Mavzu: Tarixiy dalil va uning interpritasiyasi



Download 21,84 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi21,84 Kb.
#754457
Bog'liq
Tarixiy dalil va uning interpritasiyasi.


Mavzu: Tarixiy dalil va uning interpritasiyasi.
Tarix fani metodologiyasi haqida lush uric ha. Tarix fani metodologiyasi shakllanishining bosqichlari. Tarixchilarning tarixiy tadqiqotlar haqidagi fikrlari. О ‘zbekistonda tarix fani rivojlanishining tarixiy yo'li haqida. O'zbekiston tarixini o'rganishning tarixshunoslik masalalari. «Tarix fani metodologiyasi» fanida eng asosiy ko‘riladigan m asalalar «nazariya», «metodologiya», «tarix falsafasi», «metod» (uslub) kabi bir qator tushunchalar va ilm iy qarashlar bilan bogMiq holda ochib beriladi. Tarix nazariyasi — tarix haqidagi va ayni vaqtda u yoki bu tarixiy voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi um um iy tasavvurlar majmuyidir. Tarix nazariyasi har qanday holatda ham faqatgina tarixiy hodisalar haqidagi konkret — tarixiy tasavvur sifatida cheklanib qolm asdan, balki tarixiy bilishning eng yuqori darajasi sanaladi. Tarix nazariyasida asosiy e'tibor tarixni real voqelik sifatida o ‘rganuvchi um um iy m uam m olar (ontologiya) ham da tarixni bilish sifatida o ‘rganishga (gneseologiya) qaratiladi1. Tarix fani metodologiyasi ilm iy bilish faoliyati bo'lib, tarixiy tadqiqotlarning amalga oshirilishi, tahlili va o'rganilishiga qaratilgan faoliyatdir. M etodologiya ilm iy m uam m olarning qo‘yilishi xarakterini aniqlaydi, ularning yechilishidagi eng maqbul prinsiplar va yo‘nalishlarni aniqlaydi, tadqiqot m etodlarini tanqidiy baholaydi va tahlil qiladi. Tarix fani metodologiyasi (yunon. m etodos — usul, bilish yoMi, logos - so‘z) - mustaqil fan sohasi bo'lib, tarixni bilish, anglash uslublari haqidagi tarix fani tarm oqlaridan biri hisoblanadi. Bunda uslub (m etod) tarixiy tadqiqot vositasi sanaladi. Uslub (m etod)lar yordam ida tarixchi yoki tadqiqotchi yangi bilim lam i o'zlashtirishi yoki tarixiy jarayonlar haqida amaldagi 1 С моленский Н.И. Теория и методология истории. — М.: Академия, 2007. С. 3. 12 qarashlarni aniqlashi va ayni vaqtda ularga aniqlik kiritishi m um - kin. Bu qarashlar tarix fani metodologiyasi tushunchasi haqidagi dastlabki qarashlar boMsa, zamonaviy tarix fani sohasida fanning metodologiyasi tushunchasini tarixiy bilishning nazariy asoslarini toMigMcha, uning nazariy xususiyatga ega boMgan m uam m oviy jihatlarini ko‘rsatib berish sifatida qoMlaniladi. Boshqa ilmiy adabiyotlarda ko'rsatib o‘tilishicha, tarix (tarix fani) metodologiyasi — maxsus tarixiy fan sohasi boMib, ta ­ rix fanining predm eti va obyektini ham da ilmiy tarixiy bilishning nazariyasini aniqlab beradi. Tarix fanining ilmiy va ijtimoiy inavqeyini, tarixning fan sifatidagi tuzilishini o'rganadi. Tarixiy bilishning nazariyasini (umumfalsafiy, gneseologik va epistemologik asoslarini, tam oyillari, darajalari, turlari, bosqichlari, tarixiy bilish uslublari, tarixiy bilish natijalarining namoyon qilinishi, shuningdek tarixiy bilim lar shakllarini o ‘z tarkibiga olgan holda) yaratadi. Shuningdek, tarix fani metodologiyasi ta ­ rix fanidagi asosiy nazariy-m etodologik yo‘nalishlar, turli ilmiy m aktablar va ularning xususiyatlarini o'rganadi. Um um iy holda tarix fani metodologiyasi konkret-tarixiy tadqiqotlarni am alga oshirishning ilmiy bilish asoslarini shakllantiradi1. Bir so‘z bilan aytganda tarix fani metodologiyasi uslublar, tamoyillar, ilmiy tarixiy tushunchalar kabilar ko'rinishidagi konkret-tarixiy tadqiqotning nazariy aks ettirilishi deb hisoblash m umkin. Metodologiyaga oid tushunchalarning shakllantirilishi va yuzaga kelishida ham da bugungi kunda m a’lum boMgan ayrim m uam m olarining ishlab chiqilishida Suqrot (Sokrat), A flotun (Platon), Arastu (A ristotel)larning qarashlarini alohida ta ’kidlab oMish lozim. Suqrot tarixiy m ushohadaning dialektik tabiatini turli tasavvurlarning, tushunchalarning, ularning qiyosiy holatlarining Баринова Е.П., Иполлитов Г.М., Бобкова Е.Ю. Основы теории и методологии исторической науки: Учебное пособие в схемах. — М ., 2010. 13 ham da tarkibiy qism larga ajratilishining taqqoslash tahlili jarayonida birinchi o ‘ringa qo‘ydi. Olim mavhum tasavvurlardan tarkibiy qism larga ajratilgan aniq va tushunarli tasavvurlarga o ‘tishni m ukam m al hayotning yashash san’ati ko‘rinishida tasvirlaydi. Suqrotning qarashlarida mantiqiy jarayonlar axloqiy m aqsadlarga bo'ysundirilgan, maqsadga esa fikrning tashkiliy faoliyatining vositasi sifatida qaralgan. A flotun tushunchalar dialektikasi va kategoriyalarning m azm unini har bir buyum dan (narsadan) qidirishga qaratdi. A rastu tam oyillar tahlili, xulosalash va isbotlash qoidalarini, term inlar (atam alar, iboralar)ni aniqlashtirish m asalalarini, haqiqatga erishishda induksiya va deduksiyaning m ohiyatini fikrlashga, m ulohaza va m ushohada qilishga yo‘naltirdi. M etodologiya uchun m uhim hisoblangan kategoriyalar haqidagi bilim lar va ta ’lim ning bilish shakllarining shakllantirilishi m asalalari ham aynan A rastuga tegishlidir. A rastu shakllantirilgan m antiqiy tizim ni «organon» - haqiqiy bilishning asosiy quroli, vositasi sifatida ko‘rib chiqdi. Tarix falsafasi tushunchasi tarix fani m etodologiyasining tarkibiy qismi sifatida tushuniladi. Yangi davrda «tarix falsafasi» atam asi ham paydo bo'lgan. M azkur ibora ilk bor 1765-yilda tarixchi tarixiy voqealarni shunchaki tavsiflabgina qolm asdan, balki tarixiy jarayonni falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz m a’rifatchisi Volter (1694— 1778) tom onidan qoMlanilgan1. Biroq Volter yashagan davrgacha ham tarix falsafasi va bu tushuncha atrofida bir qator fikrlar bildirilganki, ularni antik davr tarixchilari va faylasuflarining qarashlarida ko'rish m um kin. G erodot, Gekatey, Platon, Fukidid, Aristotel, Plutarx kabi tarixchilarning va faylasuflarning asarlari va ularning m azm unidan ko'rish m um kinki, ularda o ‘zlarigacha yashab o ‘tgan insonlar, xalqlar, m adaniyatlar kabilar haqida va ayni vaqtda o ‘zlari ya1 Смоленский Н.И . Теория и методология истории. С. 3. shab turgan zam on kishilarining faoliyati, qilm ishlari, tabiat va inson o ‘rtasidagi o ‘zaro m unosabat va o ‘zaro ta ’sir haqida m a’lum otlar yig'ganlar, kuzatishlarini um um lashtirganlar, tarixiy dalillarni tavsiflaganlar va talqin qilganlar. Biroq bunda ular tarixiy jarayonlar va tarixiy dalillarni bugungi tarix fanidagi mavjud ilmiy va nazariy qarashlar asosida em as, balki o‘zlari to‘g‘ri va foydali deb hisoblagan usullar bilan talqin qilganlar. Aynan ana shu jihatlari bilan ham m azkur tarixchilar va faylasuflarning bugungi kunlargacha yetib kelgan m a’lum otlari va tarixiy tavsiflari ham da talqinlari m uhim aham iyat kasb etadi. O 'rta asrlarda (Avgustin va b.) tarix falsafasining predm eti sifatida avvalo Xudo va insonning o ‘zaro aloqasi m uam m osi, harakatlantiruvchi kuchi ilohiy vahiy sanalgan tarixiy jarayonning m azm unini aniqlash, tarixiy asarlarning m ohiyati va vazifasini o'rganish am al qilgan1. Sharqda tarix falsafasining (A.Beruniy, Ibn X aldun, A.B.Narxashiy, R .H am adoniy) predm eti sifatida jahon tarixi, um um iy tarixiy taraqqiyot qoidalari, yo'nalish va om illarini belgilovchi kishilik jam iyatining o ‘ziga xos davriylik nazariyasi alohida o ‘rin tutadi. «O dam lar kabi davlat ham o 'zin in g hayotiy davriga ega». Beruniy tarixni o ‘rganishda tahlil qilish, so'ng xulosalar chiqarish zarurligini tavsiya qilar ekan, uni davrlarga bo'lish, har bir davrning o“ziga xos jihatlarini aniqlash va ana shu usul orqali ijtimoiy hayotga, kishilik jam iyatiga tegishli va asosli baho berish m um kin deb hisoblaydi. Uyg'onish davrida va Yangi davrda (N ikkolo Makiavelli, Jam - battista Viko, Frensis Bekon, Tomas G obbs va b.) tarixning m aqsadi, yo'nalishini, shuningdek tarixiy jarayonda insonning, sinflarning rolini aniqlash (Ogyusten Tyerri, Fransua G izo, Ogyust Minye) tarix falsafasining predm etiga aylangan. . ^ a y e v N. Tarix falsafasining nazariy asoslari. — Т.: Ma'naviyat, 2008. 15 XIX asr oxiri - XX asr boshida tarix falsafasining ko‘pgina yangi yo‘nalishlari vujudga kelgan. Ularning h arb iri o‘z tadqiqot predmetiga ega boMgan. M asalan, tarixning aylanma harakati nazariyasi namoyandalari (Nikolay Danilevskiy, Osvald Shpengler, Arnold Toynbi), o‘z o'tm ishdoshlari kabi, o‘z oldiga tarixiy jarayon qonuniyatlarini aniqlash vazifasini qo'ygan. Xristian tarix falsafasining ko‘p sonli yo'nalishlari: neotom izm (Jak M ariten, Etyen Anri Jilson va boshq.), neoavgustizm (M oris Blondel, Gabriyel M arsel, Jan Lakrua), teyyardizm (Pyer Teyyar de Sharden) va qisman ekzistensializm (Karl Yaspers) namoyandalari tarixning m azm uni muammosini bosh m uam m o deb hisoblaganlar. Tarixiy bilishning gnoseologik nazariyasi va tanqidi namoyandalari (Vilgelm Diltey, Benedetto Kroche) esa tarixshunoslik (istoriografiya) doirasi bilangina cheklanib qolmaganlar, balki so‘zning keng m a’nosidagi tarixiy ongni ham tahlil qilganlar. Neokantchilik tarix falsafasi (Vilgelm Vindelband, G enrix Rikkert) va «analitik» tarix falsafasi (Ernest Nagel, Karl Gem pel va b.) ham o‘zining alohida predmetiga ega. XX asr tarix falsafasi aksariyat hozirgi yo'nalishlarining muhim xususiyati shundan iboratki, ularning predmeti sifatida jahon tarixi, hozirgi sivilizatsiyaning global m uammolari amal qiladi1. Tarix fani metodologiyasi mustaqil fan sifatida XIX asr oxirgi choragi — XX asr boshlari davomida shakllandi. Bu davrda tarix fanining m etodologik m uam m olari boshqa joylarga nisbatan G erm aniyada jadallik bilan o'rganila boshlandi va bu borada ikkita o‘ziga xos «m aktab»lar shakllandi. Baden m aktabining yetakchi vakillari nemis tarixchi va faylasuflari V.Vindelband (1848—1915) va G .R ikkert (1863—1936)lar edi. U lar o‘zlarining fanning metodologiyasi borasidagi qarashlarini shakllantirib, uni quyidagicha ifoda qildilar: «tabiiy fanlarning vazifasi - um um iy qonunlarni shakllantirsa, tarix fanining vazifasi — alohida dalillarni tavsiflashdir»2. 1 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 7. 2 hup://helpiks.org 16 Tarixiy bilishning rivojlanishi ayni vaqtda uning m etodologik asoslarining ham rivojlanishiga ta ’sir ko‘rsatdi. Tarix fanida m etodologiyaning qandaydir aniq birgina ko‘rinishi mavjud em as, undagi holatlarning o'zgarishlari bilan birga metodologik qarashlarning ham o ‘zgarishlari sodir bo‘lib boraveradi. Tarixiy bilishning rivojlanib borishi shunga olib keldiki, metodologiyaga bir yaxlitlik sifatida qarash yoki ayni vaqtda uning u yoki bu jihatlariga m unosabat bildirish tobora tushunarli va jonli ravishda, nazariy jihatdan m ukam m allashgan holda nam oyon bo'lm oqda. Tarixchi N .I.Sm olenskiyning ta’kidlashicha, har qanday fan metodologiyadan em as, balki bilishning m ukam m allashib borishi bilan uning m etodologik m uam m olarini aniqlab beruvchi faktik m ateriallarning to‘planib borishidan boshlanadi1. Zamonaviy tarix fanida oxirgi yillarda tarixiy tadqiqotlar sohalarida ham da ularning nazariy asoslari sohalarida yangicha yondashuvlar shakllanib borm oqda. Bunday yo‘nalishlar sifatida postm odernizm ni, m ikrotarixni, kundalik jarayonlar tarixini, mentalitet tarixini, og‘zaki tarixni, gender tadqiqotlarini ko'rsatib o‘tish m um kin2. M etod — tarixiy tadqiqotlar jarayonida aniq maqsadga olib boruvchi tadqiqot usullari va jarayonlar yig‘indisidan iborat, m etodning o‘zi nazariyadan, tadqiqot metodikasi va texnikasidan tarkib topadi. H ar qanday metod nazariy jihatdan asoslangan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida obyektiv va subyektiv xususiyat kasb etsada, obyektiv asosga ega. Biroq shunga alohida aham iyat berish lozim ki, har qanday metod ham obyektiv xulosalarga olib kelmasligi m um - kin. Bunda m etodning tanlanishi, uning to‘g‘ri qoMlanilishi va tanqidiy xulosalarning chiqarila olinishi tadqiqotchining bevosita o'ziga bog'liq va uning o 'rn i asosiy aham iyat kasb etadi. 2 Смоленский Н.И. Теория и методология истории. С. 4 Теория и методология истории. С. 13. 17 Karl Yaspers - «M en ilmiy bilim ga faqat m etodni anglaganim dagina ega bo‘lam an, uning vositasida men bu bilim ni egallaym an. Ilm iy bilim larga faqat bilim ning asoslanganligiga ishonch hosil qilganim dagina ega boMishim m um kin», - deb yozad i1. M a’lum ki, tarixchi-tadqiqotchi m etodlar yig‘indisidan ilmiy m uam m oni hal etish va yechim ini topishda foydalanadi. Tarixiy tadqiqotlar m etodlarining to‘rtta darajasi va yondashuvlari mavjud: 1. Falsafiy (har bir falsafiy yondashuv tarixga nisbatan o‘z qarashlariga ega). 2. U m um fan (tabiiy va gum anitar fanlarda qo‘llaniladi). 3. M axsus-tarixiy (faqatgina tarix fani tadqiqotlarida qo‘llaniladi). 4. A niq-m uam m oviy (tor doiradagi tadqiqotlar uchun). Tadqiqot m etodlarining yuqoridagi har to‘rtalasi o'zaro bir-biri bilan bogMangan bo‘lib, aniq-m uam m oviy va m axsus-tarixiy uslublar um um fan va falsafiy uslublarga asoslanadi. Hozirgi vaqtda tarixchilar fanlararo yondashuv — boshqa fanlar m etodlarini ham tarixiy tadqiqotlarda qo‘llamoqdalar. M azkur fanni o ‘qitish davomida tarix fani va uning nazariy asoslari, predm eti va tadqiqot uslublari ham da tam oyillariga bag'ishlangan m a’ruzalar orqali tarix fanining asosiy xususiyatlari ochib beriladi, tarixiy bilishning m etodologik kategoriyalari ko‘rsatib beriladi, tarixiy m anba, tarixiy dalil, tarixiy davr qonuniyatlar tahlil etiladi. Tarix fanining m etodlari va prinsiplari, fanlararo yondashuv tam oyillariga alohida e ’tibor qaratilgan. N azariy bilim lar so‘nggida tarixiy tadqiqotlar bosqichlari, tushuntirish m uam m olari va tarixiy tavsiflash m asalalariga ham to‘xtalib o'tiladi. — M etodologiya bilishning falsafiy nazariyasi, sotsiologiya va tarixshunoslik asosida shakllanadi. Tabiiyki, bilish nazariya1 XXI asrda ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. O 'zM U . 2008. 43-b. si masalalari bu fanda asosiy o ‘rin tutadi, biroq bu bilan asosiy e’tibor shunga qaratilishi m um kin em as, balki nazariy bilim lar tarixiy tadqiqotlar amaliyoti bilan m ukam m allashtirilishi lozim. Bunday tarixiy tadqiqotlar faylasuflar tom onidan amalga o s h ir ilm a y d i, shuning uchun ularning tarix fani metodologiyasi b o r a sid a bildirgan fikrlari ko‘p hollarda bahs va m unozaraga sab ab boMadi, aksariyat hollarda esa tarixchi-am aliyotchilar ularning fikrlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri inkor qiladilar. Tarix fani metodologiyasi tarixiy jarayonning m ohiyatini bilish maqsadida to‘plangan m a’lum otlarni tizim lashtirish, talqin qilish, o‘tm ish to‘g‘risidagi bilim larni o ‘zlashtirish vositalari va m ezonlarini ishlab chiqish demakdir. Tarix fani m etodologiyasiga yagona qarash mavjud emas. C hunki, tarixiy taraqqiyot jarayoniga, jam iyat va tabiatga qarashlarning turlichaligi tarix fani metodologiyasining ham turlicha talqin qilinishiga olib keladi. Tarix fani metodologiyasi kursini o ‘qish davomida tarixiy bilim lar nazariyasi haqidagi turli fikrlar o'rganiladi, ularning tarixiy bilimlarga xos boMgan ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qaratiladi. Bunda tarixchilarning falsafiy bilim larni ham da tadqiqotlarning falsafiy yondashuvlarining m ohiyatini ham chuqur egallaganliklari m uhim aham iyatga ega, ayni vaqtda faylasuflarning ham tarixiy tadqiqotlarning am aliy aham iyatini chuqur bilishlari m uhim dir. Shu holda har ikki fan sohalari vakillari nazariy bilim larning m ukam mallashuviga erishishlari m um kin. Bu esa ta ­ rixiy tadqiqotlarning nazariy aham iyati ortishiga olib keladi. Tarix fani metodologiyasini o ‘rganish jarayonida XIX asrning ikkinchi yarm idan boshlab yirik faylasuf olim larning ta ­ rix fanining nazariy asoslari to ‘g‘risida bildirgan fikr-m ulohazalari va bugungi kungacha turli darajada am alda boMgan qarashlari ~ pozitivizm, neokantchilik, strukturalizm , postm odernizm kabi bir qator yo'nalishlarning tarix fani tadqiqotlariga ta ’siri m asalalariga alohida to‘xtalib o ‘tiladi. Tarix fani metodologiyasi shakllanishi jarayonida bir qancha bosqichlarni bosib oMgan. 19 «Klassik* metodologiya. Bunda tarixiy voqelik obyektlarini o ‘rganish, o ‘tm ish haqidagi dalillarni tiklash, tarixiy tadqiqot jarayonida tadqiqotchining o ‘rnini yo‘q qilish yoki sezdirm agan holda tarixiy haqiqatni izlashga asosiy e ’tibor qaratildi. ♦Klassik bo‘lmagan* (noklassik) metodologiya avvalgi tarixiy tadqiqot nazariyasi yondashuvlari izchilligidan voz kechgan holda, tarixiy bilim larning qiyosiyligiga asoslanadi, tarixni esa «tarixchi ongining in ’ikosi* (tarixchi tom onidan voqeliklar va tarixiy jarayonlarning ketm a-ketlikda tuzib chiqilgan holati) sifatida ko‘rsatishga harakat qiladi. Strukturalizm (tizim lilik, o ‘zaro bog‘liqlik, sistem alilik)da tarix ijtim oiy-m adaniy maydonda insonlar tarixini siqib qo‘ydi va birinchi o ‘ringa turli tizim lar (strukturalar) qo‘yildi. «Postnoklassik» metodologiya bilish subyektining qarashlaridan kelib chiqqan holdagi qadriyatlarga, intellektual ijod jarayonlarini (til shakllari, m atnlar) o ‘rganishga asosiy e ’tibor qaratadi. Shu tariqa postm odernistlar tadqiqot obyektini subyektdan, dalillarni uydirm adan alohida ajratm aydilar va obyektiv haqiqatga erishishni shubha ostiga qo‘yadilar. Yuqoridagi qarashlarning alohida xususiyati shundaki, ular bugungi kun tarix tadqiqotlarida ham am alda mavjud bo‘lib, turli darajada qo‘llaniladi. Zam onaviy tarix faniga XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida asos solindi. M etodologiya bo'yicha dastlabki ishlar asrlar chegarasida paydo boMdi. Shu vaqtda shakllangan dastlabki asosiy qarashlar tarixiy tadqiqotlar m etodlarini qoMlash borasidagi tavsiyalardan iborat bo‘ldi. Klassik pozitivizm tushunchasi Sh.Langlua va Sh.Senyobosaning «Tarixni o'rganishga kirish* asarida ko‘rsatib berildi. Pozitivistlar tarixni «pozitiv* bilim ga aylantirishga harakat qildilar. Bu tushunchaning m ohiyati shundaki, pozitivistlar ham m a haqiqiy, pozitiv bilim lar konkret fanlarning m ahsulidir, falsafa esa bunday bilim larni bera olmaydi, shuning uchun uning keragi yo‘q, degan g‘oyaga asoslangan subyektiv qarashga ega edilar. 20 Ular tarixiy dalillar bilan qanday ishlash, m anbalarni tahlil qilish bo‘yicha bir qancha m etodlarni tak lif qildilar. Nem is tarixchilari va neokantchilari W in d e lb an d va G .R ikkertlar «pozitiv tarix» g‘oyasiga qarshi chiqib, tarixni jam iyatning rivojlanib boruvchi qonuniyatlari asosida emas, balki, alohida va takrorlanm as holatlar, ko‘rinishlar asosida o ‘rganishni tarixchining oldiga vazifa qilib qo'ydilar. Bu vaqtda Germ aniya va boshqa bir qator davlatlarda yuqoridagi har ikki qarashlarni tanqid qilib chiqqan va tarixni o‘rganishda m aterialistik yondashuvni ilgari surgan, keyinchalik, XX asr oxirlariga kelib esa o‘z ahamiyatini yo'qotgan marksistik yo‘nalish shakllandi. XX asr boshlaridan Rossiya tarixchilari ham tarix fani m etodologiyasi borasidagi bahslarga qo‘shildilar. 1913-yilda N .I.K areyev o‘zining «История. Теория исторического познания» kitobini nashr qildi. Bu kitobda m uallif pozitivistlar qarashlarini m a’qullagan. N eokantchilik yo‘nalishini m a’qullab yozilgan nashrlardan biri A .Lappo-D anilevskiy qalam iga m ansub boMib, uning ikki qism dan iborat «М етодология истории» nom li asari 1910 va 1913-yillarda nashr etilgan. Rus tarixshunoslari ham ta ­ rix fani metodologiyasini yevropalik tarixchilar nuqtayi nazarlaridan yondashgan holda talqin qilganlar. XX asrning 30-yillarida bu sohaga bag‘ishlangan bir qator ishlar amalga oshirildi. Shulardan biri R.K ollingvudning «Идея истории* nom li («Tarix g‘oyasi») kitobi bo'lib, 1946-yilda, m uallifning vafotidan so‘ng chop etilgan. Dastlab unchalik e’tibom i tortm agan bu asar keyinroq tarix fani m etodologiyasi sohasida asosiy adabiyotlardan biriga aylandi va bir necha bor qayta nashr etildi. M azkur kitobda antik davrlardan boshlab tarix borasidagi fikrlar sharhlab berilgan1. Tarix fani metodologiyasi sohasida chop etilgan kitoblardan yana biri «Annallar m aktabi»ning asoschisi M .Blokning «Апология истории или ремесло историка* («Tarixning m adhi yoki taQarang: Коллингвуд Р.Дж. Идея истории; Автобиография. — М ., 1980. 21 rixchining hunari») kitobidir. M uallif o‘z asarida pozitivistlar va neokantchilar qarashlariga qarshi chiqib, o ‘zining yangi qarashlarini bayon qiladi. U «voqeaviy* va tavsifiy xususiyatga asoslanilgan tarixni tanqid qilib, ikkinchi jahon urushidan keyin keng tarqalgan tizim li-tahliliy yondashuvni tak lif qildi1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda tarix fani m etodologiyasi borasidagi bahs va m unozaralar yana avj oldi. Yangi nazariy-falsafiy qarashlar shakllanib, ijtimoiy va gum anitar fanlarda fanlararo yondashuv qaror topdi. Avvaldan mavjud bo‘lib kelgan bahs — tarixning fan ekanligi (stiyensistlar) yoki san’at va adabiyotning bir ko‘rinishi ekanligi (antistiyensistlar) borasidagi eng yirik olim lar ishtirokidagi bahslar yana avj oldi. 1962-yilda L ondonda E .K arrning «What is History?*2 («Tarix nima?*) nom li asari nashr etildi. Bu kitobda R.K ollingvuddan so‘ng birinchi m arotaba tarixiy bilish va tarixiy jarayonning bir tizim ga solingan tahlili berildi. A sar faqatgina Buyuk Britaniyada em as, boshqa m am lakatlarda ham keng tarqaldi. M uallif pozitivistlar qarashlariga xos boMgan m anbalarga «topinish» (dalillarning ilohiylashtirilishi) g‘oyasiga m utlaqo qarshi chiqdi. H ar bir dalil (fakt) subyektiv holat — interpretatsiya bilan bogMiq. Bunda tarixchining shaxsiy qarashlari va ijtimoiy m ansubligini e ’tibordan chetda qoldirm aslik lozim , deb ko‘rsatadi. U L.R ankening ta ­ rixni «qanday sodir boMgan boMsa, shundayligicha* ko‘rsatish kerak degan fikrini nostalgik rom antizm (his-tuyg‘ularga berilgan holda ideal qahram onlarni qo‘msash) deb hisobladi. Ayni vaqtda u «dalil (fakt)lar hech nim a, interpretatsiya — ham m a narsa* deb hisoblagan prezentistlarning fikriga ham qat’iy qarshi chiqdi. Bu fikrning bir tom ondan to‘g‘riligi shundaki, dalillar (faktlar) tarixchisiz hech nim a, biroq tarixchi ham dalillar (faktlar)siz hech kim . E .K arrning ta ’kidlashicha, tarixga quram a (aralash) dalillar (faktlar)ning yigMndisi sifatida qarash yoki tarixchining 1 М .Блок. «Апология истории или рсмссло историка». - М., 1973 2 Сагг Е.Н. What is History? su b y e k tiv aqliy m ahsuli sifatida qarash maqsadga muvofiq emas. Garchi ayrim xatoliklarga yo‘l qo‘yilsada, obyektiv interpretatsiya muhimdir. E.K arr tarixda sababiylik nazariyasi ham da o ‘sha vaqtlarda turli e’tirozlarga sabab bo‘lgan rivojlanish g‘oyasini ilgari surgan edi
Download 21,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish