Mavzu: Tashqi sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari ishlash prinsipini o‘rganish


Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari



Download 27,15 Kb.
bet4/4
Sana07.04.2022
Hajmi27,15 Kb.
#535133
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu

Ko׳p bosqichli qurilmalarning shakllari.
Oxirgi korpusdagi ikkilamchi bug`ning bosimiga ko׳ra, ko׳p 
bosqichli bug`latish qurilmalari vakuum (siyraklanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo׳ladi. 
Isituvchi bug` va bug`lanayotgan eritma oqimlarining o׳zaro harakatiga ko׳ra ko׳p bosqichli bug`latish 
qurilmalari bir necha shakllarga bo׳linadi: 
1) bir xil yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalari
2) qarama-qarshi yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalari; 
3) eritma bilan uzluksiz parallel ta’minlanadigan bug`latish qurilmalari; 
4) ekstra-bug` ajratib olinadigan ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalari. 
Sanoatda bir xil yo׳nalishda qurilmalar keng ishlatiladi (23.4-rasm), chunki bunday qurilmalar eng 
tejamli hisob lanadi. 
Bir xil yo׳nalishli qurilma bir necha (bizning misolimizda uchta) korpusdan tashkil topgan bo׳ladi. 
Isitkichda qaynash haroratigacha qizdirilgan dastlabki eritma qurilmaning birinchi korpusiga beriladi. 
Birinchi korpus birlamchi bug` bilan isitiladi. Birinchi korpusda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` isituvchi 
agent sifatida ikkinchi korpusga beriladi. Ikkinchi korpusdagi bosim birinchi korpusdagiga nisbatan 
past, natijada ikkinchi korpusda birinchi korpusga nisbatan ancha past haroratda qaynaydi. 
Ikkinchi korpusda bosim ancha past bo׳lganligi sababli, birinchi korpusda qisman bug`langan eritma 
o׳z-o׳zidan ikkinchi korpusga o׳tadi va eritma ikkinchi korpusda qaynash haroratigacha soviydi. Bunda 
issiqlik ajralib chiqadi, natijada ma’lum miqdorda qo׳shimcha ikkilamchi bug` hosil bo׳ladi. 
Qurilmaning hamma korpuslarida (birinchidan tashqari) yuz beradigan bu hol eritmaning o׳z-o׳zidan 
bug`lanishi deb yuritiladi. 

23.4-rasm. Bir xil yo׳nalishli uchta korpusdan iborat bug`latish qurilmasi: 1, 2, 3 - bug`latish 
korpuslari; 4 - isitkich; 5 — barometrik kondensator; 6 - tomchi ushlagich; 7 — vakuum-nasos. 
 
Ikkinchi korpusda bug`latilgan eritma uchinchi korpusga o׳z-o׳zicha o׳tadi. Uchinchi korpusni isitish 
uchun ikkinchi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan 
ikkilamchi bug` barometrik kondensatorga uzatiladi. Bu erda, bug`ning kondensatsiyalanishi natijasida 
siyraklanish (vakuum) hosil bo׳ladi. Havo va kondensatsiyalanmay qolgan gazlar issiqlik almashinish 
jarayonini susaytiradi. Shu sababli sovituvchi agent (suv) bilan korpuslarning zichmas joylari orqali 
kirib qolgan gazlar tomchi ushlagich orqali vakuum-nasos yordamida so׳rib olinadi. 
Kondensatordagi qoldiq bosimning qiymati suv haroratining o׳zgarishi bilan o׳zgaradi. Shu sababli 
vakuum-nasos yordamida qurilmada tegishli qiymatdagi vakuumni ushlab turish mumkin. 
Bir xil yo׳nalishli bug`latish qurilmasining asosiy afzalligi shundaki, eritmani bir korpusdan 
ikkinchisiga o׳tkazish uchun issiq oqimda ishlashga moslangan nasoslar talab qilinmaydi. Har bir 
keyingi korpusda oldingisiga nisbatan yuqori konsentrasiyali eritmani pastroq bosimda bug`latishga 
to׳g`ri keladi. Shuning uchun oxirgi korpusdagi issiqlik o׳tkazish koeffitsienti birinchi korpusdagiga 
nisbatan bir necha marta kichik bo׳ladi. Bu hol bir xil yo׳nalishli qurilmalarning kamchiligidir. 
Qarama-qarshi yo׳nalishli ko׳p korpusli bug`latish qurilmalarida isituvchi bug` va bug`latilayotgan 
eritma bir korpusdan ikkinchisiga o׳tishda o׳zaro qarama-qarshi tomonga harakat qiladi. Agar dastlabki 
eritma uchinchi korpusga berilsa, birlamchi isituvchi bug` birinchi korpusga beriladi. Birinchi korpusda 
hosil bo׳lgan ikkilamchi bug` ikkinchi korpusda isituvchi agent sifatida ishlatiladi va hokazo. Uchinchi 
korpusda qisman quyuqlashtirilgan eritma ikkinchi korpusga nasos yordamida o׳tkaziladi, so׳ngra 
ikkinchi korpusdan birinchisiga yana nasos yordamida haydaladi. Quyuqlashtirilgan eritma birinchi 
korpusdan olinadi, oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` esa kondensatorga beriladi. 
Qarama-qarshi yo׳nalishli qurilmalar eritmalarni juda katta konsentrasiyalargacha bug`latishda va 
quyuqlashtirish jarayonida qovushoqligi ortib ketadigan eritmalarni bug`latishda ishlatiladi. Bunday 
qurilmalarning asosiy afzalligi shundaki, ular bir xil yo׳nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish 
yuzasini talab qiladi. Kamchiligi: qurilmaning ishlashi uchun issiqlik oqimiga mo׳ljallangan nasoslar 
kerak. 
Parallel ta’minlanish rejimi bilan ishlaydigan qurilmalarda dastlabki eritma bir vaqtning o׳zida barcha 
korpuslarga beriladi. Har bir korpusdan chiqayotgan quyuqlashtirilgan eritma bir xil konsentrasiyaga 
ega bo׳ladi. Isituvchi bug` faqat birinchi korpusga beriladi, qolgan korpuslarda isituvchi agent sifatida 
oldingi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi 
bug` kondensatorga yuboriladi. Bunday chizmalar asosan tarkibida qattiq faza zarrachalari tutgan 
to׳yingan eritmalarni bug`latishda hamda eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha quyuqlashtirish talab 
qilinmagan sharoitda ishlatiladi. 
Ba’zi sharoitlarda bug`latish qurilmalarida hosil bo׳ladigan ikkilamchi bug`ning bir qismi boshqa 
maqsadlar uchun ajratib olinadi. Bug`latish qurilmasining istalgan bir korpusidan ikkilamchi bug`ning 
bir qismi ajratib olinib, bug`latish jarayoni bilan bog`liq bo׳lmagan boshqa maqsadlarda (masalan, 
quritish qurilmalarida, rektifikatsiya kolonnalarida) ishlatilsa, bunday bug` “ekstra-bug`” deb yuritiladi. 
Ko׳p bosqichli bug`latish qurilmalarida bug`langan suvning miqdori, isituvchi bug` bilan kiritilgan 
issiqlik miqdori va isituvchi bug`ning sarfi tegishli moddiy va issiqlik balanslari tenglamalari asosida 
Download 27,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish