Mavzu: tariqatchilik tariqat



Download 51,14 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2022
Hajmi51,14 Kb.
#462513
  1   2   3
Bog'liq
Tariqatchilik


Mavzu: TARIQATCHILIK
Tariqat (arabcha — yoʻl, usul) — tasavvufga xos tushuncha. Unga koʻra, sufiy yoki solik tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi lozim. Bundan tashqari T. tushunchasi koʻproq tasavvuf yoʻnalish (suluk)i, tarmogʻi maʼnosida qoʻllaniladi. Tarixda tasavvuf tariqatlarini notoʻgʻri tushunish va talqin qilish natijasida baʼzi mutaassiblikka berilish holatlari ham kuzatilgan. Tasavvufda T. koʻp boʻlgan, mas., tayfuriya, qodiriya, suhravardiylik, bektoshiya va boshqa Oʻrta Osiyoda naqshbandiya, kubroviylik, yassaviylik T.lari tarqalgan.
Tariqat (arabcha: طريقه yoʻl, usul) — so’fiylikka xos tushuncha. Uch maʼnoda ishlatiladi: 1) umuman soʻfiylik yoʻli; 2) soʻfiylikning muayyan tarmogʻi, yoʻnalishi; 3) soʻfiylik bosqichlaridan biri. Lekin Tariqatni soʻfiylik yoʻnalishlari (suluklari), tarmoqlari maʼnosida qoʻllash kengroq tarqalgan. Soʻfiylikning bosqichi sifatida Tariqat soʻfiylar oldiga qoʻyiladigan oʻziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni oʻz ichiga oladi. Tariqatga qadam qoʻyish — tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin Tariqat yoʻlida soʻfiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambagʻallikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va boshqa bosqichlarni oʻtaydi. Soʻfiylikning baʼzi yoʻnalishlari insonni nafaqat zohidlik, balki mutaassiblik yoʻliga ham yetaklaydi. Soʻfiylikda Tariqatlar gʻoyatda koʻp boʻlgan. Hozirgacha ayrim Sharq mamlakatlarida saqlanib kelayotgan qodiriya (Eron va Afgʻonistonda), rifoiya (Eron), tayfuriya (arab mamlakatlari), mavlaviya (Turkiya), chishtiya (Hindiston, Pokiston), bektoshiya (Turkiya), safaviya (Eron) va boshqa shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyoda esa, ilgaridan naqshbandiylik, kubroviylik,yassaviylik tariqatlari tarqalgan
Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Hakim Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror, Alisher Navoiy, So‘fi Olloyor, Ya’qub Charxiy kabi allomalar tomonidan boyitilgan tasavvuf ta’limoti xalqni yagona maqsad atrofida birlashtirib, jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik rishtalari kuchayishiga xizmat qilgan. Tasavvufdagi bag‘rikenglik tamoyili asosida shakllangan halollik, mehnatsevarlik, adolat va rostgo‘ylik kabi insoniy fazilatlar turli millat va din vakillarining bir hududda tinch-totuv va hamkorlikda yashashlari uchun qulay muhit yaratgan.
Tasavvuf — uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga, uning ijtimoiy tafakkuri ezgu g‘oyalar asosida shakllanishiga xizmat qilib kelgan diniy va dunyoviy qarashlar uyg‘unligidan iborat ta’limotdir. Mintaqa san’at va madaniyati, adabiyot va falsafiy fanlari rivojida uning ta’siri beqiyos.
Bugungi kunda tasavvuf ta’limotining tarixiy shakllanish jarayonlarini tadqiq etish, tasavvuf adabiyotini xolisona o‘rganish barobarida uning bugungi globallashuv sharoitida insonlar hayotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, diniy va dunyoviy qarashlar uyg‘unligidan iborat tasavvuf ta’limotining to‘g‘ri talqini bir jihatdan turli mutaassib ekstremistik g‘oyalarga qarshi turishga xizmat qilsa, uning noto‘g‘ri talqini turli tariqatchilik harakatlariga asos yaratib beradi. Uzoq asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga xizmat qilgan Movarounnahr tasavvuf ta’limoti XVIII asrdan boshlab islom mamlakatlarida mutaassib g‘oyalar asosida shakllanib, bugunga qadar tobora avj olib borayotgan salafiylik, jihodchilik hamda boshqa oqim va harakatlarga qarshi turishda ma’naviy to‘siq vazifasini bajarib kelgan. Movarounnahr tasavvufi boshqa yurt tasavvuf ta’limotlaridan o‘ziga xos xususiyatlari, maqsad va yo‘nalishlari, usul va uslubiyati bilan farqlanib turgan. Zero, tarixan Turon zaminida shakllangan bag‘rikenglik tamoyillariga yo‘g‘rilgan o‘lka tasavvufi asrlar davomida turli din, millat. va madaniyat vakillari yonma-yon totuv yashab kelishlariga o‘z hissasini qo‘shib kelgan.
Ayniqsa, Movarounnahrdagi yirik tariqat hisoblangan naqshbandiyani boshqa tariqatlardan farqlab turuvchi, tarkidunyochilik emas, ijtimoiy faol hayot tarziga undovchi «Dil ba yoru, dast ba kor» shiori ostida shakllangan ilmiy-ma’naviy merosini diqqat bilan o‘rganish qadriyatlarimizga yuksak e’tibor berilayotgan bir vaqtda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, naqshbandiya tariqatida yuksak ma’naviy mezonlar, insoniy fazilatlar haqidagi ta’limotning kundalik hayot va oddiy insonlar turmush tarziga yaqinlashtirilgani uning tadrijiy taraqqiyotiga hamda har qanday zamon va makonga mos kelishiga. zamin yaratgan deyish mumkin. ToshDShI qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi qo‘lyozmalar fondining salmoqli qismini tashkil etuvchi tasavvufga oid asarlarning aksariyati naqshbandiya tariqatiga oid ekani ham bu ta’limotning diyorimiz tarixida tutgan o‘rni nechog‘lik katta ekanini ko‘rsatadi.
Albatta, naqshbandiya bilan bir qatorda yurtimiz tarixida
Download 51,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish