matematika darslarida oquvchilarni tengsizlik tushunchasi bilan tanishtirish metodikasi, 2016, 2016, C# 200 ta, C# 200 ta, C# 200 ta, C# 200 ta, C# 200 ta, Madina Book 1, Madina Book 1, 608955.a4, 608955.a4, 608955.a4, Документ Microsoft Word, 2
Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
Quyuq, solishtirma og`irligi katta, qovushoqligi 
yuqori bo׳lgan eritmalarning tabiiy sirkulyatsiya tezligi juda kam bo׳ladi. Bu turdagi eritmalar yuqorida 
bayon qilingan bug`latish qurilmalarida bug`latilganda issiqlik o׳tkazish koeffitsienti ham kam bo׳lib, 
qurilmaning unumdorligi pasayib ketadi. 
Sirkulyatsiya tezligini va issiqlik o׳tkazish koeffitsientini oshirish uchun majburiy sirkulyatsiyali 
bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Suyuqliklarning sirkulyatsiyasi propellerli va markazdan qochma 
nasoslar yordamida amalga oshiriladi. 

Bug`latilishi kerak bo׳lgan dastlabki eritma isitkich quvurlarining pastki qismiga nasos orqali beriladi, 


quyuqlashgan eritma esa separatorning pastki qismidan ajratiladi (23.3-rasm). Isituvchi quvurlar 
ichidagi suyuqliklarning sirkulyatsiya tezligi 2-2,5 m/s ni tashkil qiladi. Bunday qurilmalar quyidagi 
afzalliklarga ega: tabiiy sirkulyatsiya bilan ishlaydigan quvurlarga nisbatan issiqlik o׳tkazish 
koeffitsienti 3-4 marta katta, kristallanuvchi eritmalarni bug`latishda isituvchi yuzada ifloslanishlar 
paydo bo׳lmaydi. Bu qurilmalarning asosiy kamchiligi shundaki, sirkulyatsiya nasosining ishlashi uchun 
qo׳shimcha energiya sarflanadi. 
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
Bunday qurilmalar sanoatda har xil meva sharbatlarini, yuqori 
haroratlar ta’siriga moyil eritmalarni bug`latish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalarda hosil bo׳lgan 
ikkilamchi bug` bosimi isituvchi bug`ning bosimiga teng bo׳lguncha siqiladi. Ikkilamchi bug`ni siqish 
uchun kompressorlar va bug` oqimli injektorlar ishlatiladi. Issiqlik nasosiga ega bo׳lgan bug`latish 
qurilmalarida tashqaridan sarflangan energiya ikkilamchi bug` haroratini oshirish uchun xizmat qiladi. 
Qurilmani dastlab ishga tushirishda yangi bug` beriladi. Bu bug` bilan eritma qaynaguncha isitiladi. 
Keyinchalik bug`latish ikkilamchi bug` hisobiga boradi. Ish paytida nazariy jihatdan tashqaridan bug` 
talab qilinmaydi. Amaliy jihatdan esa tashqaridan bir oz bug` berib turish kerak, chunki eritmani isitish 
va issiqlik yo׳qolishlarini qoplash uchun qo׳shimcha bug` talab qilinadi. 
Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash haroratlarining farqi past 
(5—10°C) bo׳lgan vaqtda ishlatiladi. eritmaning qaynash harorati yuqori bo׳lsa, bu usul 
qo׳llanilmaydi, chunki ikkilamchi bug`ni siqish uchun ko׳p energiya sarf bo׳ladi.
BUG`LATISH QURILMASIDAGI ISITUVCHI BUG`NING SOLISHTIRMA SARFI 
Jadvaldan ko׳rinib turibdiki, qurilmalarning soni ko׳payishi bilan 1kg suvni bug`latish uchun zarur 
bo׳lgan isituvchi bug`ning sarfi kamayib boradi. Agar bir korpusli qurilmadan ikki korpusli qurilmaga 
o׳tishda bug`ning sarfi taxminan 50 foizga kamaysa, to׳rt korpusli qurilmadan besh korpusli qurilmaga 
o׳tishda bug`ning sarfi faqat 10 foizga kamayadi. Demak, aniq bir sharoit uchun korpuslarning maqbul 
soni topilishi zarur. 

Download 27,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa