Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: Sut emizuvchilar sinfi ekologiyasi va evolyutsiyasi mavzusini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining predmeti: Sut emizuvchilar sinfi ekologiyasi va evolyutsiyasining maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari: 1.Sinfning umumiy ta’rifi o’rganish va tadqiq etish;
2. Asosiy a’zolar sistemasining morfologik va funktsional ta’rifnomasi va hozirgi zamon sut emizuvchilarining sistematikasini o’rganish;
3. Sutemizuvchilarning kelib chiqishi va evolyutsiyasini o’rganish;
4. Sut emizuvchilar ekologiyasini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
I BOB.SUT EMIZUVCHILAR SINFI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 1.1.Sinfning umumiy ta’rifi Sut emizuvchilar umurtqali xayvonlarning eng yuqori taraqqiy etgan sinfi xisoblanadi. Sut emizuvchilarning asosiy progressiv belgilari quyidagilar xisoblanadi.
1. Bosh miya juda katta va unda oliy nerv faoliyatining markazi yani kulrang miya moddasidan tashkil topgan yarim sharlar po’stlog’i, ayniqsa rivojlangan, xidlov qo’ruv va eshituv organlari xam kuchli rivojlangan. Tashqi quloq va quloq suprasi bor. O’rta quloq bo’shlig’ida 3 ta uzangi sandon va bolg’acha kabi eshituv suyaklari joylashgan.
2. Tishlari grupalarga, ya’ni kurak, keskich va oziq tishlariga bo’lingan va pastki jag’i bevosita miya qutisiga birikib ketadi. Pastki jag’ faqat bitta tish suyagidan tashkil topadi.
3. Issiq qonli, yuragi 4 kamerali bo’lib undan faqat chap aorta yoyi chiqadi va qon aralashmaydi. Gavda temperaurasining doimiy bo’lishi termoregullyatsiya moslamalari borligi tufayli yuzaga keladi.
4. Ko’pchilik sut emizuvchilar uchun tirik bola tug’ish embrionning ona qornida maxsus organ yo’ldosh yordamida rivojlanishi, tug’ilgan bolasini sut bilan ovqatlantirish kabi xususiyatlar xosdir.
Sut emizuvchilar o’ziga xos morfologik belgilari bilan xam xarakterlanadi. Terisi jun bilan qoplangan xar xil bezlarga boy. Bosh skeleti umurtqa pog’onasi bilan 2 ta ensa bo’rtmasi orqali birikadi. Tishlari maxsus chuqg’urchalarda-al’veolalarda joylashadi. Bilak bo’g’imi orqaga, tizza bo’g’imi esa oldinga qaratilgan bo’ladi. Ko’krak va qorin bo’shlig’ini diofragma pardasi ajratib turadi.
Teri qoplagichlari boshqa umurtqali xayvonlarning teri qoplagichlariga nisbatan ancha murakkab tuzilgan va vazifasi xam xilma xil. Terisi xamma umurtqalililardagi singari tashqi epidermis va pastki chin teridan iborat. Epidermisning pastki qatlami tirik qoplovchi xujayralardan tashkil topgan va mal’pigiy qatlami deyiladi. Ustki tomonga borgani sari xujayralar yassi shaklga aylanadi, keratogialin kiritmalari xosil bo’lib, xujayraning ichini to’ldiradi. Xujayra o’ladi, natijada shox qatlam xosil qiladi. Eng ustki tomonidagi o’lik xujayralar “kepak” sifatida tushib turadi. Bu protsess malpigiy qavat xujayralari xisobidan tiklanib, turadi. Epidermis xar xil teri xosilalarini soch, tirnoq, changal tirnoq, tuyoq, kovak shox, tangacha va bezlarni beradi.
Soch ustki tana terisiga kirib turgan tomirdan iborat. Soch tanasi yumshoq o’zak moddasidan uni o’rab turgan zich po’stloq qatlami va yupqa tashqi po’stdan tashkil topgan. Soch tomirining pastki uchi kengayib soch so’g’onini xosil qiladi. Soch so’g’onnini pastiga soch so’rg’ichi kirib turadi. Soch tomiri chin teriga anchagina botib kiradi va soch xaltasida joylashadi. Soch xaltasiga yog’ bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Soch shakli vazifasiga ko’ra tivit, qil va vibrissalariga bo’linadi.
Ko’pchilik sut emizuvchilarning jun qoplagichlarining asosini kalta mayin tivit tashkil qiladi. Tivit orasida uzun yo’g’on hamda qattiq qillar joylashadi. Yer tagida yashovchi qrotlarda qil bo’lmasdan faqat tivit bo’ladi. Bug’i cho’chqa va tyulenlarda, aksincha tivit deyarli bo’lmasdan qil bo’ladi. Tipratikon va jayralarda esa qil o’zgarib tikonga aylanadi. Vibrissalar qo’shimcha tuyg’u vazifasini bajaradi va hayvonning boshida joylashadi. Masalan, mushukning mo’ylovi.
Epidermisning shox xosilariga tangachalar kiradi. Sut emizuvchilarning tangachalari o’zining tuzilishi va kelib chiqishiga ko’ra sudralib yuruvchilarning shox tangachalariga o’xshash bo’ladi. Tangacha yashcherlarda kuchli rivojlangan. Kemiruvchilarning barmoqlari va dumlari tangacha bilan qoplangan. Tuzilishiga ko’ra bir xil bo’lgan changak tirnoq va tuyoq turli darrandalarda xar xil rivojlangan. Bularning hammasi qattiq shox plastinkadan yostiqchasidan tashkil topgan. Shox xosilalariga yana xo’kizlarning qo’y va echkilar shoxi kiradi.