Moliyaviy tadbirkorlik pul mablag`larini xarakatga keltirib daromad olishning biridir. Bunga misol qilib kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyatini olamiz. Kichik biznes korxonalarinign moliyaviy faoliyati ularning davlat, boshqa korxonalar, tashkilotlar va shaxslar bilan o`zaro munosabatini tartibga solish bilan bog`liq bo`lgan pul xisob-kitoblarini ifodalaydi.
Kichik biznes korxonalarining ish faolayiti uning moliyaviy holati bilan chambarchas bog`langandir. Moliyaviy holat korxonalarning har tomonlama faoliyatining natijalarini aks ettiradi va rejada belgilangan ishlarning bajarilishiga ta`sir ko`rsatadi. Har bir kichik koprxonalarning moliyaviy xo`jalik faoliyatini to`g`ri olib borishi juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko`rsatkichlardan asosiy foydadir.
Korxonalar foydasining turlari quydagilardan iborat;
a)mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YaF)-bu sotishdan tushgan sof tushum (ST) va sotilgan mahsulotning tannarxi (MT) o`rtasidagi farqdan iborat, ya`ni
YaF=ST-MT
b) asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tuishgan foyda (ICHF). Bu ma`lum davr ichida mahsulotylar sotishdan tushgan yalpi foyda (YaF) va harajatlar (A haraj.) o`rtasidagi farq va plus boshqa asosiy faoliyat sohalari daromadlari (Bdar) yoki kamomadlari (Bkam) ayirmasidan iborat , ya`ni;
ICHF=YaF-Aharaj.+Bdar.-Bkam.;
v)umumiy xo`jalik faoliyatidagi foyda (U X F ). Bu algebraic ifodalar yig`indisi tarzida ifodalanadi: asosiy faoliyatdagi foyda (AFF) plyus dividentlar (DD) va foizlar bo’yicha daromadlar (FD) plyus (yoki minus) chet el valyutalari bo`yicha operatsiyalardan olingan daromadlar (yoki kamomadlar) (CHEV) plyus (yoki minus)qimmatbaxo qog`ozlarni qayta baholashdagi daromadalr (yoki kamomadlar) (KKKB) minus foizlar bo`yicha harajatlardan (FX) iborat, ya`ni:
UXF=AFF+DD+FD+_CHEV+_KKKB_FX;
g) soliq to`lovlarigacha bo`lgan foyda (SF). Bu ko`rsatkich xam algebraic ifodalar yig`indisi tarzida ifodalamib, umumiy xo`jalik faoliyatidagi foyda (UXF) va tasodifiy (ko`zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (TFK) saldosidan iborat, ya`ni:
SF=YXF+_TFK
d) yillik sof foyda (YSF). BU barcha soliqlarnito`lab bo`lgandan so`ng korxona hisobiga qoladigon daromad, ya`ni soliq to`lovlarigacha bolgan foydadan (SF), daromad yoki foyda solig`ini (FS) hamda boshqa soliq;ar yoki to`lovlarni (BS) olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya`nni:
YSF=SF_FS_BS;
Korxonalarning xo`jalik faoliyatini yurutishi davomida kalib chiqadigan harajatlar o`z xususiyatlariga ko`ra quydagicha tasniflanadi:
Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi;
To`g`ri va egri moddiy harajatlar;
b) xorijiy valyutalar bilan bog`liq operatsiyalarda kurslarning salbiy farqi;
v) qimmaatbaxo qog`ozlarni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bilan bog`liq boshqa harajatlar.
Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko’rsatuvchi makom bo’lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki – aktsiyador turdagi moliyaviy-kredit muassasasi bo’lib, asosan pul omonatlarini (depozitlarni) qabul qiluvchi va mijoz ko’rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko’rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit (jalb etilgan) va ssuda mablag’lari o’rtasidagi farqlardan shakllanadi. Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag’larni jalb etish), aktiv (mablag’larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to’lovlari bo’lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch gyryhga bo’linadi. Tijorat banklari mablag’larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to’lash bilan bog’liq tijorat tavakkaliga mubtalo bo’ladi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko’ra o’z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zahirasiga ega bo’lishi kerak.
1996 yil 25 aprelda qabul qilingan O’zbekistan Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida tijorat banklari faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996 yil-ning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o’tkazish to’liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o’rtasida operatsiya-larning sanoqli soatlarda o’tkazilishiga imkon beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aktsionerlik banklari faoliyat ko’rsatmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo’jalik va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati ko’rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to’la mustaqildir. O’z resurslari etmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdan kredit olishlari mumkin.
Xulosa.
So‘nggi yillarda aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va ularning daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan “Har bir oila — tadbirkor”, “Yoshlar kelajagimiz” va boshqa ijtimoiy dasturlar doirasida jami 13 trln so‘mdan ziyod imtiyozli kreditlar ajratilib, 600 mingdan ziyod oilalarni qamrab olishga erishildi. Ushbu narsani xulosa qilish mumkinki, tadbirkorlik iqtisodiyotning asosiy tayanchi hisoblanadi. Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart – sharoitlar yaratilgan bo’lishi lozim.
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) yo’li bilan tavakkal qilib, o’z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor g’oya tushuniladi.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo’lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko’maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobilyati va mahoratini namoyaon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko’paytirishga va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Shuni takidlab o’tish joizki, tadbikorlik iqtisodiyotning asosiy tayanchi bo’lib, uning rivojlantirilishi iqtisodiyotni va ijtimoiy sohaning ham rivojlanishiga olib keladi. Jahon tajribasiga tayanadigan bo’lsak tadbirkorlikning ko’payishi va rivojlanishi mamlakatning yuksalishiga olib keladi. Jahonning barcha rivojlangan mamlakatlarida tadbirkorlik va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash davlat iqtisodiy siyosatining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi. O’zbekistonda ham shunday siyosat amalga oshirilib kelinmoqda. Buning uchun tegishli qonunlar va maxsus davlat dasturi qabul qilingan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan hamda tadbirkorlikni qo’llabo-quvvatalsh bo’yicha ularning vazifalari belgilab verilgan, tadbirkorlik infratuzilmasi shakllantirilgan.
Tadbirkorlikni rivojlantirish natijasida iqtisodiyotda bozor erkinligini, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida kechadigan raqobatning sog’lomlashishini, narxlarning liberallashuvini, mahsulot sifatini oshishiga va aholini turmush darajasi yuksalishiga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
2020-yil 8-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligidagi “Davlat byudgeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ustuvor vazifalar”ga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishidagi nutqi.
Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali tadbirdagi nutqi. 08.12.2017
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yilning 18-mayidagi PF-5969 “ Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo’llab – quvvatlash bo’yicha navbatdagi chora – tadbirlar to’g’risida”gi farmoni
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojatnomasi. 29.12.2020
B.U.Xodiyev, Sh.Sh.SHodmonov.”Iqtisodiyot nazariyasi” 2017-yil Barkamol fayz media nashriyoti.
A.O’lmasov, A.Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi darslik. Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti, - T.: “Iqtisod – Moliya”, 2014.