Mavzu: тa’limni tashkil etishga innovatsion yondashuv. O’qituvchining innovatsion faoliyati



Download 115,8 Kb.
bet1/7
Sana21.04.2022
Hajmi115,8 Kb.
#568357
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ТA’LIMNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV


Mavzu: ТA’LIMNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV. O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI


REJA:



  1. Ta`lim jarayonida shaxs. o’quvchi shaxsining ta`lim jarayonidagi o’rni, faoliyati.

  2. Innovatsiya haqida tushuncha

  3. Pedagogning innovatsion faoliyati

  4. Darslarda interfaol innavatsion usullardan foydalanish

Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar:


SHaxs rivoji, biologik omil, sotsial omil, ta`lim-tarbiya, jismoniy, aqliy, ma`naviy kamol topish, sog’lom avlod, biologik, psixologik asoslar.
O’quvchining bilim olishdagi erkinligi, huquqi. Erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta`lim muassasalarida o’quv-tarbiyaviy ishlarni pedagogik texnologiya “rel’s”iga o’tkazishni taqozo etadi. Albatta, bu jarayon oson kechmaydi: bugun ixtiyoriy qurilayotgan va joriy etilayotgan o’qitish tizimini qat`iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirish kerak. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari - bilim, ko’nikma, ijodiy faoliyat, ob`ektiv borliqqa munosabatlar - pedagogik jarayon mahsulidir va ma`lum pedagogik tizim doirasida shakllantiriladi. Pedagogik texnalogiya esa amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik tizim loyihasidir. Unda pedagogik tizim nima? Uning tarkibi qanday? Bu savollarga javobni mavjud pedagogik nashrlardan topish mumkin.
N.V Kuz’mina pedagogik tizim o’zida ta`lim va tarbiya maqsadiga bo’ysindirilgan o’zaro bog’liq tarkibli elementlardan tashkil topishini uqdiradi, ular: pedagogik maqsad; o’quv va ilmiy axborot; pedagogik aloqa vositalari; o’quvchilar va pedagog (12). V.P. Bespal’koning ta`rifiga ko’ra “Pedagogik tizim ma`lum shaxs sifatlarini shakillantirishga tartibli, aniq maqsadni ko’zlab va oldindan o’ylab pedagogik ta`sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo’lgan o’zaro bog’liq vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisidir” (5, 6).
Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo’lishi kerak. Agar maqsad o’zgarsa mavjud tizim ham o’zgarishi muqarrardir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo’ydi. Demak, Milliy dastur ta`lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib milliy mafkuraning tarkibiy qismini tashkil etadi. Faqat ijtimoiy (davlat) buyurtmasigina ta`lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq belgilab beradi yoki oliy (o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar) ta`lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o’zaro bog’liqligi muhim muammolardan bo’lib, u ko’p munozaralarga sabab bo’ladi. SHaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko’plab ichki va tashqi ta`sirlar va omillar orqali ro’yobga chiqadi.
Inson hayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib, o’zgarib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi.
Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma`naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fani rivojlanishni biologik va sotsial xususiyatlari o’zaro chambarchas bog’liq bo’lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tamonlama kamol topishining samarali bo’lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta`sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta`lim va tarbiya hamda faoliyatining ta`siri va ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma`lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog’liqdir. SHaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. SHu sababli shaxsni ma`lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.
Prezident I.Karimovning 2000 yil “Sog’lom avlod yili” deb e`lon qilishda so’zlagan nutqida: “Bizning ezgu niyatimiz - kelajagi buyuk davlat va erkin jamiyat qurish. Bizning taraqqiyot, strategiyamiz sog’lom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga qaratilgan”, deb ta`kidlaydi.
Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muhim muammolardan hisoblanadi. SHu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga to’g’ri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta`sir sabab va vositalarini bilish zarur.
SHaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta`sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya`ni biologik omil hamda muhit, ta`lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi.
Ma`lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi.
SHaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya`ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e`tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. SHunday ekan, odam bolasi tug’ilgandan so’ng unda shaxs bo’lib shakllanishi, etuk inson bo’lib voyaga etishi imkoniyati mavjud bo’ladi. Bola o’zining avlod-ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar ham nasldan naslga o’tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta`sir ko’rsatadi. SHunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.
Muhit – bu shaxsga ta`sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muhiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya`ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muhim rol’ o’ynaydi. Mustaqil O’zbekistonimizda ta`lim tizimini isloh qilish, kadrlar tayyorlash milliy dasturini qabul qilinishi barkamol avlodni yaratishdagi dastlabki qadamlardir. SHaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta`sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqealarning to’g’ri ijobiy ta`sirini amalga oshirish imkoni tug’iladi. Muhit beraolmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga etkazish mumkin. Bundan tashqari muhitning salbiy ta`siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo’lmaydi. SHu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo’ladi. Pedagogik jihatdan to’g’ri uyushtirilgan har qanday faoliyat xoh o’yin, mehnat, o’qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta`sir ko’rsatadi. SHaxs ulg’aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o’zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o’zgarib boradi. SHu sababli bola hayotida o’yin, o’quvchi hayotida o’qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.
O’quvchi va talabalarning rivojlanishida o’quv jarayonlarining ahamiyati va ta`siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o’zlashtirish ularning tafakkurini o’stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo’lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy xulq normalari shakllanadi. SHaxs qaysi yoshda bo’lishidan qat`iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma`naviy kamol topishida muhim manba hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo’ladilar, o’zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko’ratishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas`uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o’z-o’zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O’z-o’zini tarbiyalashga ota-ona, o’qituvchining tarbiyaviy ta`siri yanada samarali bo’ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o’zaro bir-biriga ta`siri va munosabatlari mavjud, chunki qaerda tarbiya jarayoni muammolari to’g’ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta`sir ko’rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi.
SHaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo’lmay, balki yosh xususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo’ladi. Tarbiya jarayonida o’sayotgan avlodning yosh va o’ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma`lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o’quvchi-talabalarning har birini o’ziga xos xususiyatlari, psixik jarayonlari mavjud.
Bu o’ziga xoslik rivojlanish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi. YOsh xususiyatlarini hisobga olish, bola xususiyatiga moslashish emas, balki shu yosh davrda bola imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta`lim va tarbiya ishlarini tashkil etish demakdir. SHundagina shaxs rivojlanishiga tarbiyaning ta`siri samarali bo’ladi. Bolalarni o’qitish va tarbiyalashning muvaffaqiyati o’qituvchining har xil yoshdagi bolalar o’rtasidagi tafovutlarni qay darajada hisobga olishiga bog’liqdir. SHunday ekan, tarbiyachi maktabgacha yoshdagi va maktab hamda o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida ta`lim olayotgan o’quvchi talabalarning yosh davrlari bilan xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim. SHaxs, uning xarakteri, xulq-atvori, umuman jismoniy va ma`naviy taraqqiyotini o’rganish shuni ko’rsatadiki, bu jarayon murakkab va ziddiyatlidir. SHu sababli rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, balki bunda sakrashlar, notekisliklar ham sodir bo’ladi.
SHunday ekan, o’qituvchi va tarbiyachilar bolaning yoshi oshgan sari uning ehtiyojlarida,intilish va qiziqishlarida qanday sifat o’zgarishlari sodir bo’layotganini muntazam kuzatib borishlari lozim.
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta`kidlaganidek, pedagogika fanining eng muhim vazifasi shaxs rivojlanishini har jihatdan o’rganishdir va o’qituvchining ishda muvaffaqiyat qozonish sharti o’z o’quvchilarining xislat va xususiyatlarini bilishidir.
Kishi tug’ilgan kunidan boshlab sotsial mavjudot bo’lib qoladi. Uning xarakteri, xulq-atvori, shaxsi barcha ijtimoiy omillar yig’indisi ya`ni tevarak-atrofdagi odamlarning unga munosabati, namuna ko’rsatishlari, mafkuralari, o’z faoliyatida hosil qilgan tajribasi ta`sirida shakllanadi. Albatta, ijtimoiy omillar inson shaxsining har tomonlama shakllanishi samarali ta`sir ko’rsatadi. Pedagog bolaning muayyan rivojlanish davridagi xususiyatlari, xarakteri va fe`l-atvorini belgilovchi omillarning hammasi birgalikda ta`sir ko’rsatishini bilishi lozim.
SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko’rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
O’smir va o’spirinlar faoliyatining asosiy turlariga o’yin, o’qish va mehnat kiradi. Ular yo’nalishiga ko’ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik, hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqishga ko’ra tanlangan sohalardan iborat. Faoliyatning asosiy turi – muloqotdir.
Faoliyat faol va passiv bo’lishi mumkin. O’smir faoliyati muhit va tarbiya ta`sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning butun vujudi bilan sevib, o’z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilish, o’zini shaxs sifatida ko’rsata olishi unda o’z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko’zga tashlanadi.
Ta`lim jarayonida faollik o’quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam egallashga, o’z qobiliyatini namoyon etishga yo’llaydi. Bilishga bo’lgan faollik o’quvchining intellektual rivojlanishini ta`minlaydi.
Faollik ko’rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi. ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatining ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko’ra, o’quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo’ladi. Ta`lim muassasasida hamma vaqt bir xil talab shaxs rivojlanishida ijobiy natija beravermaydi. Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o’zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining garovidir. CHunki har bir inson o’z mehnati, g’ayrati, intilishi bilangina faollashadi. O’qituvchi qanchalik yaxshi o’qitmasin yoki tarbiya bermasin, tarbiyalanuvchining o’zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi. Zero, barcha ma`naviy-axlohiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o’z faoliyatini to’g’ri yo’lga qo’ymaganligidadir.
SHuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir. Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik xislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta`lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta`siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Masalan, ko’rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg’ayrat yoki g’ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig’inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta`siri bo’lib, o’qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual – o’ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o’ziga xos xususiyatini o’rganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma`nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o’quvchilari bilan 10-sinf o’quvchisini tenglashtirib bo’lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta`lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi, og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o’sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o’rganishga qiziquvchan bo’ladi.
Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha va ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o’quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo’ladi, his-tuyg’ulari mazmuni o’zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.
O’rta maktab yoshi (o’smirlik 12-15 yosh). O’smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe`l-atvoriga ta`sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba`zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.
Hozirgi davr o’smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko’zga tashlanadi:
1. Intellektual rivojlanish – tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to’garaklar, studiya, sektsiya, turli tadbirlar o’tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o’qishga qiziqishi ortadi.
2. O’z-o’zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o’zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.
Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda o’smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo’ladi. Bu o’smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar – yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.
Lekin o’smirlarnig hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas. 38 foiz o’smir hech qaysi o’quv fanlarini o’qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o’quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o’quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o’smirlar qiziqishi o’qituviga bog’liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o’qishlari ham barqaror emas.
Turli to’garaklarga 21 foiz o’smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug’ullanadi. 40 foiz o’quvchida sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo’q.
Eng muhim qiziqish – teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o’smir tomosha qiladi.
Ular oddiy kunni o’z ixtiyorlari bilan qanday o’tkazadilar, degan savolga javob topish uchun o’tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o’smir vaqtini o’z holicha o’tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko’radi, 50 foizi sport bilan shug’ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. SHuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga bordigan o’smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.
O’smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tomonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta`sir etadi. SHuning uchun maktab hayoti “qiyin” vazifalarga to’liq bo’ladi.
Bu yoshda o’smirlar kattalar oldida o’zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O’z-o’zini tarbiyalashga bo’lgan talab o’sadi. “Dangasa”, “qo’pol”, “bee`tibor”, “qobiliyatsiz” degan kattalarning baholarini ular og’rinib qabul qiladilar.
O’smir yoshida o’g’il va qiz bolalar o’rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. SHuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e`tibor berish lozim.
O’z-o’zini tarbiyalash natijasida o’g’il bolalar kuchli, erkin, e`tiborli, jasur; qizlar esa – o’ta ko’nikuvchan, kamtar va jiddiy bo’la boshlaydilar.
SHuning uchun o’smirga o’z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13-14 yoshgacha o’smirda burch hissi, mas`uliyatni his etish, vazminlik paydo bo’la boshlaydi. Muhimi, o’smir shaxsini hurmat hilish, kamsitmaslik, katta bo’lib qolganligini tan olish zarur.
Katta maktab yoshi – kollej, litsey o’quvchilari (o’spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi. his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. SHuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma`lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.
O’spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o’qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma`naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o’zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo’ladi. O’zini kattalardek his etish, o’ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o’ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o’z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o’z qiziqishlari bilan o’lchaydilar. SHu bois ularga katta yoshlilarning beg’araz, to’g’ri yo’nalish berishlari o’ta muhim.
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.
Albatta, bu borada ta`lim muassasasida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta`siri katta ahamiyatga ega. CHunki o’spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo’lib, ularning bu hayotga to’g’ri qadam qo’yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo’lishining muhim shartidir.



Download 115,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish