Mavzu: Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari ishlash prinsipini o‘rganish
Bajardi: ________________________
Tekshirdi: ______________________
Reja:
1. Bug`latish qurilmalarining tuzilishi
2. Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari.
3. Ajratilgan isitkichli bug`latish qurilmalari.
4. Majburiy sirkulyatsiyali bug`latish qurilmalari.
5. Issiqlik nasosli bug`latish qurilmalari.
6. Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari.
7. Korpuslarning maqbul sonini aniqlash.
Bug`latish jarayoni har xil bug`latgichlarda olib boriladi. Bug`latish qurilmalari isituvchi yuzaning
tuzilishi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo׳nalishi, sirkulyatsiya turi, rejimi va boshqa bir
qator omillarga ko׳ra bir necha turlarga ajratiladi:
1. Isitish kamerasining tuzilishiga binoan bug`-qobiqli, zmeevikli, osma holatda va boshqa
ko׳rinishda bo׳lgan isitish kamerali bug`latgichlar;
2. Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug`latgichlar;
3. Isituvchi agentning turiga ko׳ra bug`, gaz, yuqori haroratli isituvchi agent yoki elektr energiyasi
bilan isitiladigan bug`latgichlar;
4. Sirkulyatsiya rejimiga ko׳ra tabiy, majburiy hamda bir va ko׳p karrali sirkulyatsiyali
bug`latgichlar;
5. Eritmani qurilmaga berib turish rejimiga ko׳ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bug`latgichlar;
6. Qurilmadagi bosimning qiymatiga ko׳ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim, vakuum bilan
ishlaydigan bug`latgichlar;
7. Korpuslarning soniga ko׳ra bir va ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari;
8. Eritma va isituvchi agentning o׳zaro yo׳nalishiga ko׳ra bir xil, qarama-qarshi, murakkab yo׳nalishli
hamda eritma bilan parallel ta’minlovchi bug`latgichlar.
Bug`latish qurilmasining asosiy konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.
Markaziy sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalarda bug`latilishi kerak bo׳lgan
eritma isitish kamerasining yuqorigi qismidan beriladi. Isitish kamerasi bir necha quvurlar to׳plamidan
iborat bo׳lib, ularning uchlari quvur to׳riga razvalsovkalab biriktirilgan (23.1-rasm). Eritma
quvurlarning ichida qaynab, bug`-suyuqlik aralashmasi holida quvurning balandligi bo׳yicha ko׳tariladi
va qurilmaning yuqorigi qismida joylashgan bug` bo׳shlig`idagi ajratkichga o׳tadi. Ikkilamchi bug`dan
ozod bo׳lgan eritma va uning tomchilari markaziy sirkulyatsiya quvuriga tushadi.
Eritmaning sirkulyatsiya tezligi uning fizik xususiyatlariga, issiqlik miqdoriga hamda sirkulyatsiya
konturining gidravlik qarshiligiga bog`liq. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan chiqariladi.
Ikkilamchi bug` suyuqlik ustidagi hajmni egallaydi va so׳ngra qurilmaning yuqoridagi qismida
joylashgan tomchi ushlagich orqali o׳tkazilib uzatiladi.
Isituvchi quvurlardagi suyuqlik-bug` aralashmasi bilan sirkulyatsiya quvuridagi bug`lanayotgan
eritmaning zichliklari har xil bo׳lgani uchun qurilmadagi eritma o׳z-o׳zidan sirkulyatsiya bo׳ladi.
Zichliklarning farqi qancha katta bo׳lsa, bug`latish jarayonining tezligi shuncha yuqori bo׳ladi.
Sirkulyatsiya quvurining diametri isituvchi kamera diametrining 1/3 ulushiga teng qilib olinadi. Bunday
bug`latish qurilmalarining tuzilishi sodda va bug`lanayotgan eritma tabiiy sirkulyatsiya qilinadi.
Kamchiliklari: quvurlar quvur to׳rlarida mahkam o׳rnatilgan bo׳ladi, sirkulyatsiya quvuri isitish
kamerasi ichida bo׳lganligi sababli jarayon davomida isib turadi. Shu sababli sirkulyatsiya quvuridagi
eritma bilan isituvchi quvurdagi suyuqlik-bug` aralashmalarining zichliklari orasidagi farq kamayadi,
natijada bug`latish jarayonining tezligi ham kamayadi. Shuning uchun bug`latish qurilmalarining
ko׳pchiligida sirkulyatsiya quvuri qurilmaning tashqi qismiga o׳rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |