Tariqat –Tarikat – truth – yo‘l ma’nosini anglatadi.
Ma’rifat – prosvetlenie – repentance - ma’naviy kamolot bosqichining ikkinchi bekati.
– Ma’naviy kamolot bosqichining uchinchi bekati
Haqiqat – pravda – target – ma’naviy kamolot bosqichining
so‘nggi bekati bo‘lib, unda so‘fiy haqning visoliga etishadi
Tavba – kayatsya – repentance – qaytish. Oliy axloqiy sifatlarga qaytish.
Vara’ - dieta - diet– parhez, ma’naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish.
Qurb – qurb – kurb - solikning o‘zini yaratganga yaqinlashganini his etish holati.
Shavq – upoenie – aggravation – muhabbatning zo‘rayishi
TARQATMA MATERIALLAR
Naqshbandiya tariqatining Munis dunyoqarashiga ta’siri
G‘.Sapayev, o‘qituvchi (UrDU)
XIX asr Xiva xonligida ijod qilgan shoirlar o‘z salaflarining g‘azallariga muxammaslar yozganlar, ularning diniy-irfoniy qarashlaridan bahramand bo‘lganlar. Xususan, naqshbandiya tariqatining Munis ijodiga ta’sirini uning “Manga” nomli g‘azalida yaqqol ko‘ramiz:
Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur manga,
Manzili ma’nig‘a Xizri roh Jomiydur manga.
Xotirimg‘a Xisraviydin har zamon sho‘re etib,
Banda davronning bori shirin kalomidur manga.
Piri Ansoriy so‘zidin choshni nutqum topib,
So‘zda hosil sharbati yuh’yil-izomidir manga.
Hofizi Sheroz lutfidin taraqqiylar topib,
Jilvagoh ahli tasavvufning maqomidir manga.
Yuzima Attor har lahza do‘koni fayz ochib,
Doim andin atrparvar jon mashomidur manga.
Fayzi Firdavsiy gahi ko‘nglum ochibdur iyddek,
Goh Hoqoniy futuhining payomidir manga.
Goh ta’bim Anvariy nuri bila ravshan bo‘lub,
Goh Sa’diy jomining fayzi mudomidur manga.
Topibon ishqi Iroqiydin zamirim nash’ae,
Hosil, ahli ishqning sho‘ri tamomiydur manga.
Nusxai ta’yid Bedildin topib fayzi suxan,
Ma’ni ichra nomai iqboli tomiydur manga.
Qilsa hosid daxli bejo so‘z aro yo‘qtur g‘amim,
Kim bu ma’nida Navoiy ruhi homiydur manga.
Tong emas, Munis, agar bo‘lsam kiromiy qadrkim,
Ustodi zohiru botin Kiromiydur manga.5
Munis bu she’rida nomlari keltirgan jahonga mashhur shoirlarning she’rlaridan ilhomlanganini, ularning har qaysi shoir dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatganligini, yangi g‘oyalar yaratishiga yordam berganligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, o‘tmish adiblarining ma’rifatchilik va ijtimoiy qarashlari Munis dunyoqarashi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qildi.
Munis mjodidagi orifona g‘azallar shoirning falsafiy qarashlari, dunyoni, borliqning mavjudligini tushunishni aks ettiradi. Ma’lumki, orifona g‘azallar muallifning qaysi falsafiy oqimga, tariqat yoki maslakka mansubligi, o‘sha tariqatning asosiy printsiplarini ifodalaydi va devonning boshida beriladi. Ilk g‘azallaridan birida Munis o‘zi ixlos qo‘ygan naqshbandiya tariqatini tilga oladi va bu tariqatning ilohiy ishq shaydolari uchun oqilona yo‘l ekanligini ta’riflaydi:
Soliki rohi fano ko‘rmas safar ranjinikim,
Naqshbandiy manzili maqsaddur avval kom ango6
Munis borliqni falsafiy tushunishda naqshbandiya ta’limotiga tayanadi. “Xilvat”, “xilvatguzin”, “xilvatxona” atamalari tasavvufga daxldor. Naqshbandiya tariqatining “xilvat dar anjuman”, “safar dar vatan” printsiplarining Munis dunyoqarashiga ta’sirini quyidagi g‘azallarda ko‘ramiz:
Xilvat qil anjuman arokim, shart emasdur –
O‘ltirmog‘ing qirog‘da tutib go‘sha chil-chil.
Yoki:
Talabda har sori bo‘lmoq musofir ermas shart,
Solik esang, vatan ichra qil safar mudom.
Bu kabi g‘azallarni Munis ijodidan ko‘plab keltirish mumkin. Xulosa shuki, naqshbandiya tariqatining hayotbaxsh falsafasi Munis dunyoqarashiga samarali ta’sir qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |