Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

M.N. Skatkin 
tabiiyot metodikasi bo’yicha XX asrning 50-yillarida nashr 
etgan ilmiy ishlarida kichik yoshdagi o’quvchilarning tabiatshunoslikka oid 
bilimlarni o’zlashtirishlariga ta'sir ko’rsatuvchi boshqa metodlar bilan bir qatorda 
kuzatish metodiga alohida uig’u berdi, uning yordamida tabiat to’g’risida aniq tasavvur 
va tushunchalar shakllanishini ta'kidladi. U o’quvchilarning o’qituvchi 
rahbarligidagi kuzatishlaridan keyin jonli tabiat burchagida yoki bevosita 
tabiatda mustaqil kuzatishlar olib borishlarini taklif qildi. Uning fikricha, mustaqil 
kuzatishlar o’tkazish oldidan o’qituvchi kuzatishning maqsadi, mazmuni va 
metodikasini tushuntirib berishi kerak. 
M.N. Skatkin o’z tadqiqotlarida tabiatshunoslik bo’yicha sinfdan tashqari ishlar 
tashkil qilish metodikasi hamda tabiatni o’iganishga oid mashg’ulotlarda bolalarning 
bilish faoliyatini faollashtirish masalalariga katta e'tibor berdi. Tabiatda, o’quv-tajriba 
maydonida va sinfda kuzatish hamda tajribalar o’tkazish zarurligi to’g’risida 
P.A.Zavitayevning “Boshlang’ich maktabda tabiiyot bo’yicha kuzatish va tajribalar” 
nomli kitobida ham shunday fikr yuritiladi. 
Unda o’rganilayotgan har qanday hodisa haqidagi tasavvurlarni kitoblardan 
material o’qish bilan to’ldirish hamda mustahkamlashni talab qiluvchi kuzatish va 
tajribalarning aniq metodikasi bayon qilinadi. 
Ekskursiyalar, predmetli darslar va kuzatishlar o’tkazish metodikasini 
yorituvchi boshqa nashrlar ham vujudga keldi. Jumladan, A.K.Verzinaning ishi nashr 
qilindi, unda 1 - 4- sinflarda ob-havoni kuzatish tizimi taklif qilingan, kuzatish 
natijalaridan ona tili va rus tili, arifmetika, geografiya va tabiiyot darslarida, maktab 
o’quv-tajriba maydonidagi amaliy mashg’ulotlar jarayonida foydalanish uslublari 
keltirilgan. 


Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy 
o’zining “Yuragimni bolalarga 
beraman” nomli kitobida bolalarga tabiatni bilishni tabiatning o’zida o’rgatishni, 
ularda hissiyot va xayolotni rivojlantirishni taklif qildi. U o’qituvchi bolalarning ruhiy 
dunyosini bilishi, ularning aqliy rivojlanishi, bilim olishga qiziqishlariga har jihatdan 
yordam berishi kerak, deb hisobladi. Suxomlinskiy tafakkurni rivojlantiruvchi 
birinchi darsni tabiat quchog’ida o’tkazilishini tavsiya qildi. 
U bolalarni maktabda olti yoshdan boshlab o’qitish tarafdori edi. Uning 
bolalarni o’qitishga tayyorlashda oila bilan maktabning aloqasiga moslab ishlab 
chiqqan tizimi hozirgi zamon peda-gogikasining ham yutug’idir. 
1969- yilda tabiatshunoslik 2- va 3- sinflarda mustaqil predmet sifatida o’qitila 
boshlandi va faqat 1- sinfda tabiatshunoslik materialidan o’qish va nutqni 
rivojlantirish darslarida foydalanildi. 
Umumta'lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari 
munosabati bilan tabiatshunoslikni o’qitish masalalari yangicha hal qilindi. 
1986- yildan e'tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab o’qitila boshlandi, maktabda 
o’qitish muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1-2- sinflarda “Atrof olam bilan 
tanishtirish” nomli yangi o’quv predmetini o’qitish imkoniyatini berdi, u 3 – 4 - 
sinflarda “Tabiatshunoslik” fani sifatida o’tila boshlandi. 
1- va 2- sinf kursining mazmuni “Bizning uy va jonajon tabiat”, “Bizning 
maktab va jonajon tabiat”, “Jonajon mam-lakat” mavzularida ochib beriladi. Bu 
mavzular asta-sekin yaqindan uzoqqa borish bilan atrofimizdagi olam to’g’risidagi 
tasavvurlarni to’plash, boyitish va tizimlashtirishga imkon beradi. 
“Atrof olam bilan tanishtirish” predmeti boshlang’ich maktabning boshqa 
predmetlari bilan chambarchas bog’liqdir. Tabiat va jamiyat hayotini, odamlar 
mehnatini kuzatish ona tili, mehnat ta'limi, tasviriy faoliyat, matematika kabi 
predmetlarning o’quv materialini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Bu 
dasrlarda, atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha mashg’ulotlarda tabiat to’g’risida 
o’quvchilar oladigan tasavvurlar kengaytiriladi va boyitiladi. 
“Atrofimizdagi olam bilan tanishtirish” kursining davomi hisoblangan 
“Tabiatshunoslik” o’z ichiga tabiat fanlarining turli sohalarini qamrab oladi. 3 – 4- 
sinflarda tabiatshunoslikni o’iganish jonsiz tabiat bilan jonli tabiat bir butunlikni 
tashkil qilishi, shuning uchun ham ular o’zaro uzviy bog’liq ekanligi to’g’risidagi 
tasavvur va tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishni nazarda tutadi. 
Ushbu qabul qilingan dasturlar va islohotlar qayd etib o’tilganidek, 
respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillargacha amalda bo’ldi. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish