Taraqqiyotning o’zbek modeli – jamiyatning tadrijiy rivojlanish konsepsiyasi sifatida.
Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy
davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo’ldan — inqilobiy va tadrijiy yo’ldan borgan.
Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz
ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyusion) taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo’li ekanini
ko’rsatdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini
shunday izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, evalyusion yo’l bilan normal, madaniyatli
taraqqiyotga o’tish tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Bozor iqtisodi sari buyuksakrashlar, inqilobiy o’zgarishlar yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchilik bilan —bosqichma-bosqich harakat qilish kerak. Har bir sqichning qancha davom etishi hal qilishi lozim
bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining mehnat faoliyatiga
bog’liqdir»
25 - Mavzu: Aqliy va ma’naviy salohiyatning jamiyat ma’naviy yangilanishidagi o’rni
Reja:
1. Maktabdan boshlangan manaviy muhit
2. Ma’rifat orqali insonning iqtidori, iste’dodi, qobiliyatini namoyon qilish
3.Xulosa
Unda yuksak ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatlilik ustuvor bo‘lishi lozim. Umumta’lim maktabi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va faoliyati davomida ta’lim-tarbiyani rejalashtirish, o‘quv-pedagogik jarayonni olib borish, maktab ishlarini yuritishni tashkil qilishda qator me’yoriy hujjatlarga tayanadi. Davlatimizda yoshlarimizni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga bilim, ta’lim-tarbiya berish masalasi konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi.mizning asosini tashkil etgan, hayotimizning ajralmas qismiga aylangan, davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida turgan ta’lim masalasi Asosiy Qonunimizdan mustahkam o‘rin oldi. Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi. Tabiiyki, yurtimizdagi barcha o‘quv muassasalari kabi maktab ham o‘quvchilarida milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g‘oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptirish, ularni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida tarbiyalashga mo‘ljallangan. Maktab barkamol shaxs ta’lim-tarbiyasi ustuvorligiga ahamiyat qaratgan holda o‘quvchilarda mustaqil O‘zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni hakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog‘i,madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni o‘rgatadi.
Shuningdek, maktabning zimmasiga bilimli, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas’uliyatni to‘la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish vazifasi ham yuklatilgan. Muhimi, bugungi kunda axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan, fidoyi inson,o‘zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor, sog‘lom avlodniyetkazib berish jamiyat rivojining muhim asosidir.
Shu bois, ma’rifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat
ravnaq topadi, uning kelajagi porloq bo‘ladi. Misol
uchun, sohibqiron Amir Temur zamonida xalqimiz
ma’naviyat-ma’rifat borasida jahonda dong taratgani bejiz
emas.Ma’rifat ma’naviyatga yetaklaydi. Ma’naviyatni hayotga
singdirish faqat maorif orqaligina emas, ma’rifat o‘choqlari, turli ijodiy uyushmalar, tashkilot, muassasalar orqali ham amalga oshiriladi. Bu esa odamlar ma’naviy
o‘sishini ta’minlaydi, xalq ma’naviyati va ma’rifatining yuksalishiga imkon beradi.
Ma’rifat orqali insonning iqtidori, iste’dodi, qobiliyati, intilishiga yarasha ma’lum bir darajaga erishadi. Ma’rifat tarqatish yo‘li bilan siyosat va iqtisod sohalarida umum ijtimoiyo‘zgarishlar sodir bo‘lishiga erishish ma’naviyat ahlining mas’uliyatidir. Chunki chinakam ma’rifatli insonlargina o‘z yurtining taraqqiy etishiga, dunyoda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘sha oladi, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylashga qodir bo‘ladi. Bu esa ustoz va murabbiylar, ota-onalar, butun jamiyat zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Yoshlarga ta’lim-tarbiya beradigan, ularni
ma’naviyat-ma’rifatga chorlaydigan ustozlar hurmatini joyiga qo‘yish, ularga munosib sharoit yaratib berish eng dolzarb vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |