Mavzu: Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo'llari. Reja: I kirish II asosiy qism



Download 231,5 Kb.
bet6/7
Sana09.07.2022
Hajmi231,5 Kb.
#760564
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tashqi savdo tarkibini takomillashtirish va diversifikatsiyalash yo\'llari(57)

Birinchidan, Respublika milliy iqtisodiyotning kuchli eksport bo’g’inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o’ringa ega bo’lishini ta’minlovchi sohalarni aniqlash.
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo’g’inida davlat tomonidan qo’llab- quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilar:

  • eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo’yicha ko’p muddatli kreditlar ajratish, investitsiyalarni sug’urtalash;

  • davlat tomonidan respublikamizga ilg’or texnologiyalar, tajribalar,

bilimlarning kirib kelishiga subsidiyalar ajratish:

  • eksport va importni litsenziyalash yoki chetga tovar chiqarishga va chetdan uni olib kirishga ruxsatnoma berish;

  • ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.

SHu bilan birga, tashqi iqtisodiy siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uning boshqa valyutalar bilan erkin almashuvini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatining me’yoriy va umumiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
Hozirgi paytda O’zbekiston sanoatining aksariyati umuman tijorat faoliyatiga va xususan, xalqaro raqobatga tayyor emas: hozircha talabning deyarli barcha sohalarida import mahsulot mahalliy tovarlardan, ayniqsa iste’mol tovarlaridan ustun kelmoqda. O’zbekistonda yuzaga kelayotgan iste’molning o’ziga xos modelida sifat asta sekin andoza bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston «ochiq» milliy iqtisodiyot sharoitida jahon xo’jaligi tsikllarining bevosita ta’siriga duch kelmoqda. Buning ustiga, uning hozirgi eksportining nosanoat tuzilmasi bunday tsikllarni xushlamay qabul qilmoqda.
Respublikada iqtisodiyotini erkinlashtirishning hozirgi sharoitida «Mamlakat eksport salohiyatini oshirish, uning xalqaro mehnat taqsimotida teng yutuqli va o’zaro manfaatli shartlar asosida ishtirok etishi, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini yanada kuchaytiradi»
Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga hamda zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlari keltiradigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin.
O’zbekistan Respublikasi ko’p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog’likni saqlash tashkiloti kabi va boshqa obro’-e’tiborli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi hamda ularda faol siyosat o’tkaza boshladi.
Ko’pgina xalqaro tashkilotlar - BMT, XVF, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi va boshqa tashkilotlar Respublikada o’zlarining mintaqaviy vakolatxonalarini ochdilar va o’zbekistonlik sheriklar bilan faol hamkorlik qilmoqdalar.
Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan hamda, jumladan, respublikada kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek iqtisodiyotning eng manfaatli sohalaridagi loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’minlash dasturi amalga oshirilmoqda.
Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishdagi zarur bo’lgan barcha muassasalar amalda yangidan barpo etildi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini oshirish, marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga keng ko’lamda kiritish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar va idoralarda, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalarda va mahalliy boshqaruv idoralarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi va ish olib bormoqda.
Mustaqillikning dastlabki yillarida tashqi aloqalarni kengaytirish,
respublikaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag’batlantirish
maqsadida butun tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun huquqiy negizlarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari chiqdi. Bular, avvalo, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «CHet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunlar hamda boshqa qonuniy va me’yoriy hujjatlar bo’lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart - sharoitni yaratishga imkon berdi.
Xorijiy sarmoya ishtirokida korxonalar barpo etish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini ro’yxatdan o’tkazish va chetga chiqariladigan mahsulot uchun ruxsatnoma (litsenziya) berish tartibini anchagina soxalashtirish, eksport va import tarkibini yaxshilash choralari ko’rib borilmoqda.
Mamlakatimizda olib borilgan islohatlarning ilk davridan e’tiboran respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi.
Binobarin, O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy siyosati
mustaqillikning dastlabki bosqichlarida quyidagi vazifalarni hal etdi:
o eksport-import operatsiyalarini markazlashtirishdan chiqarish;
o davlat extiyojlari uchun tovarlar eksport va importi ustidan nazoratni kuchaytirish;
o davlat uchun strategik muhim hisoblanmaydigan tovarlar eksportini
soddalashtirish;
o strategik muhim tovarlar eksportidan olingan valyuta tushumi ustidan nazoratni kuchaytirish;
o davlat siyosatining barcha choralarini qo’llab chet el investitsiyalari jalb etilishini va eksport salohiyatini rivojlantirishni rag’batlantirish;
SHu tariqa bozor iqtisodiyotiga o’tishining murakab sharoitlarida jahon bozoriga chiqishni erkinlashtirish va protektsionizm chora tadbirlari bilan birikkan
izchil puxta o’ylangan tarkibiy va sanoat siyosatiga tayanadigan siyosat bo’ldi.
Umuman respublika tashqi iqtisodiy aloqalarinnig erkinlashtirish va tashqi iqtisodiy majmuini yanada takomillashtirish borasida quyidagi masalalarni hal etish maqsadga muvofiqdir:
o O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini ham ichki ham tashqi bozorda himoya qilish;
o milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini rag’batlantirishga qaratilgan zaruriy shart-sharpoitlarni yaratish;
o tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solish tizimlarini yanada rivojlantirish;
o eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilagn davlat dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalag oshirishni ta’minlash;
o ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar faoliyatini har tamonlama qo’llab quvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish;
o xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish, metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish ko’lamini yanada kengaytirish;
o to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xalqaro standartlarga javob beradigan hamda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatning turli hududlarida qo’shma korxonalar tashkil etishni ta’minlash;
o O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorliklarini yanada kengaytirish;
o xalqaro transport komunikatsiyalarini rivojlantrish orqali eksport tovarlarining transportda tashish xarajatlarni kamaytirish va hokazo.
Fikrimizcha tashqi iqtisodiy aloqalarining geografik tarkibini takomillashtirish va yanada rivojlantirishga to’sqinlik qilib kelayotgan masalalarning o’z vaqtida
bartaraf etilishi O’zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatida samarali ishtirok etish imkonini beradi.

  1. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi
    iqtisodiy aloqalarning ahamiyati


Mustaqil O'zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.
Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatbardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab qilinadi1.. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud.
O'zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko’hna karvon yili-Buyuk ipak yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G'arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy a loqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo’nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo’l ochildi. Endilikda O'zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir.
Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish
maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo’mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko’maklashish kabi yo’nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo’lga qo’yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining


1 И.А.Каримов. Узбекистан иктисодий ислохотларни чукурлаштириш йулида. - Т.: Узбекистан, 1995. 102-103-бетлар.
kafolatlari to'g'risida"gi va boshqa bir qator qonun va me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O'zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko’pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko’lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.
Respublikamiz ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - mafkuraviy taraqqiyotining hozirgi bosqichida ko’p ukladli iqtisodiy tizimni tashkil etish, yangi davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon xo’jaligi tizimiga jadal kirib borishini ta’minlash sharoitida insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatidan, uning aql- zakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari birinchi o’ringa chiqadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat o’z yo’limiz va dasturimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolar jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, uning professional bilimlari, mas’uliyati, milliy ma’naviyati, tadbirkorligi, tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liqdir.
Hozirgi kunda yuzlab korxonalar, xususiy firmalar, kichik biznes vakillari, fermer va dehqon xo’jaliklari qo’yingki har bir fuqaro respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.
SHuni ham ta’kidlash lozimki, zamonaviy bilimlarsiz, yangi texnika va texnalogiyalarsiz bozor sharoitida muvoffaqiyatga erishish mumkin emas. SHunday ekan iqtisodiyotni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirish, jahon va ichki bozor kon’yunkturasini tadqiq qilish, talab va taklif munosabatlari, zamonaviy menejment va marketing bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni puxta egallash bugungi kun talabiga aylanib bormoqda. Bozor munosabatlari har bir ishtirokchisida o’z iqtisodiy faoliyatini baholash ko’nikmalarini hosil etish, tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar tuzish, hamkorlarni tanlash, xalqaro marketing tamoyillaridan o’z faoliyatlarida foydalanish, shular asosida qarorlar qabul qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishning qudratli omili sifatida maydonga chiqadi.
Respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari mustaqilligimizni qo’lga kiritish bilan vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan vaziyat tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikamizning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish yo’llarini belgilashni taqazo etdi.
O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo’lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag'i ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig’i bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko’rsatmoqda. O'zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimovning “O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li”, “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”, “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida” va “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari o’z aksini topgan.
O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yaratilgan tamoyillarga qat’iy rioya qiladi, ularni boyitib va kengaytirib borib, tashqi siyosiy hamda iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini qat’iyat va izchillik bilan turmushga tadbiq etadi4 5.
Mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish natijasida respublikamizning kuch va qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar assortimenti, hajmini kengaytirish bugungi kunning asosiy vazifasidir.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.5
2015 yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25,3 mlrd. AQSH dollarini tpshkil etgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilda 26,286 mlrd AQSH dollariga teng bo’lgan.
Ayni vaqtda, O’zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmida ham bir muncha pasayish 2015 yilda kuzatiladi. Mazkur yilda tashqi savdo ko’rsatkichi 9,9 mlrd.ga teng bo’lgan. 2012 yilda esa 12,4mlrd.ni dollarni tashkil etgan di.
Boshqa mamlakatlar bilan tovar ayirboshlash hajmi 15,4 mlrd dollarni tashkil etgan holda oldingi yillarga nisbatan bir muncha ortganligini ko’rish mumkin. 2012 yilda 13,884 milliard dollarni tashkil etgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, 2015 yilda O’zbekiston eksport hajmi 2014 yilga nisbatan 5,0 foizga kamayib, yuqorida ta’kidlanganidek 25,3 milliard dollarni tashkil etgan, import hajmi esa 11,2 foizga kamaygan va 12,4 mlkd. dollarga yetgan.
Respublikamiz tashqi savdosida nafaqat miqdoriy o’zgarishlar yuz berib qolmasdan, balki tarkibiy o’zgarishlar ham amalga oshirildi. Asta sekinlik bilan eksport tovarlari tarkibida xom-ashyo emas tayyor mahsulotlar ulushi sezilarli darajada oshib bormoqda, shu bilan birga import tarkibi ham o’zgarib bormoqda. Asosiy e’tibor mashina va asbob- uskunalar, yangi texnologiyalar va “nou-xau” keltirishga qaratilmoqda
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ko’p tomonlama aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizning Yaqin SHarq va Janubiy-SHarqiy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga yaqinligi va chegaradoshligi, Yevropa va Osiyo mamlakatlari savdo yo’lida joylashganligi tashqi iqtisodiy faoliyatning rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu eksportga ixtisoslashgan qo’shma korxonalarni yaratish, tabiiy resurslardan foydalanish bo’yicha chegaradosh xo’jaliklarni tashkil qilish, erkin iqtisodiy mintaqalarni shakllantirish negizida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi. Respublikamizning qadimiy “Buyuk Ipak Yo’li” da joylashganligi sababli yevroosiyo iqtisodiy va madaniy ko’prik vazifasini o’tashi mumkin. Ana shunday ko’prik doirasida tovarlar, texnologiyalar, sarmoyalar, ishchi kuchi, madaniy qadriyatlarning harakat qilishi va ayriboshlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratilishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamizda importni o’rnini qoplash va eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga jadalroq jalb qilish, ularga kafolat va imtiyozlar berish, litsenziya, “nou-xau”lar sotib olishda, kadrlarni tayyorlashda valyuta tushumlarini sarflashda erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish ushbu sohada boshqaruvni takomillashtirish, eng avvalo sanoat korxonalarining boshqarish va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan bog’liqdir.
Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatga bardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun korxonalarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va o’rta korxonalar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab qilinadi6. Haqiqatdan ham jahon bozori tovarlarga, ularning sifatiga yuksak talab qo’yadi, raqobat kurashida yenga olgan korxonagina o’z tovarini sota oladi.
4 И.А.Каримов. Узбекистоннинг уз истиклол ва тараккиёт йули. - Т.:Узбекистон, 1992. 24-27 бетлар.
5 Узбекистан Республикаси биринчи Президент Ислом Каримовнинг “Бош максадимиз - мавжуд кийинчиликларга карамасдан, олиб бораётган ислохотларни, иктисодиётимизда таркибий узгаришларни изчил давом эттириш, хусусий мулкчилик, кичик бизнес ва тадбиркорликка янада кенг йул очиб бериш хисобидан олдинга юришдир”. // Мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иктисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мулжалланган иктисодий дастурнинг энг мухим устувор йуналишларига багишланган Вазирлар Махкамаси мажлисидаги маърузаси. - Т.: "Халк сузи” газетаси, 2016 йил, 22 январь.
Umuman olganda, Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, hamda zarur bo’lgan infrastrukturalarni yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik, “O’zbekinvest” eksport-import sug’urta kompaniyasi, AQSH bilan hamkorlikda tuzilgan “O’zAIG” interneyshnl sug’urta kompaniyasi va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Bu tashkilot va muassasalar respublikamizga xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini tezlashtirishda, ustuvor yo’nalishlarni aniqlashda, ularni sug’urtalashda, bank va konsalting xizmatlari ko’rsatishda o’z hissalarini qo’shmoqdalar. Natijada esa xorijiy sarmoyalarning ulushi yil sayin oshib mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanib bormoqda.

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy
    asoslari


Jahon tajribasi ko’rsatishicha, islohotlarning natijalari va mamlakatning ichki rivojlanishi davlat tomonidan amalga oshiriladigan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning samaradorlik darajasiga hamda uning faollik bilan amalga oshirishga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq o’zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishga va xalqaro munocabatlapda o’zining ishtirok etish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatiga quyidagi muhim tamoyillar asos qilib olindi:

  1. O’zaro manfaatlarni xar tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

  2. Teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

  3. Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik qilish uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

  4. Xalqaro hyquq normalarining ichki davlat normalaridan ustuvorligi;

  5. Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama bitimlar, kelishuvlar asosida rivojlantirish.

O’zbekiston bu tamoyillarga amal qilar ekan, qisqa muddat ichida jahon hamjamiyatiga kirish yo’lida muayyan natijalarga erishdi, jahon xo’jalik tizimiga izchillik bilan integratsiyalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi.
Xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisi bo’lish xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuv uchun barcha zarur shart-sharoitlarni
yaratish talab etiladi. Avvalo huquqiy tizimni yaratish kerak, chunki tashqi siyosatning asosiy tamoyillaridan biri, xalqaro huquqning hamma e’tirof etgan normalarigacha rioya qilish va xalqaro andozalarga izchillik bilan o’tishdan iborat.
SHu munosabat bilan 1991 yilda O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi, u iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida ma’muriy usullardan bozor usullariga sekin asta o’tishda, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda muhim rol o’ynadi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada kuchaytirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 1992 yil 24 iyulda «O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirish, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi maxsus Farmoni asosida davlat organlarining ichki bozorini kundalik extiyoj mollari bilan boyitish sohasidagi birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Farmonda, shuningdek, qo’shimcha kapital mablag’lar jalb qilish, ilg’or texnologiyalar va boshqaruv tajribalaridan foydalanish, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishning ishonchli kafolatlarni, umuman respublikaning iqtisodiy saloxiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash ham nazarda tutilgan edi.
Mustaqil rivojlanishning boshlang’ich bosqichidayoq O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini kuchaytirish bilan bog’liq bo’lgan vazifalar davlat faoliyatini ana shu sohasi institutsional tuzilishini takomillashtirish zarurligini keltirib chiqaradi.
Ana shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil topdi, uning asosiy vazifalari - respublika uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish asosida davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatini shakillantirish va amalga oshirish; tashqi savdoni rag’batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari operatsiyalarini nazorat qilish; respublika iqtisodyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishdan iborat edi.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati tuzilishini shakllantirish zarurligi ichki ehtiyojlari bilan bog’lik bo’lib, ayni paytda jahon moliyaviy tizimga jadallik bilan integratsiyalashuv ham talab etilmoqda edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 7 sentyabrdagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tashkil etildi, u bugungi kunga kelib Markaziy Osiyodagi eng yirik tijorat banki bo’lib qoldi. Bank o’z e’tiborini xorijiy kreditlarni va bevosita investitsiyalarni jalb etishga qaratmoqda. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan, iqtisodiyotga xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalari jalb qilishga va umuman jahon andozalariga erishishga xizmat qiladigan xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo bo’ldi.
SHu munosabat bilan 1998 yil 30 aprelda mamlakatimiz parlamenti «Xorijiy investorlar to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonunini va «Xorijiy
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» qonunni qabul qildi.
Davlat tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida faqat 1999 yildagina iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida 1324 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.
Biroq, davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatida investitsiya sohasidagi ana shunday muvafaqqiyatlarga qaramasdan hali xal etilmagan ko’pgina muammolar bor. Bundan tashqari, vaqt o’tishi bilan respublikaning ijtimoiy - siyosiy hayotidagi va umuman jahon miqyosidagi o’zgarishlar nuqtai nazaridan mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatidagi qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati paydo bo’lmoqda. O’zbekiston Respubilkasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XIV-sessiyasida xuddi ana shu nuqtai nazardan quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning butun tizimini tubdan qayta qo’rib chiqish kerak. Mening fikrimcha, u haddan ziyod reglamentlashtirilgan. Unda iqtisodiy, ta’rif sohasida tartibga solishdan ko’ra ma’muriy tartibga solish ustunlik kiladi. Biz tashqi iqtisodiy faoliyatning butun dunyoda qabul qilingan tsivilizatsiyali shakllariga tezroq o’tishimiz lozim».
Bu fikr davlatimiz rahbari tomonidan uning ikkinchi chaqiriq O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi va islohotlar hamda investitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash majlisidagi nutqlarida ham chuqurlashtirildi.
Ana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonun ishlab chiqildi va ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida (2000 yil 26 may) yangi tahrirda qabul qilindi. Unga tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonini aks ettiruvchi yangi qoidalar kiritildi. Bunga xususan quyidagi qoidalar kiradi:
Qonunning birinchi moddasi ushbu Qonunning asosiy vazifalari deb yuritilib unda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishi, uning asosiy vazifalari tashqi ishiqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag’batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratligi belgilangan.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlari deb nomlanuvchi 2 moddada Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligi va agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan.
SHuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushunilishiga uchinchi moddada oydinlik kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasida ro’yxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega bo’lgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishga haqlidir.
O’zbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining erkinligi va iqtisodiy mustaqilligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining tengligi;

  • savdo-iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda kamsitishlarga yo’l qo’yilmasligi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdan o’zaro manfaatdorlik;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan himoya qilinishi.

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslari tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari hisoblanadi va tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadilar:

  • xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

  • tashqi savdo faoliyati;

  • chet el investitsiyalarini jalb qilish;

  • O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati.

Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik ishlab chiqarish, moliya, bank va sug’urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog’liqni saqlash, ilmiy- texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali aloqalarni o’rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish sanaladi.
Tashqi savdo faoliyati esa xalqaro tovarlar, ishlar (xizmatlar) savdosi sohasidagi tadbirkorlik faoliyati bo’lib xisoblanadi. Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.
CHet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlariga kiritilayotgan moddiy va nomoddiy ne’matlarning barcha turlari hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek chet el investitsiyalaridan olinadigan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga moddiy va nomoddiy ne’matlarni hamda ularga bo’lgan huquqlarni qo’yish bilan bog’liq tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari harakatlarining yig’indisi O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati deb e’tirof etiladi.
Xorijiy hamkorlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy hamkorlik o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan harakat sifatidagi tashqi iqtisodiy faoliyatning mohiyatidan kelib chiqib, yangi qonunda mazkur faoliyatni amalga oshirishning asosiy shakllari aniqlab berildi. Bular - xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik; tashqi savdo faoliyati; xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; O’zbekiston tashqarisidagi investitsiya faoliyatidan iboratdir.
Qonun tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining respublika tashqarisida o’z vakolatxonalari, filiallari va boshqa alohida bo’linmalarini ochish tartibini nazarda tutadi. SHuningdek, qonun Vazirlar Mahkamasi va davlat boshqaruvi organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatni yo’lga qo’yish sohasidagi asosiy vakolatlarini ham tartibga soladi. Ayni vaqtda unda davlat organlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda bevosita ishtirok etishi, ya’ni ularning xalqaro xususiy va huquqiy munosabatlarga kirishuvi nazarda tutiladi. Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi qonuni mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga va uning istiqbolini mustahkamlashga yordam beradi. SHu bilan birga yangi qonunda mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyati shakl va usullariga kiritilgan tuzatishlar, keyingi yillarda jahon xo’jalik tizimida ro’y bergan o’zgarishlarni xar tomonlama hisobga olgan holda iqtisodiy aloqalarning jahon andozalariga javob beradigan zurur shart - sharoitlarni o’z vaqtida ta’minlash uchun javobgar bo’lgan davlatning yuksak rol o’ynashidan dalolat beradi.
SHunday qilib, O’zbekiston mustaqillik yillarida respublikada qabul qilingan barcha huquqiy hujjatlar asosida mustaqil davlat sifatida faol tashqi iqtisodiy faoliyat ko’rsata boshladi, bundan maqsad jahon xo’jalik tizimiga to’la qo’shilishdan iborat edi. Bu jarayon O’zbekistonning jahon hamjamiyati mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari izchil rivojlanib borayotganligida ko’zga tashlanadi.
O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining muhim tarkibiy qismi Yevropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan munosabatlarini rivojlantirishdir.
Evropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida, hamda O’zbekistoning strategik manfaatlarini ko’zlagan holda 1996 yil 21 iyunda sheriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim imzolandi va 1999 yil 1 iyuldan kuchga kirdi.
O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini oshirish, marketing tizimini takomillashtirish va mamlakat tovarlarini xalqaro bozorlarga keng ko’lamda kiritish maqsadida 2002 yil 21 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3151-sonli farmoni qabul qilindi.
Bu farmonda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va takomillashtirish to’g’risida quyidagi vazifalar ko’rib chiqildi va asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi.

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlash va uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda ishtirok etish;

  • milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini rivojlan-tirish va oshirish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo’yicha shart-sharoitlar yaratish;

  • respublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish;

  • mamlakat tovar ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;

  • xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida davlat siyosatining ro’yobga chiqarilishini ta’ minlash;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora- tadbirlari kompleksini amalga oshirish;

  • O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy va

moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro hyqyq sub’ektlari bilan savdo - iqtisodiy va moliyaviy hamkorligi rivojlanishini ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasini tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ekti deb e’lon qiluvchi tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun ayni bir paytda quyidagilar O’zbekiston Respublikasining vakolatiga taalluqligini aniq belgilab beradi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini belgilash;

  • tashqi iqtisodiy siyosatni, jumladan valyuta kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, respublika valyuta jamg’armasini to’plash va foydalanish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish;

  • respublikaning, O’zbekiston huquqiy shaxslari va fuqarolarining manfaatlarini xorijda himoya qilish;

  • respublika hududida xorijiy sarmoyadorlar faoliyati uchun huquqiy kafolatlar belgilash; xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalarda ishtirok etish;

  • respublika Konstitutsiyasiga asoslangan boshqa vakolatlar.

Davlat o’z milliy va butun jamiyat manfaatalrini muhofaza qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaradi, shuningdek ana shu boshqaruv jarayonida paydo bo’ladigan munosabatlarning ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlab yoki tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanishga noqulay sharoit yaratish yo’li bilan ta’sir o’tkazadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga davlat ta’siri bevosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin.
Bunday ta’sir tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish chog’ida vujudga keladigan munosabatlarni boshqaradigan qonunlar hamda me’yoriy hujjatlarni qabul qilish yo’li bilan o’tkaziladi va uning maqsadi ham jamoat, ham xususiy manfaatlarni himoya qilishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotini qapop toptirish yo’lida huquqiy jihatdan ko’p ishlar kilindi. Respublikada huquqiy masalalar ham izchillik bilan shakllantirilib borilmoqda. Bozor munosabatlarini tsivilizatsiyalashgan shaklda joriy etishga imkon beradigan qonunlar majmui yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo’lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi.
Iqtisodiy islohotlar huquqiy negizining barpo etilishidagi vazifalardan biri O’zbekistonni xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida ta’riflovchi huquqiy normalarni yaratishdan iborat. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, O’zbekistan Respublikasining yetakchi xalqaro tashkilotlarga a’zoligi to’g’risida, valyutani tartibga solish to’g’risida qabul qilingan qonunlar, asosiy xalqaro aktlar va bitimlarning O’zbekiston tomonidan imzolanishi mamlakatimiz-ning tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida sifat jihatidan yangi sahifa ochdi.
Iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini keng jalb etish, chet ellik
investorlarning huquqlari va manfaatlari ishonchli himoyalashning kafolatlari ta’minlanishi bo’yicha qonun asoslari qabul qilindi.
Bu O’zbekistonning kelajagi uchun alohida ahamiyatga ega. CHet el investitsiyalari tashqi dunyo bilan jonli aloqa bo’libgina qolmay, balki chuqur tarkibiy va muayyan tizimdagi o’zgarishlarning qudratli manbai hamdir. Bularsiz yangilangan jamiyatni qurish aslo mumkin emas.
Mustaqillik yillarida tashqi siyosatimizni yo’lga qo’yishning sosiy tamoyillari ishlab chiqildi va izchil amalga oshirildi. Bu tamoyillar, avvalo O’zbekistonning o’z tashqi siyosatini teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki vajlariga aralashmaslik negizida qurishga intilayotganligidan kelib chiqadi. Biz biron-bir davlatning ta’sir doirasiga kirmaymiz,-degan qoidaga qat’iy amal qilib kelmoqdamiz va bundan buyon ham o’z milliy va davlat manfaatlarimizga asoslanib, mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar, dunyoning barcha mamlakatlari bilan o’zaro munosabatlarni mustaqil belgilayverishga ahd qilganmiz.
Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan hamda, jumladan, Respublikada kichik o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek iqtisodiyotning eng manfaatli sohalaridagi loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’ minlash dasturi amalga oshirilmoqda. Respublikamiz tashqi iqtisodiy faoliyat kompleksining 2000 yil yarim yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan majlisda ham kichik biznes korxonalar eksportni rivojlantirishda yuqoridagi omillar ta’siri ta’kidlab o’tildi.
Ya’ni, kichik biznes tuzilalari tomonidan eksport qilinayotgan mahsulotlarning sifati, tovar turlarini jahon bozori talablariga javob bera olmasligi, transport xarajatlarining yuqoriligi natijasida tovarlarning tannarxi yuqori bo’lishi - ularning raqobatlasha olish qobiliyatining pasayishiga va bevosita eksport imkoniyatlari kamayishiga sabab bo’lmoqda.
Ilg’or mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, xar qanday mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes tuzilmalari muhim rol o’ynaydi. CHunonchi, kichik biznes tuzilmalarining YaIMdagi ulushi Buyuk Britaniyada 50­53 foiz, AQSHda 50-52 foizni, Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida 63-67 foizni tashkil qiladi va bu o’z navbatida mamlakat iqtisodiy rivojlanishida xam, eksportda ham o’z o’rniga ega.
Bu esa, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni muvaffiqiyatli amalga oshirish iqtisodiy yuksalish va eksport importlarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi.
Hozirgi kunda respublika tashqi iqtisodiy faoliyat kompleksida kichik biznes sub’ektlar eksporti hajmini oshirish, uning samaradorlik darajasini ko’tarish uchun qator omillardan izchilrok foydalanish lozim. SHubhasiz, bu omillar asosini eng birinchi galda eksportchi sub’ektlar joylashuvi, ihisoslashuv darajasi, ularning transport, moliyaviy va boshqa infratuzilmalar bilan uyg’unligi, ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning raqobatbardoshlik darajasi va boshqalar tashkil qiladi.
Bugungi kunda milliy iqtisodiyotda kichik biznes sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu respublikada iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan strukturasini shakllantirish bo’yicha olib borilayotgan keng miqyosli tadbirlar zamirida yuzaga kelmoqda. CHunonchi, mazkur muhim tadbirlarda e’tibor berilayotgan bosh jabha, mahalliy xom ashyo asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va uning eksportga yo’ naltirilganlik darajasini oshirishdir.

Xulosa
Mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarning bozor qonuniyatlari asosida rivojlanishining bugungi sharoitida barqaror tashqi iqtisodiy faoliyatga erishish makroiqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim shartidir. Bugungi kunda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish hamda eksportbop mahsulot ishlab chiqarishni kuchaytirish, ayniqsa viloyatlar ishtirokini faollashtirish hamda samarali tashqi iqtisodiy faoliyatga erishish maqsadida import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan amaliy ishlarni olib borish lozim. Bu borada mahalliy xom ashyo va resurslarga asoslanish bilan bog’liq davlat ustuvor siyosatini amalga oshirish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tashqi bozorga chiqarish tizimi va tashqi savdo infratuzilmasining samaradorligini oshirish bo’yicha dasturlar majmuini ishlab chiqish talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlnishini siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, qulay sarmoyaviy muhit va soliq siyosati, boy mineral-xom-ashyo bazasi, energetika mustaqilligi, transport va ishlab chiqarish infratuzilmasi, mehnat resurslari va intellektual salohiyat, ishlab chiqarish ixtisoslashuvi kabi omillarga bog’liq deb aytish mumkin.
Kelgusida, Namangan viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy majmuani yanada takomillashtirish borasida quyidagi masalalarni hal etish maqsadga muvofiqdir:
Namangan viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari manfaatlarini ham ichki, ham tashqi bozorlarda himoya qilish;
milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning jahon iqtisodiyoti tizimiga integratsiyalashuvini rag’batlantirishga qaratilgan zaruriy shart - sharoitlarni yaratish;
tashqi iqtisodiy faoliyatning davlat tomonidan tartibga solish tizimlarini yanada
eksport salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini amalga
oshirilishini ta’minlash;
ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar faoliyatini har taraflama
qo’llab-quvvatlovchi tizimlarni yanada takomillashtirish;
viloyat iqtisodiyotining barcha jabxalarida raqobatbardosh maxsulotlarni
ishlab chiqarishga mo’ljallangan halqaro standartlarni joriy etish.
xorijiy mamlakatlar bilan zamonaviy texnologiyalarni standartlashtirish,
metrologiya va sifatni sertifikatsiya qilish sohasida hamkorlik qilish
ko’lamini yanada kengaytirish;
halqaro standart talablariga mos ravishda sifat ustidan nazorat tizimini joriy
etish;
to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarni jalb etish va halqaro standartlarga
javob beradigan hamda jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan
mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida viloyatimizning turli
hududlarida qo’shma korxonalar yaratilishini ta’minlash va ko’paytirish.
Namangan viloyatining MDX mamlakatlari va ayniqsa qo’ shni davlatlar bilan
savdo — iqtisodiy va moliyaviy hamkorliklarini yanada kuchaytirish;
kichik va o’rta biznes sub’ektlari tashqi iqtisodiy faoliyati
rivojlanishiga hamkorlik qilish;
Halqaro transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish orqali eksport
tovarlarining transportda tashish xarajatlarini kamaytirish va h.k.

Download 231,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish