Electron manbalar
www.literature.uz
http://www.referun.com/n/’issledovanie-zhizni-i-tvorchestva-alishera-navoi-v-zapadnoevropeyskom-vostokovedenii#ixzz2HOWXH4iO
http://www.payam-aftab.com/en/news/3094/Ali-Shir-Nava%27i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
GulDU prorektori
H.QO‘SHIYEV
________________
«___» ________2021-y.
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGI KAFEDRASI
TASAVVUF VA BADIIY IJOD
fani bo‘yicha
Bilim sohasi: 5200000 – Gumanitar fanlar va san’at
Ta’lim sohasi: 5220000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili)
ishchi o‘quv dasturi
Umumiy o‘quv soati – 104
Shu jumladan:
Ma’ruza – 22
Amaliyot mashg‘ulotlari – 14
Seminar mashg‘ulotlari – 16
Mustaqil ta’lim soati – 52
Guliston – 2021
Fanning ishchi o‘quv dasturi namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Fayzullayeva O.X. – GulDU O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi __________ (imzo)
Taqrizchi: Mamatqulov M. – GulDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi __________ (imzo)
Fanning ishchi o‘quv dasturi “O‘zbek adabiyotshunosligi” kafedrasining 2021-yil “___” _________ dagi ___ - sonli majlisida ko‘rib chiqilib, fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: O.Fayzullayeva
Fanning ishchi o‘quv dasturi “Filologiya” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 2021-yil “___” _______ dagi “____” - sonli majlisida tasdiqlandi.
Fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: M.Mamatqulov
KIRISH
Mustaqillik yillarida «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» (1997-yil 27- avgust), Davlat Ta’lim standarti va boshqa me’yoriy hujjatlar talablari asosida mamlakat universitetlarida fundamental tadqiqotlar bilan shug‘ullanish, bu ishga iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida o‘z reja va dasturlarini zamonaviy asosda qayta tayyorlanmoqda. Universitetlar va pedagogika institutlari tizimida 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi uchun “Tasavvuf va badiiy ijod” kursi ixtisoslik fani sifatida o‘qitila boshlanganiga o‘n yildan oshdi. Biroq mamlakatning ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida bu fanni o‘qitish izchil ilmiy-metodik tizimga solingani yo‘q. Ta’lim jarayonidagi ana shu ilmiy-adabiy ehtiyoj hisobga olingan holda mazkur o‘quv dasturi tayyorlandi.
Dastur ixtisoslik fanining talablaridan kelibch iqqan holda ikki bosqichli bo‘lib, uning I bosqichda Tasavvuf va badiiy ijod muammolari, tasavvuf nazariyasi va tarixi, tasavvufiy adabiyotning shakllanishi va taraqqiyoti hamda tasavvuf estetikasi masalalarini o‘rganish tavsiya etiladi. II bosqich esa Mumtoz poetika masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda sharq poetika maktabining shakllanish manbalari, o‘zbek mumtoz poetikasi asoslari va uning adabiyot ilmining bir sohasi sifatidagi taraqqiyot xususiyatlari o‘rganiladi. Har ikki bo‘lim talabalarning “O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi” fanidan olgan bilimlari asosiga qurilgan bo‘lib, uni takomillashtirish va chuqurlashtirish maqsadida Milliy universitetda olib borilayotgan ilmiy-pedagogik tajriba natijalariga suyanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |