Mavzu: тa’limni tashkil etishga innovatsion yondashuv. O’qituvchining innovatsion faoliyati



Download 115,8 Kb.
bet6/7
Sana21.04.2022
Hajmi115,8 Kb.
#568357
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ТA’LIMNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV

Pedagog. Pedagogik texnologiyaning loyihachisi ham, uni amaliyotga joriy etuvchi ham pedagog (6-element) hisoblanib, malakali mutaxassis tayyorlashdek muhim ijtimoiy (davlat) buyurtmasini bajaradi. Xo’sh, pedagogning pedagogik tizimda tutgan o’rni nimadan iborat?
1. O’qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta`lim-tarbiya maqsadini (2-element) tashxislanuvchan holda aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ajratilgan vaqt ichida unga erishishni ta`minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to’g’risida xulosa qilish mumkin bo’lsin.
2. O’qituvchi belgilangan ta`lim maqsadiga to’g’ri keladigan o’quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini (3-element) saralashda fanning abstraktsiya pog’onalarini (b) va o’zlashtirish darajalariga (a) mosligini inobatga olishi zarur.
3. O’qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni (4-element) tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq holda loyihalashi kerak. Bu talablar jadallashtirish va tabiatan monandlik printsipidir. Jadallashtirish printsipi didaktik masalalarni ma`lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo’llashni talab etadi. Ta`lim va tarbiyada jadallashtirish printsipini aniqlab beruvchi omil o’quvchilarning ma`lum faoliyatni o’zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchi printsip o’quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanadiki, bunda mumkin qadar o’quvchilarning keng doirada tajriba (bilim, ko’nikma va ijodiy faoliyat) egallashiga imkon tug’diradigan va ularning aqliy zakovatini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin.
4. O’qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o’qitishning samarali shakllaridan (5-element) foydalana olishi zarur. Bu pedagogik tizimda elementlarning ma`lum qonuniyat asosida bog’liq ekanligini bildiradi. Bu bog’lanishlardan foydalanish va maqbul bo’lgan tashkiliy shakllar topish ta`limda rasmiyatchilikni yo’qotishga yo’l ochadi.
5. O’qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo’lgan o’quvchi (talaba)ning (1-element) ta`lim mazmunini va tarbiya ta`sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar bilan nazorat qilib borishi lozim. Olingan axborotlar pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki pedagogik tizimdagi qaysi elementning mazmunini tuzatish kerak ekanligini belgilab beradi.
O’qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanligi
Bugun Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijodiy pedagogika, ijodkor o’qituvchiga ehtiyoj nihoyatda ortib bormoqda. Ajoyib maktab qurilishi mumkin, o’quv xonalari zamonaviy jihozlar bilan bezatilishi mumkin, yangi o’quv darsliklari nashr qilinishi mumkin - lekin bularnig hammasi hali etarli emas. Maktabga haqiqiy pedagog, o’qituvchi - shaxs kirib kelgandagina ular jonlanadi, ijodiy pedagogikaning mash`alasi uchqunlanadi, pedagogik nazariya va tizimlar, ko’rgazmali qo’llanmalar harakatga keladi. Bugun ta`lim muassasalariga ijodkor o’qituvchilar kerak. Prezidentimiz "zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiylarning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak" deganda fidokor pedagoglarni nazarda tutgan edi.
Ijodiy pedagogik faoliyat - bu inson shaxsini, uning dunyoqarashini, ishonchini, ongini, xulqini shakllantirishga bo’ysindirilgan cheksiz masalalarni echish jarayonidir. Psixologik - pedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, safarbarlik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, kommunikativ va boshqa) qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. SHu bilan birgalikda pedagogik faoliyat muntazam o’zgaruvchan, yangilanuvchan, rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta`sir ko’rsatadi.
O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash vazifasi ham bevosita o’qituvchidan ijodkor faoliyatni, qolaversa, ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan soha bilimlarini talab etadi. Modamiki, texnologiya mavjud ekan, uni ta`lim-tarbiyaga singdirish shart ekan, bu jarayon qaerda kechishi mumkin, degan savol tug’ilishi tabiy. Javob aniq: u, shaksiz, pedagogik korxonada - pedagogik ishlab chiqarish jarayonida ro’y beradi. Taniqli pedagoglardan biri ta`kidlaganidek, "bizning pedagogik ishlab chiqarish hech qachon texnologik mantiq bo’yicha qo’rilmagan, aksincha har doim ahloqiy va`z (nasihat) mantiqi bo’yicha qurilgan. SHu sababdan ta`limda ishlab chiqarishning barcha muhim bo’limlari shunchalik ishtiroksiz qolyapti". Ushbu faslning vujudga kelish sabablaridan biri ham ana shu holat.
Endilikda pedagogik atamalar tarkibiga "texnologiya", "operatsiya"(amal), "ishlash qobiliyati", "texnik nazorat", "dopusk" (o’lcham farqi) kabi qator tushunchalarni kiritish, ularning peadgogik talqinini yaratish va bevosita o’qitish jarayonida qo’llash kundalik zaruratga aylanmog’i darkor. Zamonaviy o’qituvchi faoliyati bilimlarni uzatuvchi oddiy metodist sifatida emas, balki "o’qituvchi - texnolog" nuqtai nazaridan baholanishi kerak.
Texnologiya - bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta`minlaydigan pedagogik faoliyatdir. "Texnologiya" tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta`sir etish kuchiga ega bo’lib, erkin ijod qilishga undaydi:
- samarador o’quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo’qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko’ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish;
- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;
- o’qitish daomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo’qotish;
- ta`lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy xarakatlarni algoritmlash;
- texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o’zlashtirish va boshqa.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o’qitish bosqichlaridan, o’z navbatida bu bosqichlarning har biri o’ziga hos amallardan iborat bo’ladi.
Amal - o’qituvchining sinfda mavzu bo’yicha o’quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig’indisi bo’lib, o’qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Agar o’quv predmetining har bir mavzusi alohida bosqich hisoblansa, shu mavzu bo’yicha o’quv elementlarining har biri alohida amal sifatida qaralishi mumkin. Amal texnologiya asosini tashkil etib ta`lim maqsadini rejalashtirishda va amalga oshirishda e`tiborga olinadigan asosiy element hisoblanadi. Amallar bir qator usullardan iborat bo’lib, ularning har biri harakatlarga bo’linadi. Boshqacha qilib aytganda, biror bir o’quv elementini tushuntirish uchun o’qituvchi samarali ta`lim vositalari, metodlaridan foydalanish davomida u yoki bu algoritmik harakatni maqsadiga mos holda aniq bajaradi.
Texnik nazorat - o’qituvchi (laborant) faoliyatiga tegishli funktsiya bo’lib texnologiyada ishtirok etayotgan vositalarning texnik holatini aniqlash va baholashdir. Binobarin, qo’llanish zarur bo’lgan o’qitishning texnik (yoki ko’rgazmali qurollar, trenajerlar va boshqa) vositalarni mashg’ulot oldidan tayyorlash yoki ishlatish jarayonida o’zgaradigan xususiyatlarini belgilab olish ta`lim jarayonining bir tekisda, uzluksiz davom etishni, vaqtdan samarali foydalanishni kafolatlaydi. Vaqt o’tishi bilan u yoki bu texnik vosita ko’rsatkichlari o’zgarishi, pasportida ko’rsatilgan miqdordan farqlanishi mumkin. SHu boisdan "dopusk" tushunchasi texnologiyada qo’llaniladi. Dopusk - eng katta va eng kichik chekli o’lchamlar orasidagi farq, o’lchamdir. Didaktik jarayonda foydalanilayotgan har bir texnik vosita uchun dopusk maydoni - ishlatish chegarasi bo’ladi. Agar shu chegara buzilsa pedagogik texnologiya bosqichlri sifatiga putr etadi yoki ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Demak, o’qitishning texnik vositasini yaroqli holga keltirish choralari ko’riladi.
Dopusk tushunchasiga, shuningdek, reyting tizimida ham duch kelishimiz mumkin. O’quvchi (talaba) bilimini baholashda chekli ballar miqdori keltiriladi: "o’rta" - 55-64,9 ; "yuqori" - 65-85,9 ; "juda yuqori" - 86-100. Demak, o’quvchi bilimini "o’rta" baholashda dopusk qiymati - 64,9-55 q 9,9 va hakoza.
O’qituvchi faoliyati tavsifnomasida "texnologiyalanuvchanlik" o’ziga xos yangi tushuncha sifatida o’z o’rnini topishi kerak. U ta`lim jarayonining samaradorligini, maqbulligini, ilmiyligini yangi sifat darajasiga ko’tarilganligini belgilab beradi. YOxud texnologiyalanuvchanlik - bu pedagogik jarayonnig texnikaviy qurollanganligini yoki instrumentallik darajasini belgilovchi tik ko’rsatkichdir.
Texnologiyada oldindan belgilangan maqsadga to’liq mos keladigan natijalarni ta`minlovchi predmetli sohaning ob`ektiv qonunlari o’z ifodasini topadi. Biroq pedagogik faoliyatning texnologik jihatlari (texnikaviy yoki boshqa materialli faoliyatdan farqlanuvchi) shaxs sifat ko’rsatkichlaridan, uning mag’zi esa - hayajonli-axloqiy tajriba elementlaridan ayri holda bo’lishi mumkin emas.
Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o’ziga xos jihati - tarbiya muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o’zining ko’pqirrali tomonlari bilan unda qanchalik to’liq namoyon bo’lyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularni kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga oliniyapti, degan savollarning echimiga bog’liq ekan. SHu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo’ladi. Bu esa o’qituvchining texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog’liq.
O’qituvchining belgilangan ta`lim (tarbiya) vazifalarini me`yoriy hujjatlarda ko’rsatilgan talablar asosida yo’l qo’yiladigan chegaraviy ko’rsatkichlar doirasida bajarish holati ishlash qobiliyati deb atalishi mumkin. Binobarin, u yoki bu fan o’qituvchisining mahoratini aniqlashda uning faoliyati davlat ta`lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga nechog’lik mos kelishi nazarda tutiladi.
Pedagogik nashrlarda o’qituvchi faoliyatini baholash uchun qator ko’rsatkichlar tavsiya etiladi, shu jumladan:
1) pedagogik natijaviylik - o’qituvchi o’qitgan guruhida fan bo’yicha o’zlashtirishininig o’rtacha qiymati;
2) o’qitishning ilmiylik darajasi - o’qituvchining o’quv elementlarini fan abstraktsiyasi pog’onalari bo’yicha tushuntirishi;
3) ta`lim mazmunini metodik tayyorlash - umumiyligi, izchilligi, harakatdaligi, ortiqcha emasligi kabi talablarni e`tiborga olinishi;
4) ta`limda u yoki bu natijani qo’lga kiritish yo’llaridan samarali foydalanish - ekstensiv yoki intensiv sharoitda va hakoza.
Aslida ijodkor o’qituvchi uchun asosiy kasbiy-me`yoriy ko’rsatgich - bu birinchi navbatda o’z holatini pedagogik jarayonda bunyodkor sifatida his etishi va anglab etishdir. O’qituvchi o’zining pedagogik faoliyatiga xususiy kasbiy yaroqligini, pedagogik voqelikdagi o’z o’rnini baholay olmas ekan, undan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo’lmaydi. Pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan har bir inson o’zining unga moslanuvchanligini, qolaversa "inson-inson" ko’rinishdagi kasblar tizimiga - pedagogik mehnat ana shunday tizim - layoqati, qiziqishi borligini to’liq tasavvur etishi kerak. Bu sifatni aniqlash yo’llari hilma-hil. Misol tariqasida quyidagi tayyor testni tavsiya etish mumkin (Klimov E.A.):
1. Boshqalar sizni muloqatda xafa qilib qo’yadigan, ozor beradigan shaxs deb hisoblaydimi?
2. Sizning dilingizda muloqat natijasida turli ehtiroslardan hosil bo’lgan xafgarchilik yoki xursandchiliklar uzoq saqlanib turadimi?
3. Kayfiyatingizda ko’tarilish va tushish hollari tez-tez bo’lib turadimi?
4. O’z nomingizga qilingan tanqiddan og’ir va uzoq aziyat chekasizmi?
5. Sizni shovqin, quvnoq kompaniya charchatadimi?
6. YAngi odamlar bilan tanishganingizda o’zingizda sezilarli darajada qiynalish, uyalish holatlari kechadimi?
7. U yoki bu haqda o’zga odamlardan so’ragandan ko’ra kitoblar yordamida bilib olishingiz engil va yoqimlimi?
8. O’zingizda yolg’iz dam olish, jimjitlikda bo’lish istagi tez-tez sezilib turadimi?
9. Siz gaplashish to’g’ri kelganda kerakli so’zlarni uzoq qidirasizmi?
10. Siz keng davrada yangi tanishuvdan ko’ra doimiy tanish bo’lgan kichik guruhni xohlaysizmi?
Agar javoblar ko’pchilik savollarga "ha" tarzda bo’lsa, ochig’i pedagogik faoliyat oson kechmaydi. O’qituvchi o’z-o’zini kasbiy-shaxsiy tarbiya ishlari sohasida ko’p mehnat qilishi kerak bo’ladi. eng muhimi, xususiy pedagogik faoliyat mohiyatini, ahamiyatini va maqsadini tushunib etish, doimiy ravishda joriy o’qitish vazifalarini istiqbollilari bilan birga olib borishni uddalashi kerak. Agar shu qobiliyat o’qituvchida yo’q bo’lsa, u yaxshigina "bajaruvchi" bo’lishi mumkin, lekin hech qachon ijodkorlik pog’onasiga ko’tarila olmaydi.
Pedagogik texnologiya esa har doim ta`lim maqsadini aniq o’rnatishdan boshlab to uning natijalarini baholashgacha bo’lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Xo’sh, o’qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanlik darajasi qanday mezonlar bilan o’lchanadi? Fikrimizcha, bunday mezonlar sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
- tashxislanuvchan o’rnatilgan maqsad - o’quvchi(talaba) tomonidan didaktik jarayon mahsuli sifatida o’zlashtirilgan aniq o’lchamli tushunchalar, amallar, faoliyat turlari;
- ta`lim mazmunini o’quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraktsiya pog’onalarining va axborotlarni o’zlashtirish darajasining hisobga olinishi;
- o’quv materiallarni o’zlashtirish bosqichlarining etarlicha mantiqiy qat`iyanligi - didaktik jarayon tuzilmasiga mosligi;
- o’quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi;
- o’qituvchining qoidabop (algoritmli) va erkin, ijodiy faoliyatidagi mumkin bo’lgan chetga chiqish chegarasining ko’rsatilishi;
- o’quvchi(talaba) va o’qituvchi faoliyatida shaxsiy motivlashganlikning ta`minlanishi (erkinlik, ijodiyot, kurashuvchanlik, hayotiy va kasbiy mohiyat va boshqalar);
- o’qitish jarayonining har bir bosqichida kommunikativ munosabatlarning, axborot texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi.
O’ylaymizki, bu ko’rsatgichlar loyihalangan o’quv jarayonining texnologik darajasini to’liq ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa o’qituvchini yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, o’quvchi (talaba)ning nufuzini ham birmuncha oshiradi va ijodiy faoliyatni rivojlantirishning yangi qirralarini ochadi. SHu bilan birgalikda taklif etilganlar "haqiqatning oxirigi bekati" degan fikrdan uzoqmiz, chunki pedagogik texnologiyani loiyhalash shunchalik murakkab jarayonki, u har bir ta`lim turi, qolaversa, har bir fan uchun o’ziga hos ijodkorlikni talab etadi.

Download 115,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish