II BOB. SUT EMIZUVCHILAR SINFI EKOLOGIYASI VA EVOLYUTSIYASI
2.1. Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasi.
1-tuban hayvonlar infra sinfi – Metaheria. Xaltalilar turkumi – Marsupialia. Xaltalilar ham sut emizuvchilarning qadimgi va primitiv gruppasi bo’lib, yo’ldoshning asosan bo’lmasligi, shu sababli tug’ilgan bolaning o’ta nimjon bo’lishi, bir juft kopchik suyagining bo’lishi urg’ochilarida ikkita bachadon va gavda temperaturasining yuqori darrandalarga nisbatan past bo’lishi kabi belgilari bilan xarakterlanadi. Xaltalilar Avstraliya va Janubiy Amerikaning o’rmon va dasht tog’ joylarida tarqalgan. Xaltalilarga kengurular, daraxtda yashaydigan Amerika oposiumi, tasmaniya xaltali bo’risi, xaltali ayiq yoki koalalar kiradi.
Kengurular yer yuzida faqat Avstraliyada saqlanib qolgan bo’lib, ularni bir necha turlari ma’lum. Eng kichik kunguruni uzunligi yarim metr, bular tungi xayvonlar bo’lib hasharotlar bilan oziqlanadi.
Janubiy Avstraliyaning Murrego daryosi bo’ylarida uzunligi 50 sm bo’lgan quyon kengurusi yashaydi. Tashqi ko’rinishidan quyonga o’xshaydi. Soatiga 40 km chopadi. Avstraliyaning Janubiy sharqiy tog’larida, tog’ kengurusi uchraydi. Yangi Gvineya, Avstraliya o’rmonlarida daraxt kengurulari yashaydi. Gigant kengurularining og’irligi 30-70 kg tinch xolatda sakrash uzunligi 1,2 -1,9 m , dushmandan qochayotganda 9m ba’zan esa 13,5 m gacha sakrashi mumkin. kengurular baladlikka 3,5 m gacha sakray oladi. Zooparklarda kengurular 17-18 yil yashaydi.
Kenguru so’zi abarigenlar so’zidan olingan bo’lib “Bilmayman” degan ma’noni anglatadi.
2. Platsentalilar,yoki yuqori darandalar infra sinfi – Eutheria.
Sut emizuvchilarning asosiy gruppasini o’z ichiga oladi va yer yuzida keng tarqalgan. Sinfning xarakterli belgilari kopchik suyagi bo’lmaydi, yo’ldoshi yaxshi rivojlanmagan. Yuqori darandalar 17 turkumga bo’linadi.
1. Xashoratxo’rlar turkumi – Insectivora. Xashoratxo’rlar yo’ldoshli sut emizuvchilarning eng primitivi hisoblanadi. Miya yarim sharlari ancha kichik va yuzasi silliq bo’ladi. Tishlari guruppalarga yaxshi ajralmagan. Bachadoni shoxli bo’ladi. Tumshug’ining uchida xarakatchan xartumchaning bo’lishligi xashoratxo’rlarning xarakterli belgisidir. Xashoratxo’rlar juda mayda va o’rtacha kattalikdagi hayvonlar bo’lib yer tagida, yerda va xatto daraxtlarda yashaydi. Avstriliyadan tashqari barcha qit’alarda tarqalgan. Xashoratxo’rlar turkumiga Rossiyada yashovchi terilari tikan bilan qoplangan, xar- xil tipratikonlar yer tagida yashashga moslashgan barg va xas tagida yashovchi turli xil yer qazarlar (uzunligi 4 sm ) suvda yashashga moslashgan va qimmatboha mo’yna beradigan vixuxol. Janubiy Osiyoda yashovchi tuqaylar kiradi.
1. Qo’lqanotlilar turkumi – Chiroptera. Sut emizuvchilarning havoda uchib yurishga moslashgan birdan- bir gruppasidir. Ularning uchish organi qanotlari oldingi oyoqlari nixoyatda uzaygan ikki-beshinchi barmoqlari, yelka, yelka oldi, tananing yon tomonlarini keyingi oyog’i va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. Qushlardagi singari to’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toji suyagi bo’lib, bunda qanotning xarakatga keltiruvchi muskullar joylashadi.
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan bo’lib shom va tunda hayot kechiradi. Ko’zlari sust rivojlangan va orentatsiyada ahamiyati uncha katta emas. Eshitish organi quloq kuchli rivojlangan va asosan aks etgan ultra tovushlarga asoslangan. Qo’lqanotlilar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushidan tashqari ayrim impulslar ko’rinishida 30000 dan 70000 gertsgacha ultra tovushlar chiqaradi.
Impulslar tezligi ko’rshapalakning biron buyumdan yoki o’ljasidan nechog’li narida turganiga qarab o’zgaradi. Bular yakka yoki qaloniya bo’lib hayot kechiradilar. Yil mavsumiga qarab o’rta mintaqada yashovchilari migratsiya qiladi. Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r ko’rshapalaklarni o’z ichiga oladi.
Mevaxo’r ko’rshapalak va yoki katta qanotlilar ancha katta xayvonlar bo’lib qanotlarini yoyganda 170 smga yetadi. Afrika, Osiyo va Avstraliyaning tropik o’rmonlarida tarqalgan. Tishlarining chaynash yuzalari yassilashgan va mevalar bilan ovqatlanishga moslashgan.
Xashorotxo’r ko’rshapalaklar kichik bo’lib, tishlarining uchi va quloq supralari katta bo’ladi. Rossiyada bularning 40ta turi tarqalgan.
Janubiy rayonlarda taqa burunlar, shalpangquloq ko’rshapalak, kengquloq, o’qquloq, shomshapalaklar va tun shapalaklar yashaydi. Bularning xammasi xasharotlar bilan ovqatlanadi.
3. Kemiruvchilar turkumi – Rodentia. Xozirgi zamonda yashab turuvchi sut emizuvchilarning eng ko’p turlisi bo’lib, yer yuzining deyarli xamma qismida tarqalgan va turli sharoitlarda suvda, yerda, yer tagida va daraxtlarda yashaydi. Bularning asosiy morfologik belgilaridan biri tishlarining tuzilishidir. Pastki va ustki jag’larining xar qaysi tomonida kurak tishlari juda katta, ildizi yo’q xayvonning butun umri bo’yi o’sib turadi. Keskich tishlari yo’q. SHu sababli kurak va oziq tishlari orasida tishsiz bo’shliq-diastema bo’ladi. Kemiruvchilar asosan o’simlikning ildizi, po’sti, novdasi, bargi doni va maysasi bilan ovqatlanadi. Kemiruvchilar tez ko’payish xususiyatiga ega, ya’ni xar safar ko’p bola tug’ish, erta balog’atga yetish, yiliga bir necha marta bolalash bularning biologik xususiyatlaridir. Kemiruvchilar ko’p turli bo’lganligi tufayli ularning tabiatda va inson hayotida foydasi ham zarari ham kattadir. Kemiruvchilarning eng ko’p tarqalgan vakillari uy sichqoni, turkiston kalamushi, kulrang kalamush R.norvegicus plastinka tishli kalamush va boshqalar kiradi. Ya’ni ko’pgina kemiruvchilar qishloq xo’jaligi o’simliklariga zarar yetkazadi. Ba’zi kemiruvchilar yuqumli kasalliklarni, jumladan taun yoki (chuma) o’lat kasalligini tarqatadi. Boshqa turlari (tiyin, ondatra) ovlanadigan eng muhim mo’ynali hayvonlardan hisoblanadi.
4. Quyonsimonlar turkumi – Lagomorpha. Bularning yuqori jag’ida katta kurak tishlarinng oraqasida bir juft kichkina qo’shimcha kurak tishlari bo’ladi. Tishlarining tuzilishiga ko’ra kemiruvchilarga o’xshab ketadi, ya’ni keskich tishlari yo’q diastema bor. Bu turkumga dumsiz sichqonlar va tovushqonlar kiradi. Dumsiz sichqonlar qishga hashak g’amlab qo’yish odati bilan mashxurdir. Bular Markaziy Osiyoning tog’li rayonlarida tarqalgan. Tovushqonlarga oq tovushqon, malla tovushqon, qum tovushqoni, Manjuriya tovushqoni va yovvoyi quyon kiradi va bular eng muxim ov darrandalari hisoblanadi.
5. Yirtqichlar turkumi – Carnivora. Yirtqichlar asosan hayvon ob’ekti bilan ovqatlanishga layoqatlangan. Shu sababli bularning ayniqsa tishlari va o’tkir changal tirnoqlari ancha o’zgacha tuzilgan. Kurak tishlari mayda, keskich tishlari yaxshi rivojlangan, oziq tishlarining yuzasi doimiy bo’rtmali bo’ladi. Ustki jag’ining oxirgi yolg’on oziq tishi va pastki jag’ining birinchi xaqiqiy oziq tishi o’zining kattaligi bilan boshqa tishlardan ajralib turadi, ular yirtqich tishlari deb ataladi. Tirnoqlari yaxshi taraqqiy etgan va ba’zan ichiga tortiladigan bo’ladi. Bu turkumga gavdasining shakli va o’lchami xar-xil bo’lgan yirtqichlar kiradi. Janubiy Osiyo va afrikada tarqalgan viveralar, mangustlar, sirtlonlar. Mushuklar oilasiga mansub yo’lbars. Afrika arsloni, bizda tarqalgan silovsin, mushuklar, suvsarlar oilasiga mansub susarlar, sassiqko’zanlar, norka, qunduz, itlar oilasiga mansub tulki, chiyabo’ri, bo’ri, ayiqlar oilasiga kiruvchi qo’ng’ir ayiq, oq ayiq va boshqalar kiradi. Bulardan susarlarning ko’pchiligi oq tulkilar qimmatboha mo’yna beruvchi hayvonlar hisoblanadi.
6. Kurak oyoqlilar turkumi – Pinnipeda. Kurak oyoqlilar o’zlarining tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra yirtqichlarga ancha yaqin turadi. Hayotini asosan suvda o’tkazadi, faqat dam olish, qo’shilish, bola tug’ish va tullash vaqtida suvdan qirg’oqqa yoki muzliklarga chiqadi. Jun qoplagichlari kalta va qattiq sochlardan iborat (bolalarida tivit bo’ladi). Teri ostida qalin yog’ qatlami bo’ladi. Gavdasi uzun o’qlovsimon bo’lishi, oyoqlari shaklan o’zgarib suzgich kurakka aylanganligi, tishlarining bir xilda qonussimon bo’lishi, quloq supralari yaxshi taraqqiy etmaganligi, dumining juda kichik bo’lishligi kurak oyoqlilarning suv muxitiga yashashga moslashgan xarakterli belgilari hisoblanadi.
Kurak oyoqlilarga Shimoliy muz okeani, Janubiy Tinch va Atlantik okeanlarining qirg’og’ida tarqalgan dengiz mushuklari, uzunligi 3-4 metr, og’irligi 1,5 tonnagacha boradigan morjlar, Grenlandiya va kaspiy tyuleni, kabi turlari vakil bo’lib kiradi. Janubiy yarim sharda esa bo’yi 6 m va og’irligi 3000 kg keladigan dengiz fillari tarqalgan.
Kurak oyoqlilar go’sht, yog’, (dandon), (morj), terisi (dengiz mushugi) uchun ovlanadi.
7. Kitsimonlar turkumi – Cetacea. Kitsimonlar sut emizuvchilarning o’ziga xos gruppasi bo’lib, butun umri suvda o’tadi. Quruqlikda umuman yasholmaydi. Gavdasi baliqsimon, bo’yni bilinmaydi, oldingi oyoqlari kurakka aylangan, orqa oyog’i yo’qolib ketgan, tanasining oxirida gorizontal tekkislikda o’rnashgan ikki pallali dumi bor.
Ba’zi turlarida go’shtdor orqa suzgich qanoti ham bo’ladi. Terisida juni yo’q. Teri va yog’ bezlari taraqqiy etmagan. Faqat urg’ochilarida bir juft sut bezlari jinsiy yoriqlarining ikki yonida ikkita emchaklariga ochiladi. Terisining ostida qalin yog’ qatlami bor, bu yog’ qatlami gavdani isitish va solishtirma og’irligini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Quloq supralari yo’q. O’pkasining xajmi nixoyatda katta bo’ladi. Masalan: Ko’k kit birdaniga 14000 l gacha xavoni to’ldirib olishi mumkin va suv tagida bir soatgacha tura oladi.
Kitsimonlar turkumi ikkita kenja turkumga tishli va tishsiz kitlarga bo’linadi. Tishsiz kitlarning jag’larida tishlari bo’lmaydi lekin og’zida tanglaygina shox plastinkalar bo’lib, bu plastinkalar tanglyiga o’rnashadi va og’iz bo’shlig’iga osilib turadi. SHox plastinkalar kit mo’ylovi deyiladi va bu og’izga suv bilan tushgan ovqatni g’alvirday elab oladi. Tishsiz kitlarga bo’yi 33 m va og’irligi 150 tonna keladigan ko’k kit bo’yi 15-20 m keladigan grenlandiya kiti tipik vakil bo’ladi. Ko’k kit xozirgi zamonda yashayotgan hayvonlar ichida eng kattasi hisoblanadi. Uning tug’ilgan bolasining uzunligi 6-9 m , og’rligi 2-3 tonna keladi.
Kitlarning jag’larida juda ko’p va bir xil konussimon tishlari bo’ladi. Bularga katta o’lchamdagi kashalot (bo’yi 20m, boradi ) va delfinlar kiradi. Qora dengizda oddiy delfin yashaydi .Shimoliy muz okeani dengizlarida va Tinch okeanining Shimoliy qismidagi dengizlarda uzunligi 6 m, ga boradigan oq delfin beluxa tarqalgan. Kitlardan qimmatbaho texnika va meditsina yog’i, go’sht olinadi.
8. Xartumlilar turkumi – Proboscidea. Xartumlilar xozirgi zamonda quruqlikda yashovchi xayvonlar ichida eng kattasi bo’lib, xartumlarining bo’lishi bilan xarakterlanadi. Uzun va xarakatchan xartumi burun xamda ustki labning qo’shilishidan xosil bo’ladi, kurak tishlari o’zgarib dandon deb ataladigan fil tishiga aylanadi. Keskich tishlari yo’q. Ustunsimon oyoqlari besh barmoqli bo’lib, ustida kichikroq tuyoqchasi bor. Terisi qalin va deyarli junsiz bo’ladi. Bu turkumga Afrika fili bilan Hindiston fili kiradi. Afrika filini balandligi 3,5 m ga boradi, erkagi va urg’ochisida xam uzun dondon tishi bo’ladi, qulog’i juda katta. Hind filining faqat erkagida dondon tishi bo’ladi. Quloq suprasi uchburchak shaklida orqaga tashlangan. Gavdasining balandligi 3 m ga boradi. Hind fili Afrika filiga qaraganda qo’lga tez o’rganadi va qishloq xo’jaligi xamda transport soxasida ishlatiladi.
9. Juft tuyoqlilar turkumi – Artiodactula. Bu turkumga asosan yirik o’simlikxo’r xayvonlar kiradi, ularning 3 va 4 barmoqlari juda xam kuchli taraqqiy etgan bo’lib, gavda o’qi shu ikki barmoq orasidan o’tadi, 1 barmog’i rivojlanmagan, 2 va 5 barmoqlari kichik-kichik yoki o’sib yetilmagan. O’mrov suyaklari yo’q. Jut tuyoqlilar turkumi 2 ta kenja turkumga bo’linadi.
1) Kavsh qaytarmaydiganlar – Nonruminantia, Bularga cho’chqalar bilan begemotlar kiradi. Oziq tishlari bo’rtmali bo’lib, keskich tishlari doimo o’sib turadi. 2 va 5 barmoqlari boshqa juft tuyoqlilardagiga nisbatan ancha rivojlangan. Kavsh qaytarmaydiganlarning bizda yashaydigan birdan bir vakili to’ng’izlardir. Begemotning g’oyat katta (3000 kg) gavdasi beo’xshov, terisi yalang’och va asosan suvda yashaydi. Afrikada tarqalgan.
2). Kavsh qaytaruvchilar kenja turkumi – Ruminantia. SHoxlarining bo’lishi oziq tishlari chaynash yuzasining yassi tortganligi, keskich tishlaringing juda kichik bo’lishi , oshqozonlarining juda murakkab bo’lib, 4 bo’limdan tuzilganligi,2 va 5 barmoqlarining past taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi. Bularga zubr, bizon, qo’tos, yak, tog’ qo’ylari va echkilar kiradi.
10. Qadoq tuyoqlilar turkumi – Tylopoda. Bu turkumga faqat xaqiqiy tuyalar bilan lamalar kiradi. Ular 2 va 5 barmoqlari yo’qligi, oziq tishlari chaynov yuzasining yassiligi oyog’ining kichikroq tirnoqsimon tuyog’i borligi bilan xarakterlanadi. Yovvoyi ikki o’rkachli tuya Gobi saxrosida yashaydi va xonakilashgan xolda Markaziy Osiyoda, Oltoy o’lkasida, Qozog’istonda va Qirg’izistonda yashaydi.
Bir o’rkachli tuya faqat xonakilashtirilgan xolda ma’lum bo’lib, SHimoliy Afrika, Janubiy, G’arbiy Osiyoda, bizda va Kavkaz bilan Turkmanistonda yashaydi. Yovvoyi Amerika tuyasiga guanako vikun’ya xonakilashgan Amerika tuyasiga lama bilan al’paka kiradi.
11. Tog’ tuyoqlilar turkumi – Rerissodactyla. Bular yirik o’simlikxo’r hayvonlardir. 3-barmoqlari taraqqiy etgan va oyoq o’qi shu barmoqdan o’tadi. O’mrov suyaklari yo’q, oshqozoni oddiy bir kamerali.
Toq tuyoqlilarga Janubiy Amerika va Janubiy SHarqiy Osiyoda tarqalgan tapirlar, Afrika va Janubiy Osiyoda yashaydigan zebra va karkidonlar, Xitoy bilan Mo’g’iliston chegarasida tarqalgan Pirjevalskiy oti. Tibetda tarqalgan yovvoyi eshak-kulonlar kiradi.
12. Primatlar turkumi – Ptimates. Maymunlar uchun oldingi miya sharlarining kuchli taraqqiy etganligi, miya yarim sharlarining qopqog’ida burma va ariqchalar murakkab sistema xosil qilganligi xarakterlidar. Bu maymunlarning oliy nerv faoliyatining yuqori darajada ekanligiga bog’liqdir. Katta barmog’i boshqa barmog’lariga qarshi turadi va panjalari tutqich bo’ladi. Ko’kragida bir juft emchaklari bor. Maymunlar ikkita kenja sinfga bo’linadi.
1). Chala maymunlar kenja turkumi – Prosimial. O’lchami kichik va o’rta kattalikda bo’lib, ko’pchiligining barmoqlari uchida tirnoqlari bor.Emchaklari ko’kragi va qovga joylashgan. Bular asosan Madagaskar orolida tarqalgan. Tipik vakillari, ingichka lori, yo’g’on lori, indri vari, ay aydir, Tupay va uzun oyoq degan turlari Janubiy Sharqiy Osiyoda yashaydi.
2). Yuqori primatlar xaqiqiy maymunlar kenja turkumi – Simial. Hayvonot olamining eng yuqori taraqqiy etgan gruppasi hisoblanadi. Bularga faqat Janubiy Amerikada tarqalagn dumlari bo’lgan o’ynoqi va gajjak dumli baqiroq maymunlar kiradi. Bu kenja turkumga yana Afrika martishkalari, pavianlar, madrinlar, Janubiy Osiyo mamlakatlarida yashaydigan gibonlar hamda Afrikada tarqalgan shimpanze, gorilla va Janubiy Sharqiy Osiyoda tarqalgan orangutan kabi odamsimon maymunlar kiradi.
Zoologiya sistemasi nuqtai nazaridan bu kenja turkumga odamlar oilasiga mansub bo’lgan aqlli odam turi kiritiladi. Bu turdan oldin bir qancha odam turlari yashab o’tgan: avstrolopiteklar, pitekantroplar va sinantroplar va neandertallar.
Sut emizuvchilarning ajdodlari perm davrida yashagan darranda tishli sudralib yuruvchilar xisoblanadi. Bular bir tomondan primitiv belgilarga (amfitsel umurtqali, miya qutisi bo’shlig’ining juda kichikligi) ikkinchi tomondan sut emizuvchilarga xos belgilari: tishlari ayrim katakchalarga o’rnashgan va gruppalarga ajralgan, ensa bo’rtmalari ikkita bo’lgan. Trias davrida sut emizuvchilar darranda tishli sudralib yuruvchilardan ajralib chiqqan. Ustki trias davrida yashagan dastlabki sut emizuvchilar ikki gruppaga bo’lingan. Ko’p bo’rtmalilar degan gruppasining kurak tishlari yaxshi rivojlangan va keskich tishlari bo’lmagan. Bular kalamush va sug’urdek kaltalikda bo’lgan. Ko’p bo’rtmalilarning qadimgi vakillaridan bir yo’llilar kelib chiqqan deb faraz qiladilar. Mezozoy eerasining yura davrida darranda tishli sudralib yuruvchilardan ajralib chiqqan sut emizuvchilarning ikkinchi gruppasi uchbo’rtmalilar bo’lib, bular aksariyat mayda xayvonlar bo’lgan. Uch bo’rtmalilarning asosiy gruppasi bo’lib pantoteriyalar xisoblanadi. Pantoteriyalar qopchiqlilar va yo’ldoshlilarni bergan dastlabki shoxcha xisoblanadi. Qopchiqlilar bo’r davrida paydo bo’lgan. Yo’ldoshlilar ham bo’r davrining boshida paydo bo’lgan xar xil yo’nalishlarga qarab evolyutsiya qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |