Mavzu: tarbiyaviy tadbirlar asosida oʻquvchilarni kerativ fikrlashga oʻrgatish mundarija: kirish


"Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida



Download 470,12 Kb.
bet6/9
Sana17.07.2022
Hajmi470,12 Kb.
#817870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ismoilova Goʻzal Azamat qizi

"Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarini takomillashtirish pedagogik muammo sifatida
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Zero, jamiyatda kechayotgan islohotlarning samaradorligi uning fuqoralari ega bo’lgan ma’naviyatiga bog’liq. Shu sababli ham mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh avlod tarbiyasi va uning ma’naviyatini shakllantirishga asosiy e’tiborni qaratib:”Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi”5- degan edilar. Darhaqiqat, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, yosh avlod ma’naviy tarbiyasi nechog’li ahamiyatli va kechiktirib bo’lmas masaladir. Chunki, bugungi yoshlar ertangi O’zbekistonning kelajagi va bunyodkorlaridir. Demak, har jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalash mamlakatimiz oldida turgan dolzarb vazifa ekan, avvalo bunday shaxslarni tarbiyalab, voyaga yetkazish uchun boshlang’ich sinflarda tahsil olayotgan murg‘ak qalb egalarining ongiga ona Vatan, Vatanni sevmoq, Vatan taraqqiyotiga hissa qo’shish kabi tushunchalarni chuqurroq singdirish lozimki, shu ruhda tarbiya topayotgan yosh avlod kelajakda mamlakat, xalq manfaatlarini o‘z manfaatlari bilan uyg‘un holda ko’radigan, har jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishadilar. Bunday shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazishda ta’lim va tarbiya jarayonining almashinib bo’lmas o‘z o’rni bor. Shuningdek, dars jarayonining davomi sifatida yo’lga qo’yiladigan sinfdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi ham o’quvchilar hayotini zavqshavqqa to’ldirish bilan birga mamlakatimiz rivoji uchun barkamol insonlarni tarbiyalab berishdan iborat.
Maqsadga yo’naltirilgan holda tashkil etiladigan sinfdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi o‘quvchilarning darsda olgan bilimlarini yanada mustahkamlash, amalda qo‘llay bilish, kasbga yo’naltirish, xalqimizning boy merosi, an’analari bilan yaqindan tanishtirish kabilarni o’z ichiga oladi. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarda bunday tarbiyaviy tadbirlarni maktablarda ko‘proq tashkil etilishni taqozo etiladi. Chunki, kichik maktab yoshidagi bolalar o’ta qiziquvchan, o’yinqaroq, taqlidchan bo’ladilar, ular tadbirlarda ishtirok etishdan katta zavq oladilar. Tadbirlarni maktablarda tashkil etishda milliy qadriyatlarimiz namunalari boy manba bo’lib hisoblanadi. Bunday tadbirlarda o’quvchilar mashhur allomalarimiz, vatanparvar insonlarning Vatan uchun olib borgan kurashlari, xalq og’zaki ijodi namunalari bilan tanishib boradilar hamda ularda ham Vatanga e’tiqod, ota-onaga hurmat, mehnatsevarlik, insoniylik kabi hislatlar tarbiyalanib boradi. Mustaqillikdan keyin mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni dunyo andozalari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, barkamol insonni tarbiyalash Respublika ijtimoiy tarqqiyotida ustuvor soha deb belgilanganligi bois maktablarda tarbiyaviy ishlarni yo’lga qo’yishga alohida e’tibor qaratildi. Shu boisdan 1993 yil “Maktabdan va sinfdan tashqari ishlar konsepsiyasi” yaratildi.
Ma’naviy yangilanish-islohotlar amalga oshirilayotgan har bir mamlakatda ro’y beradigan ijtimoiy hodisalardan biri bo’lib kelgan. Ma’naviy yangilanish-bu avvalo, xalqimizning boy milliy-ma’naviy merosini xolis o’rganish, yosh avlodni ana shu qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning milliy tafakkurini har qanday yot qarashlardan poklashni taqozo etadi. Ma’lumki, har bir shaxs, jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmuni, shakl, metodlariga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning asarlari, nutq va maqolalarida ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berilgan. Unda bayon qilingan fikr va qoidalar asosida ma’naviyat va ma’rifatning ilmiy asoslari va uni rivojlantirishga qaratilgan qator dasturlar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etilmoqda. Ma’rifatparvarlar M. Behbudiy, A.Avloniy, A.Shakuriy va boshqalarning ta’lim-tarbiyaviy g’oyalari ta’lim tizimida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning mazmunini takomilashtirishga asos bo’ladi. Shu bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ilmiy-nazariy va metodik asoslari mamalakatimiz pedagog olimlari tomonidan ham tadqiq etilgan. Xususan shaxs ma’naviy madaniyati va uni shakllantirishning pedagogik xususiyatlari hamda unga yangicha metodologik yondashuv masalalari(O.Musurmonova) yoshlarni ma’naviy tarbiyalashda oila va milliy qadriyatlarning ahamiyati(M. Inomova) yuqori sinf o’quvchilarida axloqiy madaniyat va uni tarbiyalash(U.Mahkamov) masalalari shular jumlasidandir. Ayniqsa, S. Ochilovning “Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari ( O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov asarlari misolida) nomli tadqiqot ishi alohida ahamiyat kasb etadi. “Boshlang’ich ta’lim Konsepsiya”sida (mualliflar: Q. Abdullayeva, R. Safarova va b.) ta’lim jarayonini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish va bu jarayonni rivojlantirishga qaratilgan qarashlar, pedagogik nazariya hamda bilimlar, ilmiy farazlar fondi sifatida boshlang’ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning hal etilishi lozim bo’lgan jihatlari mavjudligini ta’kidlaydi. Shu bilan birgalikda boshlang’ich sinf o’quvchilarini ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning turli qirralari yoritilgan. Ammo, boshlang’ich sinflarda tashkil etiladigan bayram tadbirlarini interaktiv metodlar asosida takomillashtirish ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish tadqiq etilishi yetarli darajada emas. Bu esa “Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan bayram tadbirlarini takomillashtirish mavzusini tadqiq etishimiz uchun asos bo’ldi. Takomillashtirish omili safatida esa interfaol metodlar imkoniyatlarini o’rganishga harakat qilindi. O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o’z mazmuniga ko’ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Buning uchun esa boshlang’ich sinflarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishga e’tibor bilan yondashish lozim. Chunki, boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda sinfgdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning boy tizimidan unumli foydalanilsa, bolalarda yaxshi fazilatlarni shakllantirish, o’quvchilar ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko’rstayotgan omillarning oldini olish mumkin bo’ladi. Bu tizim tanlovlar, sport musobaqalari, teatrlashtirilgan bayramlar, aytishuv shaklidagi tadbirlar, o’yinlar, badiiy kechalar, sinfdan tashqari o’qishlar, Mustaqillik bayrami, Konstitutsiya kuni, O’qituvchilar va Murabbiylar kuni, Navro’z bayrami, Yangi yil bayrami, Hosil bayrami, Alifbe bayrami,Boysun bahori va boshqa qator tadbirlarni o’z ichiga oladi. Mazkur bayram-tadbirlar sinf rahbarlari, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlarining yillik tarbiyaviy ishalr rejalarida ifodalanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda, jamiyatimizning kelajagi bo‘lmish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan o’tkaziladigan bayram tadbirlarini takomillashtirib boorish muhim ahamiyatga egadir. O’quvchilarni musiqiy ommaviy tadbirlarga jalb etish, tashkiliy tayyorgarlik jarayonida har bir tadbir mazmuni, mohiyati haqidagi suhbatlar, o’quvchilarni tasavvur va tushunchalarini kеngaytirish bilan xayotga faol va qizg’in munosabatlarini ham shakllantiradi. Maktablarda o’tadigan turli sohadagi taniqli, ilm-fan, san'at madaniyat, adabiyot, qishloq xo’jaligi namoyondalari bilan uchrashuvlar ham katta ahamiyatga molik tadbirlardan hisoblanadi. Bunday tadbirlarga bag’ishlangan badiiy kontsеrt dasturlari ham o’z navbatida tarbiyaviy xaraktеr kasb etadi. Ijodkorlarning san'at va madaniyat, uning xayotiy ahamiyati haqidagi fikrlari, o’z ijodlaridan namunalar o’qishi. Hayotiy tajribalari haqida suhbatlari har bir qatnashchining xayotga munosabatida ma'lum o’zgarishlar sari undaydi. Ma'lumki, maktab hayotida musiqa o’qituvchisining faoliyati juda xam ko’p qirralidir. Maktabda musiqiy-estеtik tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari faoliyatlar jarayonida uni takomillashtirish, mazmundorligini oshirib borish katta ma'suliyat yuklaydi. Mana shu faoliyatda uning qanchalik o’z kasbiga fidoyiligi, o’quvchi - yoshlarni sеvishi ular taqdiriga ma'suliyati namoyon bo’ladi. Xuddi shu ma'suliyat xissini to’ygan va o’z kasbini sеvgan va ulug’ maqsadlar sari intiluvchi o’qituvchi o’zining kasbiy faoliyati taqozosidan kеlib chiqib turli-turli tadbirlarni tashkil etish va o’tkazishga har doim mas'uliyat bilan yondashish lozim bo’ladi. Shunday ekan musiqa tarbiyasining ommaviy shakllari biz yuqorida to’xtalib o’tgan tadbirlar bilan chеklanib qolmaydi. Musiqa o’qituvchisining maktab ma'naviyat ishlari bo’yicha dirеktor o’rinbosari bilan bamaslahat tarzda vaqti-vaqti bilan o’quvchilarni san'at va madaniyat dargohlariga ekskursiyalar uyushtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Xalqimizda “ming marta eshitganidan, bir marta ko’rgan afzal” dеgan maqol bor. Albatta san'at dargohlarida (tеatr, filarmoniya, ijodiyot uylari) va kontsеrtlarga tashrif va u yеrdagi profеssional jamoalarning musiqa san'atining turli yo’nalishlari va janrlari bo’yicha ijrolari, xatto rеpitеtsiyalari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. San'atga ishtitoqmand yoshlarni xavaskorlarini kuchayishiga va o’z ko’rganlari va eshitganlarini “o’zicha” takrorlash va taqlid qilishga o’sha ko’rgan san'atkori darajasida ijro etishga intilib xarakat qilishiga olib kеladi. Hozirgi kunda maktablarda ‘‘Alifbе” bayramlarini qizg’in tayyorgarlik bilan o’tkazish an'anaga aylangan. Mana shu bayramlarni sinf o’qituvchisi va musiqa o’qituvchisining o’zaro hamkorligidagi tayyorlangan dastur asosida o’tkazilishi ularni qiziqarli, ta'sirli va ko’ngilli o’tishini ta'minlashda muhim omil bo’ladi. Hatto muhtaram Birinchi Prezidentimizning asarlarida ham tarbiya haqidagi fikrlar uzluksiz keltirilgan. “Yangi avlodni tarbiyalash xalqni tarbiyalash demakdir”. Shunday ekan yangi avlodni bor kuch-qudratimizni ishga slogan holda amalga oshirmog’imiz kerak. O’quvchilarni turli madaniy tadbirlarning konsеrt dasturlarida chiqishlariga intilish va sharoit yaratish o’quvchilar uchun o’ziga xos sinov vazifasini bajaradi. Ularda ishonch xissini tug’diradi va sahna madaniyati bilan tanishtiradi. Musiqiy ommaviy tadbirlarda o’qituvchi - rahbar o’zining asosiy maqsadini hеch qachon unutmasligi kerak. Bu to’garak mashg’ulotini, ayrim bayram tadbirlariga tayyorlanayotgan konsеrt dasturimi yoki ko’rik tanlovlarga tayyorgarlikni, qatiy nazar o’quvchilarning musiqa xaqidagi vokal - xor va ijrochilik malakalarini shakllantirish, musiqiy - nazariy bilim, ko’nikma va shakllantirib borish bilan yondashish kеrak. Barcha tadbirlarni o’tkazish bilan u haqida suhbatlar o’tkazib borishi, san'at va madaniyat sohasidagi yangiliklardan o’quvchiishtrokchilarni xabardor qilib borishi lozim. Shuni ham ta'kidlab o’tshi joizki, musiqa tarbiyasining ommaviy shakllari ham o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra bir maqsad yo’lida xizmat qiladi. Shunday ekan musiqa darslarida olingan malakalar mana shunday ish shakllarini tayyorgarlik va o’tkazilishi jarayonida amaliy ahamiyat kasb etishi lozim. Umumta'lim maktablaridagi musiqa o’qituvchisining ommaviy ishlar rеjasi maktab ma'muriyati tomonidan tasdiqlanadi. Ommaviy musiqiy ishlar rеjasi yillik kalеndar asosida va maktabning ko’p yillik hayotiy an'analari, imkoniyatlari va mavjud xavaskorlik to’garaklari imkoniyatlaridan kеlib chiqqan holda maktab musiqa o’qituvchisi va maktabning ma'naviy tarbiyaviy ishlar bo’yicha dirеktor o’rinbosari maktab yеtakchisi bilan hamkorlikda tuziladi. Ommaviy ishlarning ayrimlari o’quvchilar yoshiga qiziqishlari va bayramlar uchrashuvlar mazmunini hisobga olgan holda tuziladi. Ommaviy musiqa mashg’ulotlarning har biri aniq. ishlab chiqilgan rеja asosida amalga oshiriladi. Bunda har bir mashg’ulot turiga qarab uning maqsadi, qanday vazifani bajarishi, mashg’ulotining xususiyati, rеpеrtuar mazmuni maktab imkoniyatlari, tadbirlarga taklif etiladigan mеhmonlar, o’tkazilish joyi, uning bеzatilish holati, kеrakli musiqa cholg’ulari, tеxnik vositalar hisobga olinib o’quvchilar jalb etiladi.
Yosh kitobxon” ko’rik tanlovi ssenariysi.

O’qituvchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz ota-onalar va kitobsevar bolajonlar. Avvalo bugungi “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovimizga xush kelibsizlar. Aziz tadbirimiz ishtirokchilari, hammamizga ma’lumki bugungi kunda kitobga bo’lgan mehr-muhabbat uni sevish, qadrlash va qiziqish yanada ortib birmoqda. Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovlar va ularga berilayotgan (g’olib o’quvchilarga mukofotlar) lar bejizga emas albatta Buning yagona maqsadi Bolalar va yoshidan qat’iy nazar barcha insonlarni kitobga bo’lgan dunyoqarashini o’zgartirishdan iborat albatta . Shu o’rinda buyuk yozuvchimiz O’tkir Hoshimovning “Kitob dunyoning sakkizinchi mo’jizasidir” degan iboralar juda o’rinli. Shunday ekan aziz va ota-onalar farzandlarimizga kitob olib berishni unutmaylik. Birgalikda kitob o’qish ota-ona va bolaning o’zaro munosabatini yaxshilaydi. Kitob o’qigan bola xato yozmaydi, orfografiya va punktuatsiya qoidalariga amal qiladi, fikrlash qobiliyati, dunyoqarashi kengayadi va xato yozilgan jumlani bir zumda topadi va eng muhimi o’z-o’zidan farzandingiz faol kitobxonga aylanadi.


Xudo xayringizni bersin,
Yana umringizni bersin,
Uyingizga oftob oling —
Bittagina kitob oling.

Hurmatli tadbirimiz ishtirokchilari bugun bizning 4-“B” sinf o’qucvchilari ham o’z bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida 10 nafar o’quvchimiz ”Yosh kitobxon ” ko’rik tanloviga (bellashadilar) . 5 ta shart asosida bellashadilar. Hozir sinfimiz o’quvchilari tomonidan kitobga ta’rif berish, uning paydo bo’lish tarixi va qanday ishlab chiqishi haqida qisqacha fikrlarini eshitsakda, keyin bellashuvni boshlasak.


Marhamat

1-o’quvchi: Kitob insonning dunyoqarashini rivojlantiradi so’z boyligini oshiradi.
2-o’quvchi: Kitob insonga olamni tanitadi. O’zligini tanitadi.
3-o’quvchi: Kitob inson tomonidan yaratilgan eng bebaho ixtirodir.
4-o’quvchi: Kitob bir necha ming yillar avval paydo bo’lgan. Bizgacha turli ko’rinishda bo’lgan
5-o’quvchi: Kitob dunyodagi bor bilimlarni o’rgatuvchi beminnat ustozdir.
6-o’quvchi: Bobilliklar , Osuriyaliklar kitob tayyorlash uchun yumshoq loydan yasalgan taxtachalarga uchli yog’och asosida maxsus belgilar tushirishgan.
7-o’quvchi : Xitoyda kitobni yupqa bambukka, qadimgi Misrda tosh taxtalarga o’yib yozishgan.
8-o’quvchi: O’rta Osiyoda ham kishilar o’z fikrlarini tosh, spool, suyak va boshqa materiallarda ifodalaganlar.
9-o’quvchi: -Kitoblar darslik, ertak, fantastik, ilmiy, tarixiy kabi turlarga bo’linadi.
10-o’quvchi:- Kitoblar kutubxonalarda tartib bilan saqlanadi. Kutubxona barcha “kitoblar uyi” , kitoblar saqlanadigan joy degan ma’noni bildiradi.

O’zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Kitob oling ” she’ri.


Otchopardan kimxob oling,
Ne bo‘lsa — behisob oling,
Ammo qaytar chog‘ingizda
Bittagina kitob oling.

O‘rikzordan koshin oling,


Sirg‘alidan moshin oling,
Jaholatning boshin oling,
Bittagina kitob oling.
Otchopardan kimxob oling,
Yuz ming turlik sharob — sizga,
Palov — sizga, kabob — sizga,
Oh chekurman qarab sizga,
Bittagina kitob oling!

Siz ulug‘siz qorin bilan,


Qazi-qarta, norin bilan,
Dilga ham bir azob oling,
Bittagina kitob oling.

Yeng shimarib “xo‘sh” degaysiz,


Oshu nonu go‘sht degaysiz.
Ma’rifat deb savob oling,
Bittagina kitob oling.

11 -o’quvchi: – Kitob ko’zimizning nuri qalbimiz gavharidir.


12 -o’quvchi: -Kitob insonning bir umrlik do’sti, eng yaqin sirdoshidir.
13 -o’quvchi: – Kitob insonni yuksaklikka ko’taradigan beqiyos qanot.
14 -o’quvchi: -Kitob mutolaasi dunyodagi eng zavqli mashg’ulotdir.
15 -o’quvchi: – Amir Temur bobomiz, “Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning , ilmu donishning asosidir. Hayotni o’rgatuvchi murabbiydir” deganlar.
16-o’quvchi: -Qadimdan ota-bobolarimiz kitobni e’zozlashgan. Uning varaqlarini yirtib iflos joylarga qo’yish gunoh sanalgan.
17-o’quvchi: Kitob ko’rmagan kalla Giyoh unmagan dala
18-o’quvchi: – Qadimda kitoblar qo’lyozma tarzida tayyorlangan. Ularni xattotlar oqqa ko’chirganlar.
19-o’quvchi: – XV asr oxirida Yevropaning ko’p shaharlarida kitoblar bosish usuli bilan ishlab chiqilgan .
20-o’quvchi: – Kitob juda ko’p insonlarning mehnati samarasidir. Shuning uchun undan ehtiyot bo’lib foydalanish zarur.
Yeng shimarib “xo’sh” deysiz, Osh-u non-u go’sht deysiz. Ma’rifat deb, savob oling, Bittagina kitob oling.
Do‘kon qiling, market qiling,
Uylarni ham parket qiling,
Siz ham bir iztirob oling —
Bittagina kitob oling.

Umr o‘tar — yelib qoling,


Yulib qoling, olib qoling,
Oqar suvdan xitob oling,
Bittagina kitob oling.

Kimlar qolar izingizda,


Tik qarolmay yuzingizga?
Avval o‘g‘il-qizingizga
Bittagina kitob oling.

Xudo xayringizni bersin,


Yana umringizni bersin,
Uyingizga oftob oling —
Bittagina kitob oling

Endi marhamat qilib, tadbirimiz ishtirokchilarini davraga chorlasakda bugungi shartlar bilan tanishtirsak.


Shartlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi.Har bir shart 5 ball bilan baholanadi.
“Bilimdonlar bahsi”
2-shart “ Quvnoq yulduzcha”lar (test topshiriqlari)
3-shart : “Bo’shliqni to’ldir”
4-shart : “Bahru-bayt”
5-shart : (ifodali she’r aytish)
1-shart: Har bir ishtirokchi chiqib bittadan raqam tanlaydi, raqam ostida yozilgan bolalar shoirlari va buyuk allomalardan birining hayoti va ijodi haqida qisman aytish va uning biror asari, hikoyasi va she’rlaridan aytib berishlari kerak.
Har bir shart uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
2-shart: (Quvnoq yulduzchalar) Bu shartga o’quvchilar 2 daqiqa ichida nechta test savollariga javob bera olishlari aniqlanadi. Har bir to’g’ri javob uchun 5 ball beriladi.
3-shart (Bo’shliqni to’ldir) Ekran orqali. Bu shartga o’quvchilar ekranda yozilgan she’rdagi bo’shlig’ini to’ldirishi kerak. 2 daqiqa vaqt beriladi.
O’zbegim deb keng jahonda
Ne uchun ______ ______ !
O’zligim boʻlmoqqa davrim
_____________O’zbegim
4-shart: “Bahru-bayt” Bu shartda o’quvchilar bilimdon va chaqqonliklarini she’rxonlik qobiliyatlarini namoyish etadilar.( 4 qator she’r o’qiydi, she’rning oxirgi harfidan boshlab yana she’r o’qishni davom ettiradi).
5-shart: Bu shartda o’quvchilarga (Audio orqali ertak o’qib eshittiriladi ular ertakning nomini topadilar. Har bir shart oxirida o’quvchilar ifodali she’r yoki raqs ijro etadilar. G’olib o’quvchi aniqlanadi va maxsus sovg’alar beriladi va tadbir oxirida qizlarimiz ijrosida “O’zbekiston” raqsini tomosha qilamiz. O’qituvchi: Aziz bolajonlar bugun tadbirimizdan kitob bebaho boylik ekanini bilib oldik. Kitob barcha davrlarda bolalarning dunyoni aniqlashi, do’st orttirishi, hayotda o’z-o’rnini topishga yordam berib kelgan.Shunday ekan, kitobni seving, qadrlang va o’qing. E’tiboringiz uchun rahmat. Xayr salomat bo’ling.

Download 470,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish