Tozalash. No‘xatni unga aralashgan chiqitlardan (o‘simlik tana va bargi, maydalangan qo‘zoq qismlari) tozalash don separatorida amalga oshiriladi. Separator elaklar sistemasidan iborat bo‘lib, tebranish harakatini amalga oshiradi.
Teshiklari diametri 12-15 mm-ni tashkil etgan birinchi elakda yirik qismlar (o‘simlik tanasi, ochilmagan dukkaklilar, qo‘zoqlar, toshlar va hokazo.) ushlab qolinadi; ikkinchi elak o‘rta o‘lchamdagi predmetlarni ushlab qolish uchun; pastdagi uchinchi elak esa diametri 1,5-2 mm bo‘lgan mayda primeslar (qum, chang, begona o‘t urug‘lari) ajratiladi.
Yuvish. No‘xatlar flotatsion mashinalarda yuviladi. Unda vazni yengil va maydalangan donlar, yengil primeslar ajratiladi. Og‘ir primeslar ostga cho‘kadi.
Ajratilishi qiyin bo‘lgan primeslarni yashil no‘xat donidan sifatli ajratish uchun (masalan, rezavor mevalar donlarini) turli ko‘pik hosil qiluvchi eritmalardan foydalaniladi. Ko‘pik hosil qiluvchi sifatida yengil mineral yog‘larning suvli emulsiyasi va biror yuvish vositasi ishlatiladi.
Kalibrlash. Silliq donali no‘xatning sifati uning pishib yetilishi don o‘lchami o‘sishi barobari yomonlashib borishi tufayli ular quyidagi o‘lchamlarga (mm-larda) kalibrlanadi: № 0-5-6, № 1-6-7, № 2-7-8, № 3-8-9. O‘lchami 5-7 mm bo‘lgan mayda donli no‘xat eng kam kraxmal miqdoriga ega, konsistensiyasi mayin, oliy navli mahsulot ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi. Miyali nav yashil no‘xatining pishish darajasi donlar zichligi bilan tavsiflanadi. Flotatsion navlash usuli yashil no‘xatning ushbu xususiyatiga asoslangan (6-rasm).
Texnik (konservalanish) yetilish darajasiga yetgan yashil no‘xat donlari eritma yuzasiga suzib chiqadi, pishib o‘tganlari esa cho‘kadi va navlagichning ostida yig‘iladi. Navlagichdagi eritma balandligi 170 mm-dan kam emas, oqim tezligi 0,18-0,20 m/s.
Yuzaga suzib chiqqan donlar suv ajratgichga tushadi va eritmadan ajratiladi. Har bir texnologik liniyada ketma-ket ikkitadan gidravlik navlagich o‘rnatiladi. Bu no‘xatni pishish darajasi bo‘yicha uch fraksiyaga ajratish jarayonini ta’minlaydi. Birinchi navlagichda eritma zichligi 1,03 g/sm3, ikkinchisida 1-1,05 g/sm3. Eritma har 8 soatlik ishdan so‘ng almashtiriladi. Eritma konsentratsiyasi avtomatik tarzda kerakli miqdorda ushlab turiladi.
Navlashdan so‘ng no‘xatlar sovuq suv bilan gidrojolobda, so‘ngra esa vibratsion yuvish mashinasida yuvilib eritmadan tozalanadi.
Yashil no‘xatni flotatsion navlash uni blanshirlash va sovutishdan so‘ng amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |