O’rta Osiyo mutafakkirlarining ilg’or g’oyalari.
Uyg’onish davridagi
tabiiyot ilmining, shuningdek, Garbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari
umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun
asos bo’ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o’sib
borish, o’zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy va sun'iy
tanlash masalalari O’rta Osiyo olimlari tomonidan g’arbiy Yevropa olimlaridan 800 -
900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.
O’rta Osiyoda yashab o’z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa
qo’shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X - XI asr),
botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815 - 896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar-
Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ular haqida shunday degan edilar:
“Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz.
Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur
kabi buyuk allomalarimiz o’zlarining yorqin iste'dodlari bilan butun jahonga dong
taratganlar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak”.
Dong’i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o’rab turgan tabiat
bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
AL XORAZMIY
. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy jahon
matematika fanining asoschilaridan bo’lgan O’rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi.
Al Xorazmiy IX asr boshlarida Bag’dodda O’rta Osiyolik olimlar Al Ahmad
Ibn Kasir al-Farg’oniy, Abbos ibn Javhariy bilan “Ma'mun akademiyasi” (Bayt ul
hikmat)ni boshqara boshlaydi.
Bag’dod xalifasi Ma'mun al-Xorazmiyga “Yer va Osmon xaritasi”ni tuzish
ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar 84 yil davomida tadqiqot ishlarini
olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib “Yerning tasviri” nomli asarini
yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qifalar, okeanlar, qutblar,
ekvator, sahrolar, ko’llar, o’rmonu barcha mamlakatlar, o’lkalar, u yerdagi hayvonot
va o’simliklar dunyosi, boshqa tabiiy xom-ashyolar, aholi, ularning tarqalish
xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari, zichligi haqidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan.
Mashhur o’zbek matematigi Muso al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va
“Algoritm” sohasining “otasi” hisoblanadi. “Algebra” “A1 jabr” asaridan, “Algoritm” esa
uning nomi al-Xorazmiydan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |