Diksiya ustida ishlash. Diksiya deganda — sof, aniq, ravshan nutqni, tovush talaffuzini tushunamiz. Yaxshi diksiyani hosil qilish uchim artikulatsiya apparati a'zolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak (lablarni sust harakatlanishini, tilning kam harakatchanligini va hokazolarni bartaraf etish), to'g'ri nafas olish va chiqarishga ahamiyat berish lozim. Buning uchun pastki jag', til, lablar harakatini rivojlantiruvchi maxsus mashqlarni bajarish kerak. Tarbiyachi bu mashqlarni oyna oldida o'tirib bajaradi.
Pastki jag' muskullari harakatini rivojlantirish uchun tarbiyachi quyidagi mashqlarni bajarishi mumkin:
1. Pastki jag'ni tishlar orasidagi oraliq ikki barmoq kengligida bo'lguncha erkin ravishda qo'yib yuborish.
2. Bir nafas chiqarishda unli tovushlarni talaffuz etish.
3. Unli tovushlarni (a, o, u, i) ovoz qo'shib aytish.
4.Bir nafas chiqarishda bir nechta unli tovushni birgalikda
cho'zib talaffuz etish.
Unli tovushlarga boy bo'lgan maqollar, tez aytishlar, topishmoqlar, so'z o'yinlarini aytish.
Do'stlaringiz bilan baham: |