GLOSSARIY
Zohidlik – asketizm – sharia – tasavvufning ilk rivojlanish bosqichi
Oriflik – arif – ariflik - tasavvufning keyingi rivojlanish bosqichi
Shariat –– shariata – marriage – diniy qonun-qoidalar majmui
Tariqat –Tarikat – truth – yo‘l ma’nosini anglatadi.
Ma’rifat – prosvetlenie – repentance - ma’naviy kamolot bosqichining ikkinchi bekati.
– Ma’naviy kamolot bosqichining uchinchi bekati
Haqiqat – pravda – target – ma’naviy kamolot bosqichining
so‘nggi bekati bo‘lib, unda so‘fiy haqning visoliga etishadi
Tavba – kayatsya – repentance – qaytish. Oliy axloqiy sifatlarga qaytish.
Vara’ - dieta - diet– parhez, ma’naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish.
Mavzu: TASAVVUF ADABIYOTINING JANR XUSUSIYATLARI
Asosiy savollar:
Tasavvufiy adabiyotning o‘ziga xos janrlari
Tasavvuf adabiyotda janr tushunchasi va uning ifodalanish shakllari (nazm va nasr).
Mavzuning asosiy tayanch tushunchlari: «Manoqib», «qissa», «maqomot”, hikoyat, g‘azal, qasida, ruboiy, masnaviy, tuyuq, qit’a, fard. tarje’band va b.
Asosiy masalalar bo‘yicha darsning maqsadi: Talabalarga tasavvufiy adabiyotning o‘ziga xos janrlari haqida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:
1. Tasavvufiy adabiyotning o‘ziga xos janrlari haqida ma’lumot ayta oladi.
2. Mumtoz adabiyotdagi she’r navlarini tahlil qiladi.
Mavzuning bayoni:
Nasihat adabiyotining o‘ziga xos jozibasi, ta’sir kuchi va uslubi bor. Tasavvufiy adabiyotning «manoqib», «qissa», «maqomot» kabi janrlari ham shakllangan edi. «Manoqib»ning ma’nosi birovni ta’rif-tavsif etish demak. Ya’ni bunday asarlarda nom chiqargan shayxi murshidlarning karomat va holatlari, muridlarga munosabati ta’riflanadi, aniqrog‘i, baliiylashtirib, mubolag‘ali qilib tasvirlanadi. Natijada, shayxning o‘ziga xos obraz-timsoli gavdalantirilgan. Maqsad – shayxning faoliyati, so‘zi va ishlarini boshqalarga ibrat qilib ko‘rsatish edi. Bunda naql, rivoyat va hikoyatlar keltirish usulidan keng foydalaniladi. Ba’zi hikoyatlaru rivoyat larni turli «manoqib»larda uchratish mumkin (ko‘chib yuruvchi rivoyatlar). Rivoyatlar tarixiy voqealar bilan qo‘shib yuborilgan manoqiblar ham bor. Masalan, «Manoqibi hazrati Xoja Bahouddin Naqshband» (Muhammad Boqir asari) nomli manoqib to‘rt qismdan iborat: 1) Shayxning tavalludi va tarbiyasi, pirlari; 2) faoliyati, so‘zlari, nasihatlari; 3) karomatlari: 4) murid tarbiyalashdagi usuli. Asarda real tarixiy voqealar ham, qo‘shimcha badiiy to‘qimaga xizmat qiluvchi hikoyatlar ham aks etgan. Ammo tarixiy voqealar ham badiiy usulda bayon etilgan. Natijada, asarda hazrat Bahouddin Naqshbandning go‘zal siymosi, ulug‘vor ruhoniy rahbar sifatidagi xislatlarini ko‘rish mumkin.
Qissalar xalq kitoblari ruhida bitilgan. Bunga «Qissai Mashrab», «Bobo Ravshan», «Ibrohim Adham» nomli asarlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Yana shuni ham aytish kerakki, so‘fiyona hikoyat kitoblari ham anchagina. Shu kabi tazkiralarda ham naqpu rivoyatlar ko‘p keltiriladi. Muhim jihatlardan yana biri har bir shayx xislatlariga qarab naql va rivoyatlarning guruhdantirilganidir. Masalan, Robiya Adaviya haqida gap ketganda ishq-muhabbat mavzusida, Ibrohim Adhamga nisbatan taqvodorlikka oid, Boyazid Bistomiy haqida so‘z borsa, bexudlik haqida rivoyatlar keltiriladi.
Tasavvuf adabiyoti o‘zigacha bo‘lgan shakl va janrlardan ham keng foydalandi, chunonchi, lirik janrlardan ruboiy, g‘azal, qita, tarje’band, qasida; epik janrlardan masnaviy tasavvuf adabiyotining ham asosiy janrlariga aylandi. So‘fiy shoirlar bu janrlarni rivojlantirib, ularga yangi ruh bag‘ishpadilar. Ko‘p shoirlarda dunyoviylik bilan ilohiylik, ya’ni irfon qo‘shilib zuhur etadi. Hofiz Sheroziy, Sa’diy Sh eroziy, Kamol Xo‘jandiy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida dunyo go‘zalligi ilohiy husnu jamolning davomi va moddiy ifodasi sifatida olib qaraladi. Sh uning uchun ulardan sof diniy g‘oyalarni yohud sof dunyoviy g‘oyalarni qidirish, asarlarini bir-biriga zid qo‘yish noto‘g‘ri. Bu shoirlar uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism, vujud va ma’ni birgadir. Ular kuylagan reallik ilohiy sifatlarning mazhari va jilosi. Ilohiy mazhardan ilohiy manbaga qarab boradigan ruh ular uchun eng go‘zal ruhdir. Shu bois ham mazkur shoirlarning asarlarini so‘fiylar o‘z maqomida, oddiy kitobxonlar o‘z maqomida anglaganlar. Shuning uchun ham ularning asarlari ko‘p ma’noli, har bir ifoda etti qavat parda ichiga yash iringan. Masalan, mahbub deganda Xudoni, Payg‘ambarni, Pirni va sevgan kishisini anglash, soqiy deganda ham ayni shu to‘rt tushunchani e’tiborga olish, lab deganda pirning so‘zini, ilohiy fayzni, qosh deganda ilohiy olam bilan moddiy olam chegarasini, bel deganda komil inson xayolini, ingichka bel deganda komil inson xayolining nozikligini, ko‘z leganda komil insonning o‘zini nazarda tutish mavjud.
Bu timsollarni batafsil anglamay, so‘fiyona she’rni anglash mumkin emas. Ana shu timsollar orqali Navoiy va Mashrab lirikasida solik obrazi tiriladi. Tariqat yo‘lidagi musofir, ya’ni solikning kechinma va hayajonlari, Mahbub yodidagi talpinish, sarxushligi va xumori, vasl damlaridagi shodligi tasvirlanadi.
Umuman Navoiyda insonning Iloh tomon ko‘tarilishi (uruj) asosiy g‘oyadir. Shoir shu yo‘l iztirobi va martabalarini turli vositalar bilan tasvirlaydi. «Xamsa» dostonlari, «Lison ut-tayr» ham urujme’rojni tasvirlovchi asarlardir. Oddiylikdan murakkablikka, dag‘allikdan yu m sh oqlikka, nodonlikdan donolikka, oddiy imonlilikdan yuksak irfoniy imonga o‘sib chiqish. Boshqacha aytganda, kamolot kasb etish. Nanoiyning ijodida mutlaqiylik hukmron: mutlaqyaxshilik (ezgulik) va mutlaq yomonlik (yovuzlik)ni ko‘radi u. Uning uchun yomon – bu mutlaq qora rangda ko‘rinadigan yomonlik. Yaxshi – mutlaq yaxshilik, u nurli ranglar bilan jilolanadi.
Shoirning hayotga munosabati ham ana shunday. Uning uchun yomon shoh barcha yomon xislatlarni jamlagan odam, yaxshi shoh esa barcha ijobiy xislatlarni jamlagan shaxs.Yaxshi odam – xushaxloq, odil va oqildir. Yaxshilarning yaxshisi – eru ko‘kni bir nazar bilan qamrab olgan Bahouddin Naqshband yoki oriflar orifi Abdurahmon Jomiy. Bular ilohiy uruj darajalaridan ildamlashib ketgan valiy insonlar.
Komillik timsoli. Ular Navoiy nazarida reallik bilan noreallik yohud dunyo bilan g‘ayb olami orasidagi kishilardir. Ikki olamni bog‘lovchi komil insonning bir necha tipini Navoiy «Xamsa» asarida ko‘rsatib beradi. Voqean, adabiyotning o‘zi komillik belgisi, komil so‘z, komil ma’no va komil tafakkur ifodasi. Bularni egallagan inson komil xilqat bo‘la oladi. Demak, ulug‘ Alisher Navoiyning o‘zi komil insonning yorqin timsolidir. Komil xilqat bo‘lgan inson barcha narsada takomilni, etuk muntazamlik va muzayyanlikni ko‘rmoqchi bo‘ladi. Uning oliy orzusi – olamni ham, o‘zini ham nuqsonlardan xoli holda tasavvur etish, insonni nuqsonlardan xalos etish. Inson ruhi komillikka tashna, san’at va adabiyot esa shu chanqoqni bostirish uchun xizmat qilib kelgan. Inson ruhining mo‘’jiza mavjlarini, farah va xurramligini ifodalagan. Inson ruhi san’atdan oziqlanib yayraydi va barcha qudratini san’atda ko‘rsata oladi. Ulug‘ mutafakkir sh oirlar ijodi buni asrlar davomida isbotlab kelmoqtsa. Din, mifologiya, badiiy ijod birga, baqamti rivojlandi, bir-birini to‘ldirib, bir-biriga madad berdi. Barchasining muddaosi Inson edi, Insonni o‘rganish va poklash edi. Garchi ilohiy g‘oyalar kuylansa ham, lekin adabiyot inson qalbining ifodasi bo‘lib keldi. Zero, Iloh ham Inson qalbidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |