Kо‘priklar betonini gidroizalasiya qiluvchi materiallar. Gidroizalasiya atmosfera namlari va grunt suvlari oraliq qurilmalarning yoki tayanchlarning betoniga sizib kirishining oldini oladi va beton yemirilishdan, armaturani zanglashdan saqlaydi.

Kо‘priksozlikda ishlatiladigan gidroizalasion materiallar surtiladigan va yelimlanadigan turlarga bо‘linadi.
Surtiladigan gidroizalasiya uchun sovuq bо‘yoqlar va issiq surkamalar ishlatiladi.
Sovuq bо‘yoqlar uchun ligron yoki kerosin bilan suyultirilgan III va IV markali bitumlar, shuningdek qatron loklaridan foydalaniladi. Sovuq bо‘yoqlar ustidan issiq surkamalar 2…3 mm qalinlikdagi qatlam qilib surtiladigan birinchi grunt qatlami hisoblanadi.
Sovuq bо‘yoqlar uchun maxsus mastikalar – bitumning mayda mayda asbest tola bilan aralashmasi material bо‘lib xizmat qiladi.
Sovuq bо‘yoqlar uchun maxsus mastikalar – bitumning mayda mayda asbest tola bilan aralashmasi material bо‘lib xizmat qiladi.
Yelimlanadigan gidroizalasiya uchun betum asosidagi an’anaviy rо‘lon materiallar va sintetik rezina (butilkauchuk) asosida yangi materiallar ishlatiladi.
Bitum asosidagi oddiy rо‘lon material ruberond xisoblanadi. U uncha yuqori bо‘lmagan izolasion xususiyatlaarga ega bо‘lib, kо‘pga chidamaydi, chunki mustaxkamlovchi qog‘oz asosdan tashkil topgan. Gidroizol ancha yaxshi xossalarga ega. Uning gidroizolasion asosi shuningdek, bitum bо‘lsada, u asbestli yoki asbest – tselmolozali karton bilan mustahkamlangan. Yaxshi gidroizolyasion xususiyatlari va kо‘pga chidamliligi sababli u kо‘priksozlikda kо‘p ishlatiladi.
Zamonaviy kо‘priksozlikda temirbeton kо‘priklar kichik, о‘rtacha va hatto juda katta oraliqlarda keng qо‘llaniladi. Ularda xilma-xil konstruktiv yechimlar va statik sistemalar (tо‘sinli, ramali, arkali va aralash) qо‘llaniladi.

Qirqib, qirqmasdan hisoblanadigan va konsol sistemalardan foydalanilgan tо‘sinli kо‘priklar eng kо‘p tarqalgan. Qirqib hisoblanadigan tо‘sinli kо‘priklardan (3.2, a – rasm). 42 m gacha bо‘lgan oraliqlarni yopish uchun foydalaniladi. Qirqmasdan hisoblanadigan tо‘sinli kо‘priklar (3.2, b – rasm) 33 m dan 147 m gacha bо‘lgan oraliqlarda qо‘llaniladi. Qirqmasdan hisoblanadigan Sistema oraliq qurilmaning katta bikirligi va vaqtinchalik yuklamalardan tushadigan deformasiyalanishning kamligi bilan tavsiflanadi. Ammo qirqmasdan hisoblanadigan sistemani tayanchlar chо‘kmaganda qо‘llash mumkin.
Qirqib hisoblanadigan tо‘sinli oraliq qurilmalardagi tо‘sinlarning chо‘kishi katta qо‘shimcha kuchlar paydo bо‘lishiga va kо‘prikning yemirilishiga sabab bо‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda quruvchilar tayanchlar chо‘kishining oldini oladilar; bu har xil gruntli sharoitlarda qо‘rqmasdan hisoblanadigan oraliq qurilmalarni qо‘llash uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Konsol sistemalarda (3.2, v – rasm) uzunligi l1 bо‘lgan oraliq qurilmalar asosiy qurilmaning l2 uzunlik bilan turtib chiqqan konsoliga tayanadi.
3.2 – rasm Tо‘sinli (a –b) va ramali (g – d) kо‘priklarning turlari.