Mavzu: tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan pedagogik talablar reja



Download 23,37 Kb.
bet1/10
Sana31.12.2021
Hajmi23,37 Kb.
#210997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TARBIYACHI NUTQIGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR


MAVZU: TARBIYACHI NUTQIGA QO‘YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR

REJA:

1. Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to ‘g‘ri rivojlantirish uchun namuna sifatidagi ahamiyati va bilimlar manbai, tarbiya vositasi ekanligi.

2. Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan pedagogik talablar.

3.Tarbiyachining o'z nutqini takomillashtirish ustida ishlashining zarurligi.

4. Tarbiyachining nutq madaniyati va kommunikativ mahorati.

5. Tarbiyachi nutqining ta’sirchanligi va ifodaliligi.
Tilshunoslik bolalar nutqni kattalarga taqlid qilish yo'li bilan egallab olishlarini isbotlab berdi. Tarbiyachining nutqi ona tilini endigina o'rganayotgan bolalar uchun namuna va ularga ta'sir etish vositasidir. Bolalar hali tajribalari yo'qligi, nutqlari yaxshi rivojlanmaganligi sababli kattalar nutqidagi yaxshi jihatlarga ham, yomon tomonlarga ham bir xilda taqlid qilaveradilar.

Har bir yosh guruhidagi bolalar, o'z tarbiyachilari bilan maishiy-xo'jalik, mehnat, o'yin faoliyatida muloqotda bo'ladilar. Tarbiyachi bolalar o'yinini tashkil etadi, badiiy asarlarni o'qib beradi yoki hikoya qiladi. Mana shu jarayonda tarbiyachi nutqining yaxshi tomonlari ham, nuqsonlari ham yaqqol namoyon bo'ladi va bu xususiyatlar tarbiyalanuvchilar nutqida o'z aksini topadi. Demak, bolalar bog'chasi tarbiyalanuvchilarining nutq xususiyatlari to'laligicha tarbiyachi nutqiga bog'liq. Doimo bolalarning diqqat markazida bo'lgan tarbiyachining nutqi bolalar uchun madaniy nutq namunasi hisoblanadi.

Tarbiyachi har doim o'z nutqiga tanqidiy nuqtayi nazardan qarashi, agar nutqida biror kamchilikni sezsa, uni darhol bartaraf etishga harakat qilishi lozim. Biroq u har doim ham o'z nutqidagi kamchilikni aniqlashga muvaffaq bo'lmaydi, chunki uning diqqati nutqining shakliga emas, balki mazmuniga qaratilgan bo'ladi. Bundan tashqari, uzoq vaqtgacha o'z nutqiga ehtiyotsizlik, e'tiborsizlik bilan qaraganligi tufayli, ayrim kamchiliklar nutqiga mustahkam o'rnashib qolishi va bu nuqson o'ziga mutlaqo sezilmasligi mumkin. Buning uchun tarbiyachi hamkasblarining ko'rsatmalariga amal qilishi va bu kamchilikni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.

Tarbiyachi uchun namunali nutqni egallash —bu uning o'z kasb-koriga tayyorligini belgilovchi ko'rsatkich hisoblanadi.

Taniqli pedagog, bolalarni ona tiliga o'rgatish uslub va uslubiyotlarini ishlab chiqqan uslubiyotchi, maktabgacha tarbiya bo'yicha mashhur mutaxassis, professor Y.I.Tixeyeva tarbiyachi nutqiga yuksak baho berib, shunday degan edi: „Bog'chada bola­lar beixtiyor taqlid qiladigan namuna tarbiyachi (bog'bon)ning tilidir, tarbiyachming tili bolalar tiliga g'oyat samarali va nihoyatda kuchli ta'sir ko'rsatadigan hamma narsalarni o'zida birlashtira-digan bo'lishi kerak. Bog'bonning tili bekam-u ko'st, adabiy taiaffuzning har qanday nuqsonlaridan xoli bo'lishi lozim".

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, har bir tarbiyachi o'z nutqidagi nuqsonlarni aks ettiruvchi daftar tutishi, unga kamchiliklarini belgilab borishi, so'ngra ularni bartaraf etish bo'yicha reja tuzib, ishni tashkil etishi kerak.

Har bir tarbiyachi-pedagog nutqiga qo'yilgan talablarni juda yaxshi bilgan holda o'z nutqidagi kamchiliklami bartaraf etib borishi kerak.

Tarbiyachi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:


Download 23,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish