Temirbeton kо‘priklar uchun ishlatiladigan armatura.
Kо‘priklar betonini gidroizalasiya qiluvchi materiallar.
Temirbeton kо‘priklarning asosiy sistemalari va ishlatiladigan sohalari.
Temirbeton kо‘priklarning tarixi 1873-yildan, temirbeton ixtirochisi fransuz Mone temirbeton kо‘prik uchun patent olgan vaqtdan boshlanadi. Uning sistemasidagi kо‘prik (3.1-rasm) og‘ir tayanchlarga qisib qо‘yilgan gumbaz shaklidagi oraliq qurilmadan iborat bо‘lgan. Oraliq qurilma va tayanchlar metall sistemalardan iborat bir necha qavat tо‘r shaklidagi bitta sinchga ega bо‘lgan. 1875-yilda shu Sistema bо‘yicha Fransiyadagi xususiy bog‘da uzunligi 16 metr va eni 4 metr bо‘lgan piyodalar kо‘prigi qurilgan.

Birinchi temirbeton kо‘priklarning arkali sistemasi bо‘lib, kо‘rinishi tosh kо‘priklarga о‘xshagan. Faqat gumbazning qalinligi, agar u tashqi liniyalarda saqlanib qolgan bо‘lsa, inshootning materialini kо‘rsatgan.
1892-yilda fransuz Gennebin kо‘ndalang xomitlari bor bо‘ylama sterjenlardan tashkil topgan armaturalash sistemasini taklif qildi. Bunday sistema zamonaviy temirbeton inshootlariga о‘tishga sabab bо‘ldi. Gennebinning taklifiga kо‘ra, qobirg‘ali kо‘prik konstruksiyalari ham paydo bо‘ldi. Bu esa kelgusida temirbeton kо‘priklarning arkali va tо‘sinli sistemalari rivojlanishiga yordam berdi. Yuz yildan ortiq davr mobaynida har xil sistemali kо‘priklar ishlab chiqildi. Temirbeton shunchalik qulay material bо‘lib chiqdiki, tosh, yog‘och va metall kо‘priklarga tegishli konstruktiv shakldan tashqari faqat о‘ziga xos bо‘lgan konstruktiv shakllari ishlab chiqildi.